S kurbaniyazov, R. Q. Turniyazov


Elektr sig‘imi. Kondensatorlar. Dielektriklar


Download 5.33 Mb.
bet42/90
Sana14.08.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1666928
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   90
6.4. Elektr sig‘imi. Kondensatorlar. Dielektriklar. Dielektrik doimiy
Tajribalarning ko’rsatishicha, bir xil miqdordagi elektr bilan zaryadlangan turli o’tkazgichlar turlicha potensial oladilar. Bunga ularning sig’im deb ataladigan kattalik bilan xarakterlanuvchi fizik xususiyatlarining turlicha ekanligi sababdir.
O’tkazgichning sig’imi uning atrofidagi jismlarning joylashishiga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun dastlab yakkalangan o’tkazgichning sig’imi tushunchasini aniqlaymiz. Yakkalangan o’tkazgichdagi zaryadni karrali marta orttirganda maydon kuchlanganligi ham, zaryadni o’tk.azgichdan cheksizlikka ko’chirishda bajarilgan ish ham shuncha marta ortadi. Shu sababli bunday o’tkazgichning V potensiali Q zaryad miqdoriga proporsionaldir:
(19)
Proporsionallyk koeffisiyenti C o’tkazgichning shakli va kattaligiga bog’liq bo’lib, o’tkazgichning sig’imi deyiladi. (19) tenglikdan quyidagini topamiz:
. (20)
Bu munosabatning ko’rsatishicha, yakkalangan o’tkazgiyaning sig’imi son jihatdan zaryadlanmagan o’tkazgshga uning poteisiali bir voltga teng bo’lgan qiymat olishi uchun berish zarur bo’lgan elektr miqdoriga teng bo’lgan fizik kattalikdir. XO’B sistemada sig’im birligi qilib 1 Farada (F) qabul qilingan. U shunday o’tkazgichning sig’imiga tengki, bu o’tkazgychning zaryadi bir kulonga oshirilganda uning potensiali bir voltga ortadi.

Farada sig’imning g’oyat katta birligidir. Shunday o’tkazgichlar sistemasini tuzish mumkinki, amalda ularning sig’imi atrofdagi jismlarga bog’liq bo’lmaydi, buning uchun sistema tashqi jismlar ta’siridan himoya qilingan bo’lishi zarur. Kondensatorlar shunday sistemalarning misoli bo’la oladi.
Kondensatorlarni bir-biriga ulab kerakli kattalikdagi sig’imga ega kondensatorlar batareyasini olish mumkin. Kondensatorlarni ulash ketma-ket va parallel bo’ladi. Agar C1 sig’imli kondensatorni C2 sig’imli kondensatorga ketma-ket ulansa (rasmdagidek) umumiy sig’im
. (39) tenglama bilan hisoblanadi.
Agar kondensatorlar quyidagi rasmdagidek parallel ulansa, u holda umumiy sig’im
(40)
tenglama bilan hisoblanadi. Bu qonuniyat kondensatorlar soni n ta bo’lganda ham o’rinlidir.

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling