S kurbaniyazov, R. Q. Turniyazov


Nazorat savollari va topshiriqlar


Download 5.33 Mb.
bet24/90
Sana14.08.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1666928
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   90
Nazorat savollari va topshiriqlar.

  1. Tebranma harakat deb nimaga aytiladi?

  2. Garmonik tebranma harakat tenglamasini yozing.

  3. Tebranma harakatda tezlik va tezlanish qanday aniqlanadi?

  4. Majburiy tebranishlar amplitudasi qanday aniqlanadi?

  5. Rezonans hodisasi deb nimaga aytiladi?

  6. Chastotalari va amplitudalari bir xil bo’lib, har xil fazali tebranishlar qo’shilganda tebranish parametrlari qanday o’zgaradi?

  7. Ko’ndalang va bo’ylama to’lqinlarni tushintiring.

  8. To’lqin fronti nima?

  9. Tovush to’lqinlari deb qanday to’lqinlarga aytiladi?

  10. Infratovush deb qanday to’lqinlarga aytiladi?

  11. Ultratovushlar qanday chastotaga ega?

  12. Tovushning tarqalish tezligi qanday faktorlarga bo’g’liq?


4 – MA’RUZA
Molekulyar-kinetik nazariyaning asosiy qoidalari. Ideal gaz qonunlari. Ideal gazning holat tenglamasi. Gazlar molekulyar-kinetik nazariyasining asosiy tenglamasi. Gazlarning ichki energiyasi va issiqlik sig’imi. Termodinamika va uning qonunlari. Karno sikli. Termodinamikaning ikkinchi qonuni.
Reja:

  1. Molekulyar-kinetik nazariyaning asosiy qoidalari

  2. Ideal gaz qonunlari. Ideal gazning holat tenglamasi

  3. Gazlar molekulyar-kinetik nazariyasining asosiy tenglamasi

  4. Gazlarning ichki energiyasi va issiqlik sig’imi

  5. Termodinamika va uning qonunlari

  6. Karno sikli. Termodinamikaning ikkinchi qonuni

Tayanch iboralar: Atom, molekula, yadro, ta’sir kuchi, modda, miqdor, son, modda, bosim, hajm, harorat, o’zgarmas, tenglama, doimiy, qiymat, modda miqdori, zichlik, solishtirma issiqlik sig’imi, harorat, erkinlik darajasi, ichki energiya, issiqlik miqdori
4.1. Molekulyar-kinetik nazariyaning asosiy qoidalari
Jismlar har doim bizga tutash, ya’ni uni tashkil etgan modda bilan to’ldirilgandek tuyuladi. Ammo jismlar tutash emas, balki juda katta sondagi mayda zarrachalardan tashkil topgan. Bu zarrachalar bir-biri bilan zich joylashmagan, ular orasida ma’lum masofa mavjud. Bunday kichik bo’linmas zarrachalarga molekulalar deb ataladi.
Tabiatda hamma jismlar bo’linmas mayda zarrachalar-atomlardan tashkil topganligini qadimgi grek olimi Demokrit tomonidan aytilgan, biroq bu fikrlar unutilib ketilgan va qaytadan XVII asrning ikkinchi yarmida Boyl tomonidan, keyinchalik XVIII-XIX asrlarda Lomonosov, Dalton, Krenig, Bolsman, Maksvell va boshqa olimlar tomonidan kashf etilgan va klassik molekulyar-kinetik nazariya deb ataluvchi ilmiy nazariya yaratildi.
Bu nazariya shuni ko’rsatadiki, tabiatdagi barcha moddalar alohida juda kichik zarrachalar-molekulalardan tashkil topgan. Molekula-moddaning hamma fizik-ximik xossalarini o’zida saqlaydigan eng kichik zarrachadir. Molekulalarning o’zi yanada oddiyroq zarrachalar-atomlardan tuzilgan. Masalan, vodorod atomi bitta elektron, yadrosi esa bitta protondan iborat. Kislorod atomida 8 ta elektron, yadrosi esa 8 ta proton va 8 ta neytrondan tuzilgan.
Atom va molekulalarning o’lchamlari juda ham kichik. Ularning radiuslari 10-10 m ga teng. Shuning uchun massa birligidagi modada juda katta sondagi molekula bo’ladi. Masalan, 1g suvda 3,3·1022 ta molekula bor. Molekulaning massasi juda kichik. Shuning uchun molekulalarning kilogramm yoki grammlarda ifodalangan mutloq massasi emas, balki nisbiy molekulyar massasi deb ataluvchi kattalikdan foydalaniladi.
Moddaning nisbiy molekulyar (yoki atom) massasi deb shu modda molekulasi massasining uglerod atomi massasining qismiga nisbatiga aytiladi.
(181)
XOB tizimida modda miqdori uning strukturaviy elementlari soni bilan aniqlanadi. U mollarda ifodalanadi. Qaralayotgan moddaning 1 moli shunday modda miqdoriki, undagi molekulalar soni 0,012 kg uglerod izotopidagi atomlar soniga teng. Shunday qilib, har qanday moddaning 1 molida bir xil sondagi molekulalar mavjud. Bu songa Avogadro doimiysi deyiladi.

Molekulyar fizikada molyar massa degan tushunchadan ham foydalaniladi. Moddaning 1 mol molyar massasi
(182)
Formula yordamida aniqlanadi. Bu yerda mmol-molekula massasi. Mollar soni ν shu modda molekulalar soni bilan quyidagi formula orqali bog’langan
(183)
Bu formulaning o’ng tomoni surat va maxrajini bitta molekula massasiga ko’paytirib va mmolNA= ekanligini e’tiborga olib
(184)
ekanligini olamiz. (183) va (184) larni solishtirib
(185)
ni olamiz. Bu formula m massali moddadagi mavjud molekulalar sonini hisoblashga imkon beradi.
Molekulyar-kinetik nazariyaning ikkinchi qoidasi shundan iboratki, molekulalar orasida o’zaro itarishish va tortishish kuchlari mavjud. Bu kuchlarga molekulyar kuchlar deb ataladi va ular elektr tabiatiga egadir. Molekulalar bir-biridan uzoqlashayotganda bu kuchlar tortishish kuchlari sifatida, bir-biriga molekulalarning chiziqli o’lchamiga yaqin masofaga yaqinlashayotganda esa itarishish kuchlari tarzida namoyon bo’ladi. Bu kuchlarga Van-der-Vaals kuchlari deyiladi.
Bu nazariyaning uchinchi qoidasida jismni tashkil etgan molekulalar uzluksiz tartibsiz harakat holatida bo’lishi to’g’risida so’z yuritiladi. Bu harakatga molekulyar harakat yoki issiqlik harakati deyiladi. Gazsimon jismlarda bu harakat asosan, ilgarilanma va aylanma harakatdan, qattiq jismlarda o’z muvozanat holati atrofida tebranma harakatdan, suyuq jismlarda esa tebranma va vaqti-vaqti bilan ilgarilanma harakatdan iborat bo’ladi. Issiqlik harakatining asosiy xossasi shundan iboratki, zarrachalarning uzluksiz ravishda to’qnashishi tufayli yuz beradigan tartibsiz (xaotik) harakatdir. Zarrachalarning to’qnashishi deganda bir-biri bilan yetarlicha yaqinlashgan paytida maydon orqali ularning molekulyar kuchlar bilan bir onda o’zaro ta’sirlashishi tushuniladi.
Tartibsiz xaotik harakatiga misol tariqasida moddaning har xil agregat holatlarida yuz beradigan diffuziya hodisasi hisoblanadi.
Termodinamik usullar bilan o’rganilayotgan makroskopik tizimga termodinamik tizim deyiladi. Bu bir-biri bilan va boshqa tashqi jismlar bilan o’zaro ta’sirlashuvchi hamda energiya almashuvchi mikroskopik jismlar to’plamidan iborat. Termodinamik usulning asosi tizimning termodinamik holatini aniqlashdir. Tizimning holati termodinamik tizimning xossalarini xarakterlovchi fizik kattaliklar-termodinamik parametr (holat parametri)lar orqali beriladi. Tizimning parametrlari sifatida bosim va harorat olinadi.

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling