S kurbaniyazov, R. Q. Turniyazov
Nazorat savollari va topshiriqlar
Download 5.33 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektr zaryadi. Elektrostatik maydon. Kulon qonuni. Elektr maydon kuchlanganligi. Gauss teoremasi. Elektrostatik maydon kuchlarining ishi. Potensial. Elektr sig‘imi. Kondensatorlar. Dielektriklar
- Tayanch iboralar
Nazorat savollari va topshiriqlar
Molekulalarning o’rtacha erkin chopish masofasi nima? Real gaz deb qanday gazlarga aytiladi? Real gazning holat tenglamasini chiqarishda nimalarga tuzatma kiritilgan? Van-der-Vaals tenglamasini yozing, Van-der-Vaals izotermalari nima? Suyuqliklarning tuzilishi haqida tushuncha bering. Molekulyar bosim deb nimaga aytiladi? Sirt taranglik kuchlari qanday hosil bo’ladi? Kapillyarlik hodisasi deb nimaga aytiladi? Menisk nima? Qattiq jismlarning asosiy xossasi nimadan iborat? Kristall jism deb nimaga aytiladi? Amorf jism deb nimaga aytiladi? 6 – MA’RUZA Elektr zaryadi. Elektrostatik maydon. Kulon qonuni. Elektr maydon kuchlanganligi. Gauss teoremasi. Elektrostatik maydon kuchlarining ishi. Potensial. Elektr sig‘imi. Kondensatorlar. Dielektriklar. Dielektrik doimiy Reja: Elektr zaryadi. Elektrostatik maydon. Kulon qonuni Elektr maydon kuchlanganligi. Gauss teoremasi Elektrostatik maydon kuchlarining ishi. Potensial Elektr sig‘imi. Kondensatorlar. Dielektriklar. Dielektrik doimiy Tayanch iboralar: zaryad, elektron, kahrabo, elektroskop, nuqtaviy zaryad, kuchlanganlik chiziqlari, potensial, dielektriklar, dielektrik doimiy 6.1. Elektr zaryadi. Elektrostatik maydon. Kulon qonuni Jun matoga ishqalangan kahraboning ba’zi bir yengil buyumlarni tortish qobiliyatiga ega bo’lib qolishiga elektrlangan yoki kahrabolangan jismlar deb ataladi. Grekcha „elektron" so’zi kahrabo demakdir. Jismlarni ishqalash yo’li bilan elektrlangan holatga keltirish va bu holatdagi jismlarning o’zaro ta’sir kuchlarini o’rganish haqidagi ta’limotining bu bo’limiga elektrostatika deb ataldi. Elektr zaryadlar ikki xil bo’ladi: musbat va manfiy. Sifat jihatdan teriga ishqalangan shishaning. elektrlanishiga mos keluvchi elektrlanish musbat elektrlanish, hamda sifat jihatdan shishaga ishqalangan terining elektrlanishiga mos keluvchi elektrlanish manfiy elektrlanish deyiladi. Bir xil elektrlangan jismlar bir-biridan itariladi, turli ishorali elektrlangan jismlar bir-biriga tortiladi. Jismlar bir-biriga tekkanda elektr zaryad bir jismdan ikkinchi jismga uzatilishi mumkin. Tabiatda elektr zaryadni uzata oladigan jismlar o’tkazgichlar, elektr zaryadni yomon o’tkazadigan jismlar dielektriklar deyiladi. Elektrlanganlikni ko’rsatuvchi asbobga elektroskop deyiladi (64-rasm). Zaryadlarning o’zaro ta’sir qonuni elektrostatikaning asosiy qonunidir. Ikkita zaryad o’zaro quyidagicha ta’sirlashadi: zaryadlarning har biri o’z atrofidagi fazoda maydon hosil qiladi va bu maydon ikkinchi zaryadga ma’lum kuch bilan ta’sir qiladi. Elektrostatik maydon materiyaning maxsus turidir. Zaryadlangan jismlarning o’zaro ta’siri jismlarning shakliga va o’lchamlariga bog’liq bo’lganidan o’zaro ta’sir qonunini aniqlashda nuqtaviy zaryadlar deb ataluvchi tushunchakiritiladi. Nustaviy zaryadlar deb, o’lchamlari ular orasidagi masofaga nisbatan kichik bo’lgan jismlarga aytiladi. Ikkita nuqtaviy zaryadning o’zaro ta’sir qonunini 1785 yili Kulon tajribada aniqladi. Nuqtaviy zaryadlarning o’zaro ta’sir qonunini Kulon burama tarozi (65-rasm) yordamida o’tkazgan. Bu tarozi shunday tuzilgan: katta shisha idish ichida ingichka simga shisha shayin osib qo’yilgan, Shayinning bir uchida t metall sharcha, ikkinchi uchida posangi bor. Ikkinchi p metall sharcha shisha tayoqchaga qo’zg’almas qilib o’rnatilgan. Har ikkala sharchaga tashqaridan elektr zaryadlari berish mumkin. Sharchalar bir-birlaridan va atrofdagi jismlardan izolyasiya qilinganligi tufayli ular zaryadlarni birmuncha vaqt o’zlarida tutib tura oladilar. t va p sharchalar orasidagi masofani t sharchali shayin osib qo’yilgan ip biriktirilgai tarozi kallagini burab o’zgartirish mumkin. t va p sharchalarga zaryadlar berilganda ular (zaryadlarning ishorasiga qarab) yo tortiladi, yoki itariladi, 'natijada t sharchali shayin biror burchakka buriladi. Tarozi kallagini burab, t sharchani dastlabki vaziyatiga keltirish mumkin; bunda ip (sim) ning buralish momenti m sharchaga ta’sir qiluvchi elektr kuch momentiga teng bo’ladi. Agar ip avval darajalangan bo’lsa, kallakning burilish burchagiga ko’ra kuch momentini aniqlash, shayin uzunligini bilgan holda esa sharchalar orasidati o’zaro ta’sir kuchini aniqlash mumkin. Kulon qonuni quyidagicha ta’riflanadi: ikkita nustaviy zaryad orasidagi o’zaro ta’sir kuchi q1 va q2 zaryadlar kattaliklarining ko’paytmasiga to’g’ri proporsional, ular orasidagi r masofa kvadratiga teskari proporsional: (1) bunda k — proporsionallik koeffisiyenti. Zaryadning XO’B birligi sifatida 1 Kulon (Kl) qabul qilingan.1 Kl zaryad miqdori deb tok kuchi 1 A bo’lganda o’tkazgichdan 1 s da oqib o’tgan zaryad miqdoriga aytiladi. Download 5.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling