S kurbaniyazov, R. Q. Turniyazov


Yorug’lik difraksiyasi. Fraungofer difraksiyasi


Download 5.33 Mb.
bet54/90
Sana14.08.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1666928
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   90
9.3. Yorug’lik difraksiyasi. Fraungofer difraksiyasi
Agar tushayotgan yorug’lik yo’liga ko’yilgan to’siq ancha katta bo’lsa, uning ekrandagi soyasi aniq bo’ladi. U yorug’likning to’g’ri chiziq bo’ylab tarqalishidan kelib chiqadi. (89-rasm). Bunda d L sharti bajariladi. Lekin aniq kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, d«L bo’lganda ekranda soya o’rniga navbatlashuvchi qorong’i va yorug’ dog’lar hosil bo’ladi. Bu hodisadan yorug’likning to’g’ri chiziq bo’ylab tarqalish qonuni buzilayotganini ko’ramiz.


Yorug’likning to’g’ri chiziqlimas tarqalish hodisasiga difraksiya hodisasi deyiladi. Difraksiya hodisa yorug’likning yo’liga kichik jismlar qo’yilganda ham hosil bo’ladi. Jismning o’lchamlari ekrangacha bo’lgan masofadan juda kichik bo’lishi shart.

Difraksiya hodisasini tabiiy sharoitlarda ham kuzatish mukin, masalan, tuman bo’lganda, terlagan deraza oynasiga yorug’lik tushganda, juda kichik suv tomchilari difraksiya manzarasini beradi. Difraksiya hodisasi yorug’likning to’lqdn xususiyatini namoyon etadi. Bunga Gyuygens-Frenel prinsipi orqali ham tushuntirish mumkin.
S yorug’lik manbaidan ab tirqishga yorug’lik nuri tushayotgan bo’lsin. Tirqishning har bir nuqtasi ikkilamchi nur uchun manba bo’la oladi. Bu manbalardan chiqayotgan nurlar o’zaro kogerent nurlardir va shuning uchun ekranga tushayotgan nurlar o’zaro interferensiyalanadi, ya’ni ekranda navbatlashuvchi yorug’ va qorong’i dog’lar hosil bo’ladi.
Y orug’ik difraksiyasi asboblarda ajrata olish kuchi tushunchasini hosil qiladi. Kichik o’lchamli obyektlardan tushayotgan nurlar obyektining kirish teshigi orqali o’tayotganda difraksiyalanadi. Bunda obyektning tasviri buziladi. Agar buyum nuqtalari bir-biriga yakin bo’lsa, ular hosil qilgan tasvirlar bir-birini qoplashi mumkin. Buyumning ikki nuqtasini alohida ko’rish mumkin bo’lgan masofa asbobning ajrata olish masofasi deyiladi. Ajrata olish masofasining teskari qiymatiga asbobning ajrata olish qobiliyati deyiladi. Mikroskopning ajrata olish masofasi quyidagi ifoda bilan topiladi.
(84)


u - buyumning apertura burchagi deyiladi.

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling