S. M. Turobjonov, T. T. Tursunov, K. M. Adilova


Download 5.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/14
Sana21.12.2019
Hajmi5.21 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14

„  
mx
 
100
x  ~ 

a n x  ’
bunda:    elem entining  suvdagi  m iqdori,  g /
1
;
mx —  x   elem entining  suvli jinslarda  va  litosferadagi  m iqdori,  %;
ns  —  suvning  m inerallanish  darajasi,  g /
1
.
Kx — koeffitsiyenti kimyoviy elem entning migratsiyasining faolligini, 
uning tarqalishi va t o ‘planishini,  atrof-m uhitda taqsim lanishida suvdagi 
migratsiyaning rolini aniqlasiiga im kon beradi.  Kimyoviy elem entlam ing 
atrof-m uhitdagi  migratsiyasini  o ‘rganish  uning  ifloslanishining  oldini

olishda  m uhim   ahamiyatga  ega.  Geokim yo  usullari  yordam ida  atrof- 
m uhitda  sanoat  chiqindilari  ta ’sirida  hosil  bo'ladigan  texnogen  iflos- 
lanish zonalarini  aniqlash  m um kin.
1.7.  Geokimyoviy  to ‘siqlar
Kimyoviy elem entlam ing atrof-m uhitdagi migratsiyasi yo'lida ular­
ning harakatlanishining faolligi keskin susayib ketadigan joylar uchrashi 
mumkin.  N atijada  elem entlam ing  shu joylarda  cho‘kmaga tushishi va 
to ‘planishi  kuzatiladi.  M asalan,  bunday uchastkalar  daryolar  dengizga 
kelib  tushadigan  joylarda  va  buning  natijasida  sho‘r  ham da  chuchuk 
suvlar  aralashganda,  tarkibi  turlicha  b o ig a n   tog‘  jinslar  kontaktga 
keltirilganda  yoki  yer  osti  suvlari  yer  yuzasiga  chiqadigan  joylarda 
paydo  b o ‘Iishi  m umkin.  A trof-m uhitda  b ir  tekisdagi  barqaror  sharoit 
keskin  boshqa  sharoitga o ‘zgarib ketadigan bunday joylar geokimyoviy 
to'siqiar  deyiladi.  Geokimyoviy  to‘siqlarda  kimyoviy  elem entlam ing 
harakatlanishi  kamayadi  va  ular  shu  joyda  to ‘planib  qoladi.
Kim yoviy  elem entlam ing  atro f-m u h itd a  harakatlanish  tuilariga 
qarab  geokimyoviy  to‘siqlar  4  turga  bo ‘linadi:
1.  M exanik  to ‘siqlar  —  m exanik  migratsiyaning  to'xtashi  hisobiga 
elem entlam ing to ‘planishi  va turli  m inerallar,  qum -shag‘al  qatlamlari, 
har xil  konlarning  hosil  bo ‘lishi  kuzatiladi.
2.  Fizik-kimyoviy  to ‘siqlar  —  m a’lum  geokimyoviy  m uhit  boshqa 
m uhitga  alm ashib  qoladigan  joy lar.  M asalan ,  qaytaruvchi  m uh it 
oksidlantiruvchi  m uhitga  o ‘zgarganda  oksidlantim vchi  to ‘siq  hosil 
b o ‘ladi  (A  turi  —  kislorodli).  M uhitning  oksidlantiruvchi  potensiali 
pasayib  ketsa,  qaytaruvchi  to ‘siq  paydo  b o ia d i.  U lar vodorod  sulfidli 
(B  turi)  va  vodorod  sulfidsiz  (C  turi)  bo'lishi  m um kin.  Kislorodli 
t o ‘siqda tem ir va marganes elem entlari gidrooksid shaklida cho'km aga 
tushadi  ham da  to ‘planadi.  Shuning  uchu n   oksidlantiruvchi  m uhitda 
hosil  b o ig a n   cho'kindi  jinslam ing  rangi  tem ir  gidrooksidi  hisobiga 
qizil,  sariq  va jigarrang  b o ‘ladi.
V odorod  sulfid  t o ‘siqlarida  qiyin  eriydigan  birikrnalarini  hosil 
qiluvchi metallar, ya’ni tem ir,  qo‘rg‘oshin, ruh,  mis sulfidlari cho ‘kmaga 
tushadi.  Qaytaruvchi  vodorod  sulfidli  m uhitda  hosil  b o ig an   jinslar 
qora  va  yashil  ranglarga  ega b o ‘ladi.
Tshqoriy  geokim yoviy  to ‘siq  (D   turi)  kislotali  sharoit  ishqoriy 
sharoitga  alm ashganda  hosil  bo'ladi.  Ishqoriy  to ‘siqda  Mg,  N i,  Cu, 
Zn,  Pb,  Cd,  Cr,  U  va  boshqa  elem entlar  to ‘planadi.  Bu  elem entlar

kislotali  m uhitda  faol  harakatlanadi,  shuning  uchun  ishqoriy  m uhitga 
tushganda  ularning m igratsion  qobiliyati  keskin  pasayib  ketadi  va  u!ar 
cho‘kmaga  tushadi.
Bundan  tashqari,  fizik-kimyoviy  to ‘siqlarga  arid  zonalarda  hosil 
b o ‘ladigan  bug‘lantiruvchi  to ‘siq  (F  tu ri),  suvlarni  sorbentlar  bilan 
kontaktga  keladigan  joylardagi  sorbsion  to ‘siq  —  G   tu ri  (tuproqlar 
kalsiy,  kaliy,  magniy,  rubidiy,  vanadiy,  kobalt,  mis va boshqa elem ent - 
larni  sorbsiyalaydi)  va  term odinam ik  to ‘siq  —  N  turi,  ya’ni  bosim 
bilan  tem peratura  keskin  o ‘zgaradigan joylari  ham   kiradi.
3.  Biogeokim yoviy  to ‘siqlar  —  b iogen  m igratsiyaning  to ‘xtashi 
hisobiga  o ‘simliklar  asosida  hosil  b o ‘lgan  organik  m oddalar  to ‘planib 
k o ‘mir,  to rf konlari  hosil  b o ‘ladi.
4.  Texnogen  to ‘siqlar  —  texnogen  migratsiyaning  keskin  pasayib 
ketadigan joylari.
Hozirgi kunda atrof-m uhitning ifloslanishi va kimyoviy elem entlar­
ning  atrof-m uhitda  tarqalishining  oldini  olishda  sun’iy  geolamyoviy 
t.o‘siqlarni  o ‘rnatish  m umkin.  Bunday to ‘siqlarda  m a’lum  elem entlar­
ning  atrof-m uhitdagi  migratsiyasini  to ‘xtatib  qolish  va  ularni  to'plash 
im koni yaratiladi.  M asalan,  Moldaviyadagi ohb borilgan tajribalar bunga 
misol bo‘la oladi.  Bu yerda uzumzorlarga bordos suyuqligi (mis kuporosi 
bilan  so‘ndirilgan  ohak)  bilan  ishlov  berilganda  atrof-m uhitga  mis 
ionlari tarqalib  ketadi.  Mis  suv bilan  yuvilib  o ‘nglab  km   havo  orqali  - 
5  km  gacha,  qattiq m oddalar bilan  —  15  km  gacha tarqalishi m umkin. 
Buning  natijasida  tuproqlarda  ko ‘p  yillar  davom ida  katta  m iqdorda 
mis  to ‘planib  qolgan.  Texnogen  mis  kislotali  va  neytral  m uhitda  faol 
harakatlanadi,  ishqoriy  m uhitda  esa  (p H = 8 ,0 )  qiyin  eruvchan  mis 
gidroksidi yoki asosiy karbonat C u
2
 ( 0 H )
2
C 0 3, ya’ni m alaxit mineralini 
hosil  qiladi.  D em ak,  uzum zorlar  atrofida  chuqurlik  qazib,  ohak bilan 
to ‘ldirilsa  suv  bilan  kelayotgan  mis  ohak  bilan  reaksiyaga  kirishadi  va 
mis  ionlarini  ushlab  qolish  im koni  paydo  b o ‘ladi.  B unday  su n ’iy 
geokimyoviy to ‘siqlarni boshqa  elem entlar  yo‘nalishida  ham   o ‘rnatish 
mumkin.
1.8.  Yerning  ichki  tuzilishi  va  yer  qatlamining 
strukturasi
Bizning  sayyoram izda  doim iy  ravishda  m urakkab  geokimyoviy 
jarayonlar  am alga  oshib  turadi.  Bu  jarayo n lam i  tush un ish  uchu n, 
avvalambor,  Yerning  tuzilishini  bilish  kerak.  Quyosh  sistemasidagi

barcha  sayyoralar  o ‘ziga  xos  b o ig a n   qobiqli  tuzilishga  ega,  y a ’ni 
ular bir nechta tarkibi va tuzilishi bilan farqlanib turadigan qobiqlardan 
yoki  konsentrik  sferalardan  tuzilgandir.  Yerning  qattiq  qismi  atm os­
fera,  y a’ni  gazli  qobiq  bilan  o ‘ralgan  b o ‘lib,  u  b ir  n ech a  tarkibi  va 
xossalari  h a r  xil  b o ‘lgan  sferalardan  tashkil  topgan.  Sayyoram izning 
qattiq qism i assim m etrik tuzilishga ega.  U ning ekvatorial radiusi 6378 
km ,  qutbiy  radiusi  esa  6357  km  ga  teng,  y a’ni  farqi  21  km  ni  tashkil 
qiladi.
Yerning  tashqi  qobig‘i  yer  qatlam i  deyiladi.  Yer  qatlam ining  eng 
maksimal  balandligi  8848  m   (  D jom olungm a  cho ‘qqi),  eng  chuqur 
joyi  esa  11022  m  ga teng  (T inch okeanidagi  M arian  chuqurligi).
Yerning  ichki  tuzilishini  o ‘rganishda  asosan  geofizik  tadqiqotlar 
usuli qo‘llanadi, y a’ni zilzila va portlashdagi hosil b o ‘lgan to ‘lqinlam ing 
yerda  tarqalishini  o ‘rganish.  Q attiq jism da  portlash  o ‘chog‘idan  turli 
xil to ‘lqinlar tarqaladi.  Bu  to iq in la r  ikki  xil  b o iis h i  m um kin:
1.  B o‘ylama  to ‘lqinlar  —  to iq in   yo'nalishidagi  siqilish  va  ch o ‘- 
zilishlar.
2.  K o‘ndalang to iq in la r — to iq in g a  nisbatan perpendikular y o‘na- 
lishda siljishlardir.
Bo‘ylama to iq in la r qattiq jism larda tezroq tarqaladi,  b undan tash- 
q a ri,  u lar  h a m   q a ttiq   h a m   su yu q   m u h itd a   ta rq a lis h i  m u m k in . 
K o ‘ndalang to iq in la r esa  faqat  qattiq jism larda tarqaladi.  Agar m odda 
k o ‘ndalang  to iq in la rn i  o ‘tkazm asa,  y a’ni  u larni  qaytarib  yuborsa, 
demak,  bu  m oddaning  suyuq  holatda  ekanligi  isbotlanadi.  Agar  ikki 
xil  to iq in la r  m oddani  kesib  o ‘tsa,  dem ak,  u  m odda  qattiq  holatda 
b o ia d i.  Shunday  qilib,  seysmik  to iq in la r  yer  sharinm g  eng  chuqur 
joylariga  yetib  borib,  yerning  ushbu  qismi  qattiq  yoki  suyuq  m odda­
lardan tuzilganligi haqida m a’lum ot berishi m um kin.  B undan tashqari, 
bu  to iq in la r m oddaning zichligi haqida ham  m a ’lum ot beradi.  M odda 
qanchalik  zich  b o is a ,  to iq in la r  shunchalik  tez  tarqaladi.  M oddaning 
zichligi  keskin  o'zgarganda  to iq in la m in g   tezligi  notekis  o ‘zgaradi.
K o‘p   yillar davomida  seysmik  to iq in la m in g   tarqalishini  o ‘rganish 
b o ‘yicha  olib  borilgan  tad q iq o tla r  natijasida  yer  shari  b ir  n ech ta 
konsentrik qobiqlardan tuzilganligi  haqida hulosa chiqarildi va yerning 
tarkibi  ham d a  tuzilishi  aniqlandi.  2-rasm da  Yerning  ichki  tuzilishi 
sxemasi  keltirilgan.
Birinchi qatlam  — M oxorovich chegarasi.  U yer qatlam ini m antiya- 
dan  ajratib  turadi.  Bu  qatlam da b o ‘ylama to iq in la m in g  tezligi  keskin 
ortib boradi (6,5—7,2 krn/s dan 8,1 k m /s gacha).  Bu qatlam  kontinentlar

tagida  25—70  km  chuqurlikda,  okean  tubining  tagida  esa  4—13  km 
chuqurlikda joylashgandir.
Yer  qatlami va  mamiyaning
2-rasm.  Yerning  ichki tuzilishi  sxcmasi:
A   —  yer  qatlami;  В  —  yuqori  mantiya;  C—  mantiyaning  o'tish  qavati;
D  — pastki  mantiya;  E  —  yu/aki  yadro;  F —  ichki  yadro.
M an tiy a  —  y ernin g   q a ttiq   q o b iq la rid a n   eng  q a lin   qavatidir. 
U   2900  km  chuqurlikkacha  joylashgan  b o ‘lib,  Yer  massasining  60% 
ni,  hajm ining  80%  ni  tashkil  etadi.  Chuqurlik  b o ‘yicha  m antiyada 
tem peratura  oshib  boradi  —  bir  necha  yuz  gradusdan  2—3  ming  °C 
gacha.  Shu bilan birga bosim ham  ortadi (10
10
Pa).  Bo‘ylam a to ‘lqinlar- 
ning  tezligi  13,6  km /s  gacha  oshadi  va  m oddaning  zichligi  ham   5,7 
g /sm
3
  gacha  ortib  boradi.  M antiyaning  tarkibidagi  eng  ko‘p  tarqalgan 
kom ponenti  — bu  silikatlar tarkibidagi  krem niy  oksididir  —  SiO,.
M antiya  3  zonaga b o ‘linadi:
1-m antiyaning  В  zonasi  —  yuqori  m antiya,  M oxo  chegarasidan 
400 km  gacha joylashgan. Tem peratura  1200°C gacha oshadi.  Bu yerda 
m odda qism an suyuq  holatda ekanligi  taxmin  qilinadi,  chunki  seysmik 
to lq in larn in g   tarqalish  tezligi  kamayadi.  M antiyaning  bunday  holati

nobarqaror b o ‘lgan qavati astenosfera deyiladi.  Yuqori m antiya  asosan 
tem ir-m agnezial  silikatlar  (olivin,  piroksenlar)  va  alum osilikatlardan 
tuzilgan.
2-m antiyaning  С  zonasi  —  m antiyaning  o ‘tish  qavati,  400—1000 
km gacha.  Seysmik to ‘lqinlam ing tezhgi keskin ortib boradi.  Bu zonada 
mantiya m oddasi zichlashadi va tarkibida zichhgi katta b o ‘lgan m odda­
lar,  ya’ni  vyustit,  periklaz,  ohak  shaklidagi  FeO ,  MgO,  CaO,  SiOz 
oksidlari  paydo  b o ‘ladi.
3-m antiyaning  D  zonasi  -  pastki  m antiya  qattiq  m inerallardan 
tuzilgan b o ‘lib,  tarkibida  Fe  m iqdori  ortib boradi.  M oddaning  zichligi 
4,68—5,7  g /sm
3
  ga  teng.
Yadro  —  2900  km   chuqurlikda joylashgan bo'lib,  un d a  ko‘ndalang 
to'lqinlarning  tarqalishi  t o ‘xtaydi  va  bo‘ylam a  toMqinlaming  tarqalish 
tezligi  keskin kamayadi.  Buning  asosida  yadroning   zonasida m odda 
suyuq,  qovushqoq  holatda  ekanligi  aniqlangan.  Yadroning  markaziy 
qismi  —    zonasi  qattiq  m oddalardan  tuzilganligi  taxm in  qilinadi, 
lekin  bo'ylam a  to ‘lqinlarning  tezligi  9—11  k m /s  ga  teng,  ya’ni  pastki 
m antiyadagi  tezlikdan  kam dir.  Yer  yadrosi  asosan  suyuq  tem ir  va 
nikeldan  ham da  q o ‘shim cha  Si  va  S  dan tashkil  topgan.
Yer  qatlam i  yerning  um um iy  m assasidan  1%  ni  tashkil  qiladi. 
U  turli  xil  to g ‘  jinslaridan  tuzilgan:
1
-bazalt  qavati  —  og‘ir,  zichligi  k atta  b o ‘lgan  kristallik  jinslar 
(bo‘ylama  to ‘lqinlam ing  tarqalish  tezligi  6,5—7,2  k m /s  ga  teng).
2
-granit  qavati  —  yengilroq  kristallik  jinslar  (  b o ‘ylama  to ‘lqin- 
larning  tezligi  5 ,5 -6 ,5   km /s  ga teng).
3-cho‘kindi jinslar — tog‘li kristallik jinslarining yemirilish m ahsuloti 
bo'lib,  ular  daryo  suvlari  bilan  dengizlarga  kelib  tushgan.  C h o ‘kindi 
jinslar  suv  havzalarining  tubida  va  quruqliklar  pastliklarida  to ‘planib 
boradi. U lar hozirgi kontinentlarning 80% yuzasini qoplab olgan bo‘hb, 
bu  asosan  qum ,  tuproq,  ohak  qatlamlaridir.
C h o ‘kindi jm slarning bir qismi qadimgi  tog
1
 jinslarining yemirilishi 
h is o b ig a   h o s il  b o ‘lg a n ,  b o s h q a   q ism i  esa   b io s f e ra d a g i  t ir ik  
organizm larning  faoliyati  natijasida  hosil  b o ‘lgandir,  m asalan,  bor, 
ohak,  tosh  ko ‘m ir,  torf.
C h o ‘kindi jinslarning m a’lum  qismi kimyoviy yo‘li bilan ham  hosil 
b o ‘lishi,  y a’ni  yopiq  suv  havzalam ing  qurishi  natijasida  tuzlarning 
ch o ‘kmaga tushishi hisobiga hosil b o ‘lishi  m um kin.  M asalan,  shu yo‘li 
bilan  oxirgi  yillarda  Orol  dengizi  qurishi  natijasida  dengiz  tubida  gips 
va  tosh  tuzlari  konlari  hosil  b o ‘ldi.

Y er  qatlam i  tuzilishi  jih a td a n   2  turga  b o ‘linadi  —  okeanik  va 
kontinental  turlari.  Yer  qatlam ining  kontinental  turi  tog‘li  joylarda 
mavjud  b o iib ,  uning  qalinligi  35  km   (quruqliklar  tagida  —  70  km, 
okean tagida —  10  km). Yer qatlam ining bu turida granit qavati  20—40 
km,  cho‘kindi jinslar —  3,5  km,  bazalt qavati  — 20 km   ni  tashkil  etadi. 
Yer  qatlam ining  okeanik  turining  qalinligi  5—10  km  ga teng.
Y erning  okeanik  qatlam i  asosan  bazalt  m aterialidan,  kontinental 
turi  esa  granitlardan  tuzilgandir.
Yer  qatlam ining  o ‘rtacha  kimyoviy  tarkibi  oksidlarning  miqdori 
bilan  ifodalanadi  (massa  %  da)  (
2
-jadval):
2-jadval
Modda
M assa  %
Modda
M assa  %
SiO,
66,4
Mg
2 , 2
T i0 2
0,7
CaO
3,8
A , 2 ° 3
14,9
N a20
3,6
F e 20 3
1,5
K20
3,3
FeO
3,0
h
2
o
0.6
MnO
0,08
0,18
Seysmik  to iq in la m in g   tarqalishini  o ‘rganish  natijasida  yer  qatla­
mining tashkil qiluvchi asosiy tog‘ jinslari unda uch qavat bo‘lib joylash- 
ganligi  aniqlangan.  Birinchi qavat c h o ‘kindi jinslardan  tuzilgan.  U ndan 
pastda  granit  qavati  joylashgan  b o iib ,  bu  qavat  ham m a  joyda  emas, 
balki yer qatlamining faqatgina m a’lum uchastkalarida uchraydi (zichligi 
2,7  g /sm 3).  Yer  qatlam ining  eng  pastki  qavati  o g ir,  zichligi  katta 
b o ig a n   bazalt  qatlam idan  tashkil  topgan  (  zichligi  3  g /sm 3).  Uning 
pastki  chegarasi  M oxorovich  qatlamidir.  3-rasm da  Yer  qatlam ining 
tuzilishi  sxemasi  keltirilgan.
C h o ‘kindi  jinslarning  asosiy  massasi  kontinentlarda  to ‘plangan, 
chunki  kontinental  qatlam da  katta-katta pastliklar — geoksinallar  hosil 
b o ia d i.  A sta  sekinlik  b ila n   pastga  c h o 'k ish i  n atijasid a  u lar  to g ‘ 
jinslarning yemirilishi mahsuloti bilan toidirilib boriladi.  Hozirgi vaqtda 
geoksinallarda  kontinentlardagi  barcha  c h o ‘kindi  jinslarning  75  % 
to 'p la n g a n .  O keanik  turidagi  qatlam d a  m antiya  m oddasi  yuzaga 
chiqadi.  U n d a  granit  qavati  b o im ay d i,  ch o ‘kindi  jinslar  qavatining 
qalinligi juda  kam  va  ayrim joylarda  0,5—1  km  ni  tashkil  qiladi,  uning

tag id a   3—4  k m   q a lin lik d a g i  b a z a lt  q a tla m i  jo y la sh g a n d ir.  Y er 
q a tla m in in g   o k e a n ik   tu rid a   tu r li  xil  s tru k tu ra la r  —  to g ‘lik lar, 
chuqurliklar,  tekisliklar,  adrlar  hosil  b o ‘ladi.
Kontinent
3-rasm.  Yer qatlamining tuzilishi sxcmasi. 
Kellirilgan  sonlar moddaning zicbligini  g/sm 3  da ko‘rsatadi.
Nazorat  savollari.
1.  Yer  o ‘z  evolutsiyasida  qanday  bosqichlardan  o ‘tgan?
2.  Biosferaning  shakllanishida  tirik  organizlaming  roli  nimadan  iborat?
3.  Tirik  moddaning  qanday  biokimyoviy funksiyalarini  bilasiz  va  ularning 
aham iyati  nim ada?
4.  Qaysi  elem entlar  y e r  qatlam ining  asosiy  elementlari  hisoblanadi  va 
ular  yer  qatlamida  qanday  taqsimlangan?
5.  Klark  sonlari  nimani  bildiradi?
6.  Kimyoviy  elementlar  atrof-muhitda  qanday  harakatlanadi  va  ularning 
migratsiyasining  necha  turi  mavjud?
7.  Atrof-m uhitdagi  geokim yoviy  to ‘siqlar  tushunchasiga  nim alar  kiradi 
va  ularning  qanday  turlarini  bilasiz?
8.  Yer  shanning  ichki  tuzilishi  qanday?
9.  Yer  qatlami  qanday jinslardan  tuzilgan  va  ular  yer  qatlamida  qanday 
joylashgan ?
10.  Yer  qatlamining  qanday  turlari  mavjud?

2-bob.  N U R L A N ISH   VA  U N IN G   AT R O F-M U H IT G A  
TA’S IR I
2 .1 .  Radioaktivlik  taodisasi  va  radioaktiv 
parchalanish  qonunlari
Oxirgi vaqtlarda tabiiy va su n ’iy radionuklidlarning keng tarqalishi, 
ularning  xalq  xo‘jaligida,  tibbiyotda  va  boshqa  sohalarda  qoilanilishi 
kundan kunga oshib borishi sababli atrof-m uhitning radioaktiv m oddalar 
bilan  ifloslanishi  kuzatilm o qda.  A ntropogen  jara y o n la r  natijasida 
biosferaga uning tarkibida aw al mavjud b o ‘lmagan sun’iy radionuklidlar 
katta  m iqdorda  kelib  tushm oqda.  Radioaktivlik  hodisasi  —  bu  b a’zi 
bir kimyoviy  elem entlar  (uran,  toriy,  radiy,  kaliy,  kaliforniy  va  bosh­
qaiar) yadrolarining o ‘zidan-o'zi parchalanishi  natijasida atrof-m uhitga 
n u r  tarqatish  xususiyatidir.
Radioaktiv m oddalarning asosiy tavsifnomalari  — bu ionlashtiruvchi 
nurlanishning turi,  ularning tabiatda tarqalganligi,  kimyoviy xossalari, 
fizik-kim yoviy  holati,  atro f-m u h itd a  ham da  inson  va  hayvonotlar 
organizm idagi  kimyoviy  o ‘zgarishlari,  nurlantiruvchi  m anbalarning 
biologik  faolligi,  radionuklidlarning  atrof-m uhitdagi  shakli  (aerozol, 
eritm a,  q a ttiq   faza)  tabiatdagi  m odd alarnin g   aylanm a  harakatiga 
kirishish  qobiliyati  va  boshqaiar.
R ad io ak tiv lik   ho d isasi  va  u nga  xos  b o ig a n   io n lash tirad ig an  
nurlanishlar Yerda hayot paydo bo‘lishidan ancha a w al, ya’ni kosmosda 
Yer shari  paydo  b oim asid an   mavjud  b o ig an .  Radioaktiv  nurlanishlar 
bizning  yashash  m uhitim izning  ajralm as  bir  qism i  b o iib ,  Yerdagi 
hayotning o ‘zi ham  shu nurlanishlar oqimida paydo b o ig an .  M aium ki, 
atrof-m uhitda  doim o  radiatsion  fon  mavjud  b o iib ,  u   o ‘rta  m iqdorda 
bir  organizmga  10
' 3
  G r /  yilga  tengdir.  Ushbu  radiatsion  fon  Yerning 
biologik tarixi davom ida o'zgarm as holda saqlanib  kelgan.  K o‘rsatilgan 
nurlanishning  m iqdori  biologik  sistemalarga  hech  qanday  salbiy ta ’sir 
k o isatm ay d i  deb  hisoblanadi,  bundan  tashqari,  u   hayot  rivojlanishi 
uch u n  h am   zarurdir,  chunki  hayotning  o ‘zi  h a m   ushbu  fonda  paydo 
b o ig a n .  Am m o  oxirgi  50—60  yil  davom ida  atrof-m uhitda  nurlanish 
darajasi keskin ortib ketm oqda.  Bu asosan, ato m  elektrostansiyalam ing 
ch iq in d ila ri  h am d a  atom   quroli  sinovlari  hisobiga  hosil  b o ig a n  
nurlanishdir.  Shuning  uchun  ham   radioaktiv  elem entlar  xossalari  va

ularning  atrof-m uhitga k o ‘rsatayotgan  zararli  ta ’sirini  o ‘rganish  radia- 
tsiyadan  him oyalanishda  m uhim   ahamiyatga  ega.
Radioaktivlik hodisasi  IX  asrning  oxirida kashf etilgan.  1896-yilda 
fransuz  olim i  A.Bekkerel  R entgen  tom onidan  ochilgan  «X»  nurlarini 
o ‘rganib  boshlagan  va  ularning  n u r  tarqatish  xususiyatini  aniqlagan. 
Keyinchalik  uning tadqiqotlarini  Polshalik buyuk olim a  M ariya  Kyuri 
davorri  ettirgan  va bir  qator  o ‘zid an -o‘zi  n u r  sochish  qobiliyatiga  ega 
b o'lg an  elem entlam i  aniqlagan  h am d a  ularni  radioaktiv  elem entlar 
deb  nom lagan.
M a’lumki,  radioaktiv m oddalam ing yadrolari parchalanishi natijasi­
da  atrof-m uhitga  uch  xil  nur,  ya’ni  a ,  /3, 
7
-nurlari  sochiladi.
 -n urlar  geliy  atom i  yadrolari  oqim idan  iborat  b o ‘lib,  ularning 
atom   og‘irIikIari  4,00273,  zaryadi  esa  2+  ga  tengdir,  shuning  uchun 
ham   ular  atrofidagi  m oddalarga  kuchli  elektrom agnit  t a ’sir ko‘rsatadi. 
Zarralarning  tezligi  14—20  m ing  km /sek  ga  teng,  tarqalish  masofasi
2,5—8,5  sm.
Д-nurlar  elektron  yoki  po zim m   oqim idan  tashkil  topgan  b o ‘lib, 
ular  yadrodagi  proton  neytronga  yoki  neytron  protonga  aylanganda 
hosil b o ‘ladi.  Bu  o ‘zgarishlar  quyidagi  sxema b o ‘yicha  amalga  oshadi:
m
p  + c +  v ,   p —>n + e + v
bunda:  n  —  neytron; 
p   —  proton; 
v  ~   antineytrino; 
v  —  neytrino.
/3-o‘zgarishda  elem en tlarn in g   ato m   o g ‘irligi  o ‘zgarm aydi  deb 
hisoblash  m um kin.  Z arralarn in g   tezligi  300000  k m /sek,  tarqalish 
masofasi  100 sm ga teng.  Elektrom agnit ta ’siri tufayli elektronlar m odda 
tom onidan  yutib  olinadi,  shuning  uch un   ham   m inim al  qalinlikdagi 
himoyalovchi  qavat o ‘rnatilganda ular inson uchun zararli emas.  Lekin 
yoTida  him oyalovchi  ekran  b o ‘lmasa,  elektronlarning  kuchli  oqim i 
insonga  katta  zarar yetkazadi,  y a’ni  uning  terisini  zararlantirishi  yoki 
ko‘z  nurini  yo‘qotishga  olib  kelishi  m umkin.
/ - n u r la r  —  radioaktiv  elem entlarning  yemirilishidan  hosil  bo‘ladi- 
gan  nurlarning biri  bo'lib,  u   elektrom agnit  (foton)  nurlanishdir,  ya’ni 
to 'lq in   uzunligi  ju d a   kichik  b o ‘lgan  (1 O'
9
—10
' 11
  sm)  elektrom agnit 
to ‘lqinlaridir.
f-n u rla rn in g   energiyasi  ju d a   k atta  boMganligi  u c h u n   ularning 
m oddalam i  kesib  o ‘tish  qobiliyati  nihoyatda  yuqori  b o ‘lib,  bu  nurlar

tashqaridan ta ’sir etganda tirik organizm lar uchun  nihoyatda xavflidir. 
U larning  quvvatini  faqatgina  nurlar  yo'nalisbiga  q o !yilgan  q o ‘rg‘o- 
shindan  ishlangan  qalin  to ‘siq  kamaytirishi  m um kin.  Agar  y-nurla- 
nishning manbalari  ochiq havoda joylashgan b o ‘lsa va yo‘lida him oya- 
lovchi  ekran  b o ‘lmasa,  ular  tirik  organizmlarga  katta  zarar  yetkazishi 
m um kin (3-jadval).
3-jadval
Nurianish turi
Fotonlar energiyasi,
eY
To‘lqin 
u/unligi,  sm
Radioto'lqinlar  (UVCh  )
0,00001
10
M ikrotolqinlar
0,00001-0,01
0,01-10
Infraqizil  spektr
0,01-1
0,0001-0,01
Ko'rinadigan spektr
1 -6
105—10 
4
Ultrabinafsha nurlar
6-1000
107—2 1 0  s
Rentgen
1000-100000
10 s—1 o-7
7  -  nurianish
100000
3 0-?
Radioaktiv  yemirilish  natijasida  elem entlar  siljish  qoidasiga  ko‘ra 
o ‘zgaradi.
M asalan,  a -  o ‘zgarishda  yemirilish  m ahsuloti  M endeleyev  davriy 
sistemasidagi  bosh  elem entdan  chap  tom onida  ikkita  katak  narida 
joylashadi,  uning  atom   nam eri  ikkita  songa,  massasi  esa  to ‘rttaga 
kamayadi.
y em irilish id a  hosil  b o ‘lgan  yangi  e le m e n t  b o sh   e le m en td a n  
o ‘ng  to m o n g a   b ir  katakchaga  siljiydi.  A to m   o g ‘irligi  esa  o ‘zgar- 
m aydi.
y-yemirilishda  elem entlam ing  massa va zaryadlari  o'zgarm aydi.
H a r  bir  radioaktiv  elem ent  o'ziga  xos  b o ‘lgan  yarim  yemirilish 
davri bilan ifodalanadi.  Yarim  yemirilish davri  — bu radioaktiv elem e- 
ntning  olingan  boshlang£ich  m iqdoridan  yarimi  yem irilguncha  ketgan 
vaqtdir.  M asalan,  radiy elem enti  uchun  bu  vaqt  1590-yil,  uran uchun 
esa  4,6-10
9
  yilga  tengdir.
Radioaktiv parchalanish jarayonini  quyidagi  keltiriJgan  uran  izoto- 
pining parchalanishi  sxemasi  misolida  ко‘rib  chiqish  mumkin:

2,710s >■
3min
a
a
l,5104 s
a
210
Parchalanish  natijasida  hosil  b o ‘lgan  har bir  yangi  elem ent  o ‘ziga 
xos  yarim  yemirilish  davriga  ega.
Tabiat dagi ko‘pgina kimyoviy elem entlar bir nechta izotop shaklida 
uchrashi  m um kin,  ular nuklidlar deyiladi.  H ar bir elem entning yadrosi 
proton ham da neytronlardan tuzilgan b o ‘lib,  uning atom  massasi proton 
va  neytronlarning  um um iy  qiymatiga tengdir:
Elem entning  atom   nom eri  (Z )  yadroning  zaryadiga  teng  b o iib , 
uning tarkibidagi protonlarning sonini va yadro atrofidagi  aylanayotgan 
elektronlarning  sonini  ko ‘rsatadi.  Lekin  b itta  elem entning  atom larida 
neytronlarning  soni  har  xil  b o iis h i  m um kin.  Bu  ushbu  elem entning 
bir  nechta  izotoplari  mavjud  ekanligini  ko ‘rsatadi.
Izotoplar  — bu  kimyoviy xossalari  b ir xil  atom   og‘irliklari  esa  har 
xil  b o ig a n   elem entlardir.
Bu  elem entlam ing  yadrolarida protonlarning  soni  biri  biriga  teng, 
shuning uchun ham   ularning atom  nom erlari va kimyoviy xossalari bir 
xil.  U lar  elem entlam ing  davriy  sistemasida  bitta  katakka  joylashadi.
M a s a la n ,  x lo r  ik k ita   iz o to p d a n   ta s h k il  to p g a n  jyCl  va  ^ C ]  .
V odorodning  tabiatda  quyidagi  izotoplari  mavjud: |H   —  vodorod,
--  deyteriy, ]H   —  tritiy.
Tabiatda  ko‘pgina  elem entlar  bir  nechta  izotop  shaklida uchraydi.
Pr,  Tb,  Ho,  Tu,  Та,  Au  va  Bi  elem entlari  tabiatda  o ‘z  izotoplariga 
ega  em as.  A m m o  b a rc h a   m avjud  b o ig a n   e le m e n tla m in g   s u n ’iy 
izotoplari  hosil qilingan b o iib ,  ular sanoatning turli sohalarida ishlatilib 
kelmoqda.
Am  = Z  + N  .
Faqatgina  F,  N a,  Al,  P,  Sc,  M n,  Co,  As,  1,  Nb,  Rh,  Cs,  Th,  Cs,  Th,
3  —  A tro f-m u h it  kimyosi
33

Izobarlar  — bu  atom  og‘irliklari bir xil,  kimyoviy xossalari esa h ar 
xil  bo'lgan  elem entlardir,  ularning  yadro  zaryadlari  va elektronlarning 
soni  har  xildir.  Masalan:  40Ar  40C a 
40
 К   ; 
65
 Cu  ,)SZn; 
44
 Fe  '
4
Cr.  Bu 
elem entlar Mendeleyev davriy sistemasida h ar xil kataklarda joylashgan.
T abiatdagi  m a’lum   b o ‘lgan  109  ta   elem en td an   81  ta   elem ent 
barqaror  izotopiga  ega,  ya’ni  ularga  tashqaridan  hech  qanday  ta ’sir 
b o ‘lmasa,  ular  o ‘zgarmaydi.  Qolgan  28  ta  elem entlarning  izotoplari 
beqaror,  ya’ni radioaktivdir.  Hozirgi vaqtda  umumiy aniqlangan izotop- 
lam ing soni  1700 ga teng bo ‘lib,  ulardan 271  izotop barqaror izotopdir.
Yadro  reaksiyalarda  radioaktiv  elem entning  yadrosi  tashqaridan 
hech  qanday  energiya  berilm agan  holda  o 'zidan  o ‘zi  b o ‘Unib  boshqa 
elementlarning yadrolarini hosil qiladi.  Bu tabiiy radioaktivlik hodisasidir. 
A m m o  yadroviy  o'zgarishlarni  su n ’iy  yo‘l  bilan  ham   amalga  oshirish 
m um kin.  Bunday  o ‘zgarishlarni  b a ’zi  bir  elem entlarga  k atta  kinetik 
energiyaga ega b o ‘lgan zarralarni ta ’sir ettirish yo‘li bilan kelib chiqarish 
m um kin. M asalan,  radioaktiv  b o lm a g a n  Al,  P,  M n kabi elem entlarga 
a-zarralar,  deytron,  neytron  va  boshqa  faol  zarralarni  ta ’sir  ettirsa 
ular  su n ’iy  radioaktivlik  xususiyatlarga  ega  bo‘lib  qoladi  va  ularning 
atom  yadrolari parchalanib radioaktiv aluminty,  radiofosfor,  radiom ar- 
ganes  hosil  b o la d i.
Bunday  reaksiyani  birinchi  b o ‘lib,  1919-yilda  Rezerford  amalga 
oshirib,  u  azot  m olekulasiga  a-zarralam i  ta ’sir  ettirgan  va  natijada 
kislorod  izotopini  hosil  qilgan:
^ H e + ^ N - »   l H
+
^ 0
U ran  238U  yadrosiga  neytronlar t a ’sir ettirilsa,  ikkita birinchi  tran- 
suran  elem enti  —  neptuniy va  plutoniy  hosil  b o ‘ladi  (  plutoniy  yadro 
energiyasining  m anbai  sifatida  m uhim   ahamiyatga  ega):
^92U +  оП  ->  2Ц и  
^ N p +   >
^ N p   —> 
2 9 4
 Pu +  _
Yadro  reaksiyalari  ikki  xil b o ‘lishi m um kin.  Birinchi jarayon  — bu 
og‘ir  yadrolarning  b o ‘linishi,  masalan:
+  (Jn —>  ^ S r  +  '^ X e  ^-
2
(Jw
292U +  цП —> 
+  ’^ B a  + 
2
дП

H osil  b o ‘lgan  n e y tro n lar  bosh qa  u ra n   y ad iolarig a  t a ’sir  etib, 
reak siy a  z a n jir   sh a k lid a   d av o m   e ta d i.  B u n d a y   ja r a y o n   y a d ro  
reaktorlarda am alga oshiriladi. Ajralib chiqayotgan energiya juda k atta 
b o ig an ligi  uch u n   uni  nazorat qilish  m aqsadida b o ‘linayotgan  radioa­
ktiv  m o dda  reaksiyani  «sekinlashtiruvchi»  m odda,  y a ’n i  og‘ir  suv 
yoki  grafit  bilan  aralashtiriladi  va  u   neyironlarning  harakatini  sekin- 
lashtiradi.  Y adro reaktoriga kadm iyli  steijenlar kiritilib,  ular neytron- 
larni  yutib  olish  qobiliyatiga  ega  bo'lganligi  u ch u n   bunday  zanjirli 
reaksiyani  nazorat  qilish  im koni  yaratiladi.
Ikkinchi  jarayon  —  bu  ikkita  yengil  yadroning  birikishi  (sintezi) 
natijasida  m assasi  k atta  va  barqarorligi  ju d a   yuqori  b o ‘lgan  og‘ir 
yadroning  hosil b o ‘lisliidir.  B unda ju da  katta  energiya  ajraUb  chiqishi 
mumkin.  Lekin  bunday reaksiyalar amalga oshirilishi uchun juda katta 
m iq d o rd a  issiqlik  tala b   qilinad i.  Ju d a   y u q o ri  te m p e ra tu ra   bilan 
yadrolarning  bo'iinishida  ajralib  chiqayotgan  energiya  yengil  yadro- 
lam ing  birikishiga  im kon  yaratadi,  shuning  uchun  ham   bunday  reak­
siyalar term oyadro reaksiyalari deyiladi. Termoyadro reaksiyasi misolida 
vodorod izotoplaridan geliy yadrosining hosil b o ‘lishi jarayonini keltirish 
mumkin:
2
j H - » ^ H  +  ?e 
] H + l H - ^ H e
Bunday  reaksiyalaming  energiyasi  juda  katta  bo'lganligi  uchun, 
ulam i  qo'llash  masalasi  ancha  murakkabdir.
Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 24%20Кимё%20фанлар
24%20Кимё%20фанлар -> Toshkent kimyo-texnologiyainstituti sh. P. Nurullayev, A. J. Xoliqov, J. S. Qayumov analitik, fizikaviy va kolloid kimyo
24%20Кимё%20фанлар -> A. F. Maxsumov kimyo fanlari doktori, professor
24%20Кимё%20фанлар -> Iqtisod-moliya
24%20Кимё%20фанлар -> Moddalakning kimyoviy texnologiyasi
24%20Кимё%20фанлар -> 24. Bog'lovchi moddalarning kimyoviy texnologiyasi. Otaqo'ziyev T.A, Otaqo'ziyev E.T.pdf [Alyuminatlar]
24%20Кимё%20фанлар -> Няниннивииник и н и н м н н в Й
24%20Кимё%20фанлар -> E. N. Lutfullayev, Z. N. Normurodov
24%20Кимё%20фанлар -> Kimyoviy texnologiya. Kattayev N.pdf [Angren oltin boyitish fabrikasi]
24%20Кимё%20фанлар -> K. A. Ciiolponov, S. N. Am inov anorganik kimyo
24%20Кимё%20фанлар -> E. O. O r I p o V, A. O. N a s r u L l a y e V bioorganik kimyo

Download 5.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling