S kurbaniyazov, R. Q. Turniyazov


Yorug’lik qonunlari. To’la ichki qaytish


Download 5.33 Mb.
bet53/90
Sana14.08.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1666928
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   90
9.2. Yorug’lik qonunlari. To’la ichki qaytish
1. Yorug’likning to’g’ri chiziq bo’ylab tarqalish qonuni. Yorug’lik optik jihatdan bir jinsli muhitda to’g’ri chiziq bo’ylab tarqaladi. Barcha nuqtalarida yorug’likning tezligi o’zgarmas bo’lgan muhitga optik jihatdan bir jinsli muhit deyiladi. Bu qonun noshaffof jismlar nuqtaviy yorug’lik manbai tomonidan yoritilayotganda aniq soyalar hosil bo’lganligi bilan tushuntiriladi. Ammo bu qonuning bajarilishi ma’lum sharoitlardagina yuz beradi. Agar muhitning optik zichligi nuqtadan nuqtaga o’zgara borsa, yorug’lik egri chiziq bo’ylab tarqaladi. Undan tashqari yorug’lik o’lchamlari juda kichik tirqish yoki to’siqlar orqali o’tganda ham bu qonundan chetlanish yuzaga keladi.
2. Yorug’lik nurlarining mustaqillik qonuni. Ayrim olingan nurlar dastasi bilan yuz beradigan hodisalar boshqa nurlar dastasi tarqalishidan qat’iy nazar, hyech qanday o’zgarishga uchramaydi. Yorug’lik oqimini diafragma yordamida alohida nurlar dastasiga ajratilganda, ularning har biri mustaqil ravishda tarqalayotganligiga ishonch hosil qilish mumkin. Yorug’lik ikki muhit chegarisiga tushganda ham, tushuvchi nurning, qaytgan va singan nurlar dastasiga ajratilishi kuzatiladi.
Ma’lumki, yorug’lik vakuumda o’zgarmas tezlik bilan tarqaladi. Yorug’lik bir muhitdan ikkinchi muhitga o’tganda uning tezligi o’zgaradi va shu
munosabat bilan ikki muhit chegarasida yorug’lik tarqalishida o’zgarishlar yuz beradi. Ikki muhit chegarasi orqali yorug’likning tarqalishi uchun, u tug’ri chiziq bo’ylab tarqalayapti deb qaraladi. Yorug’lik optik jihatidan bir jinsli muhitdan boshka muhitga o’tganda u qaytishi, sinishi mumkin.
3. Yorug’likning qaytish qonuni. AO tushgan nur, OB — qaytgan nur va OS singan nur deyiladi, — tushish burchagi, — qaytish burchagi, — sinish burchagi.
Yorug’likning qaytish qonuni quyidagicha ta’riflanadi: Tushayottan nur, qaytgan nur va ikki muhit chegarasida yorug’likning tushish nuqtasida o’tkazilgan normal bir tekislikda yotadi; qaytgan nur normalning ikkinchi tomonida yotadi; tushish burchagi qaytish burchagi ga tengdir, ya’ni =
4. Yoruglikning sinish qonuni

B u qonun XVII asr boshlarida yuzaga keldi. Unga ko’ra: tushayotgan nur, singan nur va ikki muhit chegarasida tushish nuqtasiga o’tkazilgan normal bir tekislikda yotadi; tushish burchagi sinusining sinish burchagi sinusiga nisbati ikki muhit uchun o’zgarmas kattalikdir, ya’ni
(79)

B unga ikkinchi muhitning birinchi muhitga nisbatan nisbiy sindirish ko’rsatgichi deyiladi. 1 - muhitning 2 - muhitga nisbatan nisbiy sindirish ko’rsatgichi n12 (79) bilan quyidagi munosabatga ega bo’ladi
.
(80)

Biror muhitning bo’shliqqa nisbatdan sindirish ko’rsatkichiga mutloq sindirish ko’rsatkichi deyiladi. Sindirish ko’rsatkichining fizik ma’nosi 1 - muhitdagi yorug’likning tarqalish tezligi ning 2- muhitdagi tezligi ga nisbatiga tengdir, ya’ni,
(81)
Mutloq sindirish ko’rsatkichi esa, yorug’likning vaakumdagi tezligi s ning muhitdagi tezligi ga nisbatiga teng, ya’ni
(82)
4. To’la ichki qaytish hodisasi. Agar yorug’lik optik zichligi katta muhitdan optik zichligi kichik muhitga o’tsa, tushish burchagi sinish burchagidan kichik bo’ladi (88-rasm)

T ushish burchagini shunday oshirish mumkinki, u vaqtda sinish burchagi = 900 ga teng bo’lib qoladi. Bu vaqtda singan nur ikkinchi muhitga o’tmaydi, ikki muhit chegarasi bo’ylab tarqaladi. Shu vaqtdagi tushish burchagiga limit burchagi deyiladi. Agar tushish burchagini limit burchagidan ozgina oshirilsa ham yorug’lik nuri ikki muhit chegarasidan to’la qaytadi. Bu hodisaga to’la ichki qaytish hodisasi deyiladi. To’la qaytgan nurning intensivligi tushgan nur intensivligiga teng bo’ladi.
(83)
Bundan sin kelib chiqadi.

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling