S. M. Turobjonov, T. T. Tursunov, K. M. Adilova


Download 5.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/14
Sana21.12.2019
Hajmi5.21 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14

* 2 0 .  i  
к   п
O 'ZBEK ISTON  RESPUBLIKASI  Ol.IY  VA  0 ‘RTA  MAXSUS 
TA’LJM   VAZIRLIGI
S.M.  TUROBJONOV,  T.T.  TURSUNOV, 
K.M. ADILOVA
ATROF-MUHIT 
KIMYOSI
Oliy  va  о ‘rta  maxsus  la Tim  vazirligi  tomonidan  texnika  oliy 
о 'guv yurtlarining 5850100  —  «Atrof-muhit muhofazasi»  y o ‘nalishi 
mlabalari  uchun  o ‘quv  qo ‘llanma  sifatida  tavsiya  etilgan
Cho ‘Ipon nomidagi nashriyot-matbaa  ijodiy uyi 
Tashkent  — 2012

УДК:  502.5  (075) 
КВ К  20.18уа73 
Т90
Taqrizchilar:
А.Т. Atakuziyev 
—  T K T I  «Silikat  materiallar  texnologiyasi» 
kafedrasi  professori,  texnika  fa n la ri  doktori,
A. Agzamxodjayev 
— 
О 
‘zRFA  Umumiy  va  noorganik  kimyo  instituti 
«Kolloid  kimyo»  laboratoriyasi  mudiri, 
kim yo  fa n la ri  doktori,  professor,  M A N E B   akademigi.
Turobjonov,  S.M .
T90 
Atrof-muhit  kimyosi:  o ‘quv  q o lla n m a /  S.M.  Turobjonov,  T.T. 
Tursunov,  К.  M.  Adilova;  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  va o ‘rta- 
maxsus  ta’lim  vazirligi.  —  Toshkent:  Cho‘lpon  nomidagi  nashriyot- 
matbaa ijodiy uyi,  2012.  —  176  b.
ISBN 978-9943-05-513-1
1.  Tursunov,  T.T.
2.  Adilova,  K .M .
Hozirgi  kurul'd  sanoat  ishlab  chiqarish  jarayonlarida  ko‘p  miqdorda 
chiqindilar  hosil  bo‘lib,  ular  gaz-chang  chiqindilari,  oqova  suvlar,  shlak, 
shlam  va  boshqa  holatda  atrof-muhitga  kelib  tushmoqda.  Bu  chiqindilar 
turli  xil  kimyoviy  m oddalardan  tashkil  topgan  bo‘lib,  ular  biosferaga 
tushgandan  so‘ng,  o‘zaro  bir-biri  yoki  biosferaning  komponentlari  bilan 
reaksiyaga  kirishib,  yangi  ikkilamchi  ifloslantimvchi  m oddalarni  hosil 
qilishi va natijada atmosfera havosini,  suv havzalarini, tuproqlami zaharlab, 
flora  va  faunaga  ham da  insonlarga  katta  zarar  yetkazishi  mumkin.  Ushbu 
qo‘llanma  tabiiy va  antropogen  yo‘li  bilan  hosil  bo‘lgan  va  atrof-muhitga 
kelib  tushgan  ifloslantiruvchi  moddalarni  biosferaning  turli  qismlarida 
taqsimlanishini,  tarqalishi  va  kimyoviy  o‘zgarishlarini  o‘rganishga  qara- 
tilgan.
Mazkur  o ‘quv  qo‘llanma  5850100  —  Atrof-muhit  muhofazasi  yo‘na- 
lishi b o ‘yicha ta ’lim olayotgan talabalar ham da barcha  ekologiya  sohasida 
faoliyat  ko‘rsatayotgan  o ‘qituvchi,  aspirant  va  xodimlar  uchun  m o‘ljal- 
langan.
УДК:  502.5  (075) 
KBK  20.18ya73
ISBN  978-9943-05-513-1
/

. w, 
©  S.M.  Turobjonov  va  boshqaiar,  2012 
1
1-----  
-  © ;;tho‘lpon  nomidagi  nashriyot-matbaa  ijodiy  uyi,  2012
• t- r!  '  • 
T)

KIRISH
Bugungi  kunda  ekologik  m uam m olar  va  atrof-m uhitni  m uhofaza 
qilish eng dolzarb masalalardan biriga aylanib qoldi. 
0
‘zbekiston respub- 
likasi  mustaqfflikka  erishgandan  so‘ng  ekologik  m uam m olarga  katta 
aham iyat  qaratilm oqda.  0 ‘zbekiston  respublikasi  Prezidenti  I.A.  Ka- 
rim ovning  « 0 ‘zbekiston  XXI  asr  b o ‘sag‘asida:  xavfsizlikka  tahdid, 
barqarorlik shartlari,  taraqqiyot kafolati» asarida ekologik muammolarga 
alohida  e ’tibor  qaratilishi  zam tligi  ta ’kidlangan.  Hozirgi  kunda  fan- 
texnika taraqqiyoti jadal sur’atlar bilan  rivojlanib bormoqda.  Dunyoning 
j o ‘g‘rofiy-siyosiy  tuzilishi  o ‘zgarm oqda.  Bunday  sharoitda  insonlar 
tom onidan  biosferaga  k o ‘rsatilayotgan  zararli  ta ’sirni  tartibga  solish, 
ijtimoiy  taraqqiyot  bilan  qulay  tabiiy  m uhitni  saqlab  qolishni  uyg‘un- 
lashtirish,  inson  va  tabiatning  o ‘zaro  m unosabatlarida  m uvozanatga 
erishish  m uam m olari  dolzarb  b o ‘lib  qolmoqda.
Hozirgi  kunda 
0
‘zbekistonda  ekologik jihatdan  m urakkab  vaziyat 
vujudga  kelgan  bo' 
1
 ib,  u  quyidagi  m uam m olardan  iborat:
—  yernin g  ch eklanganligi  va  u n in g   sifat  tark ib in in g   pastligi, 
yerlarning  nihoyat  darajada  sh o ‘rlanganligi;
—  suv  zaxiralan,  shu  jum ladan,  yer  usti  va  yer  osti  suvlarining 
keskin taqchilligi  ham da  ifloslanganligi;
—  Orol  dengizining  qurib  borish  xavfi;
—  atm osfera  havosining  ifloslanishi.
Bu  m uam m oiarni  hal  qilish  uchun  barcha  sanoat  korxonalarida 
kam  chiqindili  va  chiqindisiz  texnologik  jarayonlam i  tashkil  qilish, 
tabiiy  resurslardan,  xomashyo  va  m ateriallardan  to 'liq   foydalanishga 
qaratilgan  h am d a  chiqindilarriing  m iqdorini  kam aytirish  hisobiga 
ulam ing  atrof-m uhitga  yetkazayotgan  zararli  ta ’sirini  kamaytiradigan 
yopiq  tizimli  ishlab  chiqarish jarayonlarni  rivojlantirish  va  amaliyotda 
q o ‘llash  maqsadga  muvofiqdir.
Hozirgi  kun talablariga texnologik jarayonlarning ekologik jihatdan 
javob  bermasligi  sababli barcha  sanoat  ishlab  chiqarish  korxonalarida 
katta  m iqdorda  chiqindilar  hosil  b o ‘!ib,  ular  gaz  chiqindilar),  sanoat

oqova  suvlari,  shlak,  shlam   va  boshqa  holatlarda  atrof-m uhitga  kelib 
tushadi.  Ushbu  chiqindilar turli  xil noorganik va organik m oddalardan 
tashkil  topgan  b o ‘lib,  ular  atm osfera  havosini,  tabiiy  suv  havzalarini, 
tuproqlam i  zaharlab,  o ‘simliklar  va  hayvonot  olamiga  ham da  inson 
salomatligiga  katta  zarrar  yetkazmoqda.
L ekin  sano at  rivojlanishini  fan -texn ik a  taraq qiyotini  t o ‘xtatib 
b o ‘lmaydi,  chunki  bu  yer  sharidagi  aholining  yashash  sharoitlarini 
keskin  yom onlashib  ketishiga  va  global  m u am m olarni  yana  ham  
keskinlashishiga  olib  kelishi  m um kin.  Shu  bilan  birga  fan  yutuqlari 
inson  va  tabiatning  o ‘rtasidagi  m unosabatlarni  murakkablashtirilishi 
bilan bir vaqtda paydo b o ‘layotgan  m uam m olarni  yechish  uchun  ham  
k atta  im k on iyatlar  y aratadi.  B u n d a  kim yo  faniga  alohida  e ’tib o r 
qaratiladi,  chunki barcha  ifloslantiruvchilar  — bu   kimyoviy  moddalar. 
Kimyoviy birikm alar atrof-m uhitga kelib tushgandan so‘ng  unda  uzoq 
vaqt  saqlanib  turishi,  to ‘planishi  yoki turli  yo‘llar  orqali  chiqib  ketishi 
m um kin  yoki  o ‘zaro  b ir  b in   va  biosferaning  k om ponentlari  bilan 
reaksiyaga  kirishib,  yangi  ikkilam chi  ifloslantiruvchi  m oddalarni  hosil 
qilib,  flora  va  faunaga  zararli  ta ’sir  k o ‘rsatishi  mumkin.
M a ’lu m k i,  h o zirg i  zam o n   b io sferasin ing   h o la tin i  belgilovchi 
jarayonlar atm osfera, gidrosfera, litosfera va tirik organizmlardagi fizik- 
kimyoviy  o'zgarishlarga  bog‘liq.  Bu  o ‘zgarishlar  esa  faqatgina  tabiiy 
om illarga  eraas,  balk i  a n tro p o g e n   om illarga  h a m   bog‘liqdir.  Bu 
o ‘zgarishlarni  kimyo  fanining  turli  y o ‘nalishlari  b o ‘lgan  geokimyo, 
agrokimyo,  fotokim yo,  gidrokimyo  va biokimyo kabi fanlar o ‘rganadi. 
Am m o atrof-m uhitda sodir b o iay o tg an  global o ‘zgarishlar biosferadagi 
jarayonlar  bilan  biogeokimyoviy  sikllarning  o'rtasida  uzviy  bog‘hqUk 
borligi  haqida  dalolat  beradi.  Biosferaning  turli  qismlaridagi  o ‘zga- 
rishlam i va  ularning bir-biriga bog‘liqligini «Atrof-m uhit kimyosi» fani 
o ‘rganadi.
«Atrof-muhit kimyosi» XX asm ing  70-yillaridan rivojlana boshlan- 
gan fan bo ‘lib,  u  atrof-m uhitga  kelib tushayotgan kimyoviy  m oddalar- 
ning turlarini, xossalarini, ularni hosil qiluvchi  m anbalari va m iqdorini 
h am da  ularning  atrof-m uhitdagi  barqarorligini,  biosferadagi  boshqa 
m oddalar  bilan   reaksiyaga  kirishish  xususiyatlarini  h am d a  buning 
natijasida  b archa  tirik  organizm larga  va  inson  salomatligiga,  sanoat 
ham da  m adaniy  obyektlarga  yetkazayotgan  zararli  ta ’sirini  o ‘rganadi.
A trof-m uhit kimyosi fani  umumiy kimyo  fanining asosiv  qonun va 
tushunchalariga asoslangan,  lekin bu fandagi o £rganilayotgan obyektlar 
biosferada  joylashgandir.

U shbu  fanning  maqsadi  —  tabiiy  va  antropogen  yo ‘l  bilan  hosil 
boMgan  ham da atrof-m uhitga  kelib  tushayotgan  kimyoviy birikmalarni 
transform atsiya va migratsiya jarayonlarini o ‘rgamshdir.  Shu bilan birga 
bu fan  m aqsadlariga kimyoviy ifloslantiruvchi m oddalarning biosferaga 
kelib  tushishining  oldini  olish  usullarini  ishlab  chiqish,  chiqindilarni 
utilizatsiyalash,  yo ‘q  qilish,  chiqindisiz  texnologik jarayonlarni  tashkil 
qilish  ham   kiradi.
«A trof-m uhitni  m uhofaza  qilish  va  tabiiy  resurslardan  oqilona 
foydalanish»  sohasidagi m utaxassislar turli xil kimyoviy ifloslantiruvchi 
m oddalar  atrof-m uhitga  kelib  tushgandan  so'ng  ularning  kimyoviy 
o ‘zgarishlarini  va  biosferadagi  jarayonlarga  ta ’sir  etishini  baholash, 
yangi  texnologiyalami  joriy  etish  natijasida  kelib  chiqayotgan  salbiy 
oqibatlarni  oldindan ko‘ra bilish  ham da bu oqibatlam ing  bartaraf etish 
chora-tadbirlarini  ishlab  chiqishni  o ‘rganishlari va bilishlari  maqsadga 
m uvofiqdir.

1-bob.  YERN ING   PAYDO  B O ‘L ISH I 
VA  T U Z IL IS H I
1.1.  Yerdagi  evoiutsion  jarayonlar
Yer  shari  4,6  m lrd.  yil  aw al  koinotda  yuz  bergan  katta  portlash 
natijasida  g az-chang  bu lu tid an   paydo  b o ‘lgan  va  hozirgi  holatiga 
kelguncha  bir  necha  evolutsiya  bosqichlardan  o ‘tgan.
BoshIang‘ich  atm osferadagi  issiqlik  ta ’sirida  hosil  bo’lgan  gazlar 
asosan vodorod,  m etan,  uglerod oksidlari,  karbonat kisiotasi,  amm iak, 
oltingugurt  angidridi,  vodorod  sulfid  va  boshqa  gazlardan  ham da  suv 
b ug ‘laridan  tashkil  topgan  b o ‘lib,  ularning  tarkibida  erkin  kislorod 
b o ‘lmagan.  4 rnlrd. yil a w a l suv bug‘larining kondensatsiyasi natijasida 
gidrosfera  hosil  b o lg a n .
Y erda  h a y o t  paydo  b o 'lis h id a n   a w a l  a tro f-m u h itd a   org anik 
m oddalar  hosil  b o lib   to ‘planib  borgan.  Birinchi  organik  m oddalar 
m etan,  karbonat  angidrid,  vodorod,  suv  bug‘lari,  am m iak  gazlaridan 
quyosh  radiatsiyasi  t a ’sirida  hosil  bo ‘lgan.  Quyosh  energiyasi  ta ’sirida 
a w a l  uglevodorodlar,  aldegid  va  ketonlar,  karbonat  kisiotasi  ham da 
am inokislotalar  hosil  b o ‘lgan.
Bu m oddalar esa organik m oddalam ing aylanma harakatiga kirishib, 
destruksiya va sintez jarayonlari natijasida murakkab organik moddalarni 
hosil  qilgan.  Bu  m oddalar  gidrosferada  to ‘plangan.  Birinchi  sodda 
tirik  organizm lar  okean  suvlarida  paydo  b o ‘lgan,  chunki  suv  ularni 
quyoshning ultrabinafsha nurlaridan himoyalab, hayotning rivojlanishiga 
im kon  yaratgan.
Y er  o ‘z  evolutsiyasi  ja ra y o n id a   quydagi  asosiy  b o sq ich lard an  
o ‘tgan:
— 
3,8 m lrd. yil aw al suvda birinchi  mikroorganizm lar paydo bo‘ladi 
va fotosintez jarayoniga kirishadi.  Ularning faoliyati natijasida atmosfe- 
radan  uglerod  oksidi  ajratib  olinadi  va  erkin  kislorod  hosil  b o ‘lib, 
atm osferada  to ‘planib  boradi.  Fotosintezni  amalga  oshiruvchi  orga- 
nizm lar  faoliyati  natijasida  atmosfera  anaerob  qaytaruvchi  holatidan 
aerob  oksidlovchi  holatiga  o ‘tgan.
Arxey  davrining  b oshida  (3,5  m lrd.  yil  a w a l)  k o ‘k-yashil  suv 
o ‘tlarining  fotosintez  jarayoni  natijasida  hosil  b o ‘lgan  erkin  kislorod

atm osfera  gazlarini  oksidlab,  m etan  va  uglerod  oksidini  karbonat 
kislotasiga,  am m iakni  esa  m olekular  azot  shakliga  o ‘tkazadi:
C H 4,C O ,  -> 
h
2
c o

N H
3
  -> N
2
2,5—1,9  m lrd.  yil  a w a l  karbonat  kisiotasi  dengiz  suvlarida  erib, 
ularni boshlang‘ich xloridli suvdan xloridli-karbonatli suvga aylantirgan. 
Shu  bilan  birga  karbonat  kislotasining  kalsiy  ionlari  bilan  reaksiyaga 
kirishishi  suvda  birinchi  —  dolom it,  ohak,  siderit  kabi  karbonatli 
ch o ‘kindi jinslam i  hosil  bo iish ig a  olib  kelgan:
H
2
C 0
3
+ C a2+  -» C a C 0
3
— 
1 , 9
 mlrd. yil aw al (o‘rta proterozoy davri)  — oltingugurt birikma- 
lari  H
2
S,  S 0 2,  S 0
3
  sulfat  —  ion  holatigacha  oksidlanadi.  Suvning 
tarkibida  xlorid,  sulfat  va  karbonatlar  paydo  bo'ladi.  Dengiz  suvlari 
xloridli-karbonatli-sulfatli  suv  holatiga  o ‘tgan.
—  675  m ln  yil  a w a l  (rifey  davrining  oxirida)  Y er  qatlam ining 
cho ‘kindi jinslari  tarkibida birinchi  sulfat  tuzli  c h o ‘km alar  hosil  bo ‘la 
boshlagan.
Shunday  qilib,  avtotrof  fotosintetik  o ‘sim liklar  (dengiz  o ‘tlari) 
faoliyati  natijasida  hosil  b o ‘lgan  kislorod  atm osfera  va  gidrosferada 
to ‘planib,  ulardagi  qaytaruvchi  m u h itni  oksidlantiruvchi  m uhitga 
o ‘tkaza  boshlagan.
Bunday murakkab biogeokimyoviy jarayonlam ing  quyosh  sistema- 
sidagi  hech  qaysi  boshqa  sayyoralarida  analogi  b o ‘lmagan.
—  670—570  m ln.  yil  (vend-kem briy  davri)  —  kislorodning  m iqdori 
m a ’lum  darajaga  yetib,  barcha  kislorod  bilan  nafas  oladigan  hayvo- 
notlarning  xilma-xil  turlari  paydo  bo‘ladi.
—  570—400  m ln.  yil  (past  fanerozoy)  —  ozon  qatlam i  hosil  b o ‘Jib, 
tirik  organizm lar  suvdan  quruqlikka  chiqadi  va  yer  yuzasida  hayot 
paydo  b o ‘ladi.
0
‘rmonlardagi  fotosintetik o ‘simliklar faoliyati  natijasida atm osfe- 
raning  shakllanishi  tugallanib,  atm osfera  to ‘liq  karbonat  angidrididan 
tozalanib  hozirgi  azotli  —  kislorodli  holatiga  o'tgan.
Shuni  aytib o ‘tish kerakki,  hozirgi  kunda biosfera Y erning dinam ik 
o'zgaruvchan  qatlam i  b o ‘lib,  to ‘xtovsiz  harakatlanib  turadi  va  uning 
o ‘zgarishlari  davom   etmoqda.

1.2.  Biosferaning  tuzilishi  va  tarkibi
Kimyoviy  elem entlam ing  atrof-m uhitda  tarqalishini,  ularning  yer 
qatlamidagi  m iqdorini  aniqlash  va  kimyoviy  o ‘zgarishlarini  o'rganish 
geokimyo faniga  asoslanadi.  G eokim yo  alohida  fan  bo" lib,  XX  asrning 
boshida  geologiya  bilan  kimyo  fanlarining  oralig‘ida  shakllangan.  U 
yerdagi  kim yoviy  elem en tlam in g   tarixini,  ularning  yer  qatlam ida 
taq sim la n ish in i  va  o ‘zgarish larin i  o ‘rganadi.  G eokim yo  fanining 
rivojlanishi uchun ikkita katta kashfiyot om il b o ig an .  Bu  G .G .  Kirxgof 
va  R.Bunzen tom onidan yaratilgan spektr analizi  (1859-y) ham da  D .l. 
Mendeleyev  tom onidan  kashf etilgan  kimyoviy  elem entlam ing  davriy 
sistemasidir ( 1869-y).  Spektr analizi yer qatlam ining kimyoviy tarkibini 
o ‘rganish ham da aw al m a’lum  b o ‘lmagan yangi elem entlam ing aniqlash 
im konini  yaratdi,  elem entlam ing  davriy  sistemasi  esa  atom   yadrosi 
stru k tu rasin i  o ‘rganish  va  zam onaviy  a to m -m o lek u la r  nazariyani 
yaratishga  asos  soldi.  XX  asrning  o ‘rtalariga  kelib  barcha  tog‘  jinslar 
va  m inerallarni,  quruqlik ham da okean  suvlarining  kimyoviy tarkibini 
o ‘rganish  ishlari  boshlanib  ketdi.  Olingan  natijalarga  amerikalik  olim 
F.U .K lark  (1847— 1931-y)  tom onidan  ishlov  berilib,  1924-yilda  yer 
qatlamining kimyoviy tarkibi va undagi 50 ta  asosiy elementning miqdori 
haqida  birinchi  m a’lum otlar  chop  etildi.
Geokim yo  fanining  rivojlanishida  buyuk  rus  olimi,  akadem ik  V.I. 
Vernadskiyning  olib  borgan  tadqiqotlari  katta  ahamiyatga  egadir.  U 
radioak tiv  e le m e n tla m in g   geokim yosi,  kim yoviy  e le m e n tla m in g  
migratsiyasida tirik organizm lam ing roli,  yer qobig‘lari, ya’ni atmosfera, 
gidrosfera  va  litosferaning  paydo  b o ‘lishi  ham da  shakllanishi jarayon- 
larini  o ‘rganishga  katta  hissa  q o ‘shgan.
B ugungi  k u n d a   ishlab  c h iq a rish   ja ra y o n la rin i  a tro f-m u h itg a  
o ‘tkazayotgan  ta ’sirini  ortib  borishi  sababli  texnogen  jarayonlarning 
asosiy qonuniyatlarini tushuntirib berishda, atrof-muhitning ffloslanishini 
oldini olishda geokimyo  fanining aham iyati ju da kattadir.  Texnogenez 
tushunchasiga  insonlam ing  atrof-m uhitga  ko‘rsatayotgan geokimyoviy 
ta ’siri  kiradi.  Insonlar  o ‘z  tarixining  ilk  kunlaridan  boshlab  yerdagi 
kimyoviy  elem entlardan  foydalanib  kelishgan.  A w al  bu  oson  ajratib 
olinadigan,  ya’ni mis, oltin,  kum ush,oltingugurt elem entlari kabi m o d ­
dalar  b o ‘lgan.  1930-yilda  m a ’lum  b o ‘lgan 
8 8
  elem entdan  67  elem enti 
ishlab chiqarish jarayonlariga kiritilgan edi.  Hozirgi kunda esa  insonlar 
sanoat  ishlab  chiqarish jarayonlarida  yer  qatlamidagi  mavjud  b o ig a n  
barcha elem entlardan foydalanadilar.  H ar yili yer qatlam idan  100 mlrd.

tonna  foydali  qazilmalar,  ya’ni  1  k m
2
  quruqlikdan  670  t  qazilm alar 
qazib  olinadi.  Bu  esa  yer  yuzidagi  h ar  bir  insonga  1  yilda  25  ton na 
foydali  qazilm a  to ‘g‘ri  keladi.  Yer  ostidan  1  yilda  tabiiy  y o ‘l  bilan
0,32  km ’  suv  chiqariladi,  odam lar  esa  ishlab  chiqarish jarayonlari  va 
boshqa  ehtiyojlar  u ch u n   har  yili  4000  km
3
  suvdan  foydalanadi.  H ar 
yili m ineral o lg ‘it  ishlab chiqarish u ch u n  atmosfera havosidan millionlab 
ton n a  gaz  holatidagi  azot  ajratib  olinadi,  uning  o ‘rniga  esa  havoni 
ifloslantiruvchi  azot  oksidlari  tashlanadi.  D em ak,  inson  o ‘z  faoliyati 
davomida  kimyoviy  elem entlam ing  migratsiyasiga  ta ’sir  ko‘rsatadi  va 
ularning  aylanm a  harakatini  o ‘zgartirib  yuboradi.
V.I.  Vernadskiyning  ko ‘p  yillar  davom ida  olib  borgan  tadqiqotlari 
natijasida uning biosfera haqidagi ta ’lim oti (1926-y) kelib chiqdi.  Unga 
k o ‘ra  biosfera  —  bu  yerning  tipik  organizmlar  va  ularning  yashash, 
mavjudlik  m uhitlarini  tashkil  etuvchi  oMik  tabiatni  o ‘z  ichiga  oluvchi 
tashqi  qobig‘i  (sfepa)  dir  (bios  —  hayot,  yashash;  sphega  —  shar). 
Biosfera  —  tirik  va  o ‘lik  m ateriyalarning  o ‘zaro  ta ’sirlari  natijasini 
ifodalaydi.
Biosfepa  quyidagi  qism lardan  tashkil  topgan:
Atm osfepa  —  Yerning  havoli  qobig‘i  —  25—30 km   balandlikkacha;
G idposfepa  —  Yerning  suvli  qobig‘i  —  10  km   chuqurlikkacha;
Litosfepa  —  Yerning  tuproqli  qatlam i  —  3—4  km   chuqurlikkacha.
B.I.  Bernadskiy ta ’lim otiga  binoan  biosfera  quyidagi  tarkibga  ega:
1.  Tirik  m oddalar —  o ‘simliklar,  hayvonlar,  mikroorganizm lar.
2.  Biogen  m o d d alar  —  organik  asosli  m o d d alar,  ular  2  turga 
bo'linadr.
— fitogen m oddalar — o ‘simliklar qoldiqlaridan hosil bo‘Igan ko‘mir, 
topf,  neft,  gum us  va  boshqaiar;
—  zoogen  m oddalar  —  tirik  organizm   qoldiqlaridan  hosil  bo'lgan 
b o‘r.  ohak  va  boshqa  chiqindi  m oddalar.
3.  Kos m oddalar — noorganik va m agm atik m oddalar asosida  hosil 
b o ‘lgan  tog jinslari.
4.  B iokos  m o d d a la r  —  m ik ro o rg a n iz m la r  t a ’siri  o stid a   to g ‘ 
jinslarining  yemirilishi  hisobiga  hosil  b o la d ig a n   ch o ‘kindi  moddalar. 
M asalan,  tuproq, tabiiy  suvlar va hokazo.  Biokos m odda m ateriyaning 
m urakkab  tuzilishi  b o lib ,  unda  tirik  biologik  va  m ineral  gazli  struk- 
turalar birlashtirilgandir.
Biosferada  asosiy  o ‘rinni  «tirik  modda»  egallaydi.  Tirik  m oddani 
o ‘sim liklar  dunyosi,  hayvonlar,  baliqlar,  h a sh aro tla r  va  m ikroor­
ganizm lar  tashkil  etadi.  Ular  biosferaning  shakllanishida;  atmosfepa.

gidrosfera va litosferaning tarkiblarini boshqarishda; kimyoviy elem ent - 
larning  taqsimlanishida;  foydali  qazilm alarni  va  tuproq  qatlam ining 
hosil b o ‘lishda  eng  faol  rolni  o'ynaydi.
Biosferaning  asosiy  funksiyalariga  quyidagilar  kiradi:
1.  Biologik  m ahsuldorlik,  ya’ni  yerdagi barcha  tirik  m avjudotlarni 
oziq-ovqatlar  bilan  ta ’minlash.
2
.  M uhitning  optim al  gazli va  gidrologik  tarkibini  ta ’minlash.
3.  Biologik tozalash  (tabiatning o ‘z -o ‘zini tozalashi,  qayta tiklashi, 
assimilatsiya jarayonlari).
Biosfera  nisbatan  m ustaqil  bo‘lgan  alohida  b o ‘laklar  yig‘indisidan 
tashkil  topgan  b o lib ,  u  rnozaik tuzilishi  (strukturasi)ga  egadir.  Biosfe­
raning  alohida  faoliyat  k o ‘rsatuvchi  elem en tlar  struktura  birligini 
biogeosenoz deb ataluvchi ekologik sistemalar tashkil etadi.  Biogesenoz
—  bu  biotik,  topografik  va  iqlimiy  jihatdan,  bip  xil  bo‘lgan  abiotik 
m uhitdagi  o 'zaro   bog‘liq  bo‘lgan  o ‘simliklar  va  hayvonlar  yig‘indi- 
sidan  iboratdir.
Biogeosenozning  tarkibiga  quyidagi  kom ponentlar  kiradi:
— fitosenoz — o ‘simliklar yig‘indisidan tashkil topgan  kom ponenti;
—  zoosenoz  —  hayvonotlar  yig‘indisi;
—  m ikrobiosenoz  —  m ikroorganizm lar yig‘indisidan  tashkil  topgan 
bo‘lib,  m ikroblar  biogeokomplekslarini  hosil  qiladi.
Bu  kom ponentlar  biogeosenozning  tirik  qismini  tashkil  qiladi:
— tuproq  va  tuproq-grunt  suvlari biogeosenozdagi boshqa kom po­
nentlar  (o'sim liklar,  hayvonotlar)  bilan  birgalikda  edafotop  qismini 
hosil  qiladi;
— atm osfera  — biosferaning  boshqa kom ponentlari  bilan  birgalikda 
klim atopni  hosil  qiladi;
—  atm osfera  bilan  tuproq  biogeosenozning  kos  m oddasi  (jonsiz 
tabiat),  ya’ni  ekotopni  hosil  qiladi.
Tirik  organizm lar  u   yoki  bu  biogeosenozda  birga  yashash  uchun 
qulay  b o ‘lgan  turlarning  moslari  bilan  birgalikda  o ‘zaro  moslashgan 
holdagina  yashaydi.  Bir  turdagi  tirik  organizm lar  yig'indisi  populya- 
tsiya  deb  ataladi.  Barcha  organizm lar  biogeosenoz  miqyosida  o ‘zaro 
ozuqa  bilan  ta ’m inlanish jihatdan  o ‘zaro  uzviy bog‘liqdir,  ya’ni  trofik 
(ozuqa)  zanjirini  tashkil  qiladi.
Shunday qilib,  biogeosenoz deb nisbatan bip xil hududdajoylashgan 
va uzoq m uddat davomida chiqindisiz,  yopiq ishlab chiqarish jarayonini 
amalga oshiruvchi  o ‘simliklar,  hayvonlar va m ikroorganizmlar populya- 
tsiyalari  yig‘indisiga  aytiladi.

1.3.  Biosferada  moddalar  va  energiyaning 
biokimyoviy  aylanma  harakati
Yerdagi  energiyaning  asosiy  m anbayi  —  quyosh  energiyasi  bo'lib, 
uning b ir qismi  turli  xil fizik-kimyoviy jarayonlarda,  ya’ni  havo  oqim - 
larining  harakatlanishida,  bug‘lanish,  gaziarning  yutilishi  va  ajralishi, 
minerallarning  erishi  va  boshqa jarayonlarga  sarflanib  ketadi.  Quyosh 
energiyasining  bir  qismi  esa  sarflanm asdan  uzoq  vaqtga  bog!lanishi 
ham  m um kin.  Bu jarayon fotosintez hisobiga organik m oddalarni hosil 
qilishda  amalga  oshiriladi.  Quyosh  energiyasi  keyinchali  ko‘pchilik 
biokimyoviy jarayonlam i  amalga  oshirishda  ishlatiladi.
M oddalam ing  biotik  aylanm a  harakati  yopiq  sistema  shakliga  bir 
necha milliard yillar davomidagi evolutsion rivojlanish natijasida kelgan 
b o ‘lib,  u  quyidagi  asosiy  u ch  guruh  organizm lar  hisobiga  amalga 
oshiriladi 
( 1
 -rasm ):
1.  Produsentlar  (ishlab  chiqaruvchilar)  -   ya’ni  avtotrof organizm ­
lar.  Biosferadagi  asosiy  produsent  — b u  yashil  o ‘simliklar.
2.  K onsum entlar  (iste’m olchilar)  —  ya’ni,  avtotrof  organizm lar 
hisobiga  yashovchi  geterotrof organizmlar. 
1
  tarkibli  konsum entlariga 
fitoplanktonlar bilan oziqalanuvchi b a ’zi  bir baliqlar kiradi.  II  tarkibli 
konsum entlarga  esa  yirtqich  va  parazit  organizm lar  kipadi.
3.  P ed u sen tlar  (qayta  tiklovchilar)  —  ya’n i,  parchalanayotgan  
o rg an izm lar  b ila n   ozuq alan uvch i  hayvonlar.  U larga  bakteriya  va 
m ikroorganizm lar kiradi.
Tabiiy resurslar 
(suv,  quyosh  energiyasi)
CO,
noorganik  asosli 
qattiq  chiqindilar
Produtsentlar
O,
Redusentlar
Konsumentlar
organik  asosli 
qattiq chiqindi
1-rasm.  Biosferada  moddalarning  aylanma harakati.
Yuqoridagi  sxem adan  ko‘rinib  turibdiki,  yashil  o ‘simliklar,  ya’ni 
produsentlar  quyosh  energiyasi  ta ’sirida  fotosintez  jarayonini  amalga 
oshirishi hisobiga boshlang‘ich tirik m oddani va kislorodni hosil qiladi.

6 С 0
2
  +   6Н 20  
quyosh  energiyasi 
С
6
  Н |
2
0
6
  +   6 0 ,
xlorofill 
organik  biomassa
Hayvonlar  (konsum entlar)  esa  o ‘simliklarni  iste’mol  qiladi,  kislo­
rod  bilan  nafas  oladi  va  C 0
2
  bilan  organik  asosli  qattiq  chiqindilarni 
hosil  qiladi.
0
‘lgan hayvonlar va o ‘simliklami esa hasharotlar, bakteriyalar qayta 
parchalab m ineral m oddalar yoki oddiy organik birikmalarga aylantirib 
beradi.  U lar esa tuproqqa tushganligi  tufayli  yana qaytadan  o'sim liklar 
tom onidan iste’m ol  qilinadi  (ya’ni,  noorganik  asosli  qattiq chiqindilar
—  produsentlar  uchun  o 'g ‘it  vazifasini  o ‘taydi).  U shbu  jarayonning 
uzluksizligi,  yopiqligi  oxirgi  m ahsulotlarning  doim iy  parchalanishi 
hisobiga  ta ’m inlanadi.
Hozirgi  zam on  biosferasi  organik  dunyo  va  o ‘lik  tabiatning  uzoq 
vaqt  davomidagi  evolutsiyasining  natijasidir.  Biosferadagi  ishlab  chi­
qarish jarayoni bizni  o ‘zining xom ashyodan tejamli  foydalanishi,  qayta 
ishlab  chiqarishning yuqori  takomilligi  ham da  ishlab  chiqarish chiqin- 
dilarini  shu  sistemaning  ichida  hosil  b o ‘lgan  zahoti  yo ‘qotilishi  bilan 
ajablantiradi.
A lohida olingan populatsiya — maxsus qo ‘shim cha m ahsulot ishlab 
chiqarish  korxonasi  hisoblanib,  bir  qancha  chiqindilarni  hosil  qilib 
o ‘zidan keyin qoldiradi.  M asalan:  m a’lum  tu r daraxtlar populyatsiyasi 
yiliga  o 'z id a n   barglar,  qurigan  shoxlar,  ildiz  va to ‘nkalarni  qoldiradi. 
hayvonlar  populyatsiyasi  eca  o 'zid an   keyin  qurigan  yaylovlarni  qol­
diradi.  Shunday  qilib,  alohida  olingan  populatsiyalar  ishlab  chiqa- 
rishga  qodir  b o ‘lsa  ham ,  lekin  to ‘planayotgan  chiqindilarni  qayta 
ishlashga qodir emas.  Populatsiyalar yig‘indisigina chiqindilarni  qayta 
ishlay  oladi.
Shuning uchun,  atrof-m uhitni  m uhofaza qilishning ilmiy asoslarini 
ishlab  chiqishda,  a w a lo ,  tab iat  q o n u n larin i  va  n ihoyat  insoniyat 
jam iyati  bilan  tab iat  o ‘rtasidagi  bog‘liqlik  qonu n larini  m ukam ma! 
ravishda o ‘rganish zarur,  chunki  hozirgi kunda ro ‘y berayotgan k o ‘p- 
chilik  falokatlar  aynan  shu  bog‘liqlik  qonuniyatlarini  hisobga  olm ay 
insonlarning  tabiatga  ko'rsatayotgan  ta ’sirlari  oqibatidan  kelib  chiq- 
m oqda.
Biosfera  o ‘zining  sig‘im  chegarasiga  va chidam lilik ostonasiga  ega. 
U zoq  vaqt  davom ida  tabiat  har  doim   bizga  cheksiz  xizmat  ko'rsatadi 
deb  tu sh u n ila r  edi.  L ekin  bugungi  kundagi  ahvol  shuni  isbotlab 
turibdiki,  tabiat insonlami o ‘ylamay,  haddan tashqari k o ‘p ko‘rsatadigan

ta ’sirlariga bardosh bera olmas ekan,  ya’ni  u  o ‘z -o ‘zini  qayta tiklashga 
ulgura  olmayapti.
D em ak,  tabiatn in g   h a r  b ir  elem en ti  o ‘zining  m a ’lum   «sig‘im  
chegarasiga»  ega  ekan.  A ntropogen  ta ’sir  bu  chegaradan  oshib  ketsa, 
u  yem irila  boshlar  ekan.  M asalan,  bir  vaqtlar  gullab  yashnab  turgan 
Tigr  va  Yefrat  vodiylari  sug‘orish  sistemasining  n o to ‘g‘ri  tuzilganJigi 
va qishloq  xo‘jalik ekinlarining  ko‘p  ekilganligi tufayli  tuproq erozyasi 
ham da  tuzlanish jarayonlari  hisobiga  ch o ‘lga  aylanib  qolgan.  Uralsk- 
Voljsk  c h o ‘llari  ham   chorvaning  n o to ‘g‘ri  boqilishi  hisobiga  hosil 
b o ig an d ir.  Oxirgi  vaqtlarda  yana  shunday  ekologik  inqirozlardan biri
—  bu  O ral  dengizining  qurishi  hisobiga  uning  atrofida  ch o ‘llam ing 
kengayib,  tuproqda tuz m iqdorining  ortib borishidir.  N atijada ichim lik 
suvining  sifati  yom onlashib,  kasallik  turlari  ortib  borm oqda.  A trof- 
m u h itn in g   tabiiy  h o latin in g   buzilish  darajasi  n afaqat  an trop og en 
ta ’siriga,  balki tabiat elem entlarining aks t a ’sir reaksiyasi va xossalariga 
ham   bog‘liqdir.  Tabiat  elem entlarining  aks  ta ’sir  reaksiyasi  ko‘pgina 
hollarda notekisdir:  m a’lum  m iqdorgacha k o ‘rsatilayotgan kichik ta ’sir 
hisobiga  esa  tabiaida  ju d a   kuchli  aks  ta’sirining  boshlanishiga  olib 
kelishi  m um kin.  U shbu  t a ’sir  ekologik  sistem alam ing  chidam lilik 
oston asi  deb  ataladi.  B iosferaga  keskin  va  faol  k o 'rsa tila y o tg a n  
a n tro p o g e n   t a ’sirlar  h isobiga  uning  ich k i  o ‘z - o ‘z in i  b o sh q arish  
m exanizm i buziladi va  natijada ekologik inqiroz vaziyatiga olib keladi.

Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 24%20Кимё%20фанлар
24%20Кимё%20фанлар -> Toshkent kimyo-texnologiyainstituti sh. P. Nurullayev, A. J. Xoliqov, J. S. Qayumov analitik, fizikaviy va kolloid kimyo
24%20Кимё%20фанлар -> A. F. Maxsumov kimyo fanlari doktori, professor
24%20Кимё%20фанлар -> Iqtisod-moliya
24%20Кимё%20фанлар -> Moddalakning kimyoviy texnologiyasi
24%20Кимё%20фанлар -> 24. Bog'lovchi moddalarning kimyoviy texnologiyasi. Otaqo'ziyev T.A, Otaqo'ziyev E.T.pdf [Alyuminatlar]
24%20Кимё%20фанлар -> Няниннивииник и н и н м н н в Й
24%20Кимё%20фанлар -> E. N. Lutfullayev, Z. N. Normurodov
24%20Кимё%20фанлар -> Kimyoviy texnologiya. Kattayev N.pdf [Angren oltin boyitish fabrikasi]
24%20Кимё%20фанлар -> K. A. Ciiolponov, S. N. Am inov anorganik kimyo
24%20Кимё%20фанлар -> E. O. O r I p o V, A. O. N a s r u L l a y e V bioorganik kimyo

Download 5.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling