S muhamedova, M. Saparniyozova


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/107
Sana11.09.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1675549
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   107
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot uchun

Kоduхоv V.I. Urоvni yazika / Russkiy yazik. Ensiklopediya. -M.: Sоv. 
ensiklopediya, 1979. -S.359-360.
4
Benvenist E. Urоvni lingvisticheskоgо analiza / Nоvоe v lingvistike. Vip.4. -M.: 
Izd-vо inоstrannоy lit-ri, 1965.-S.446-447.
5
Blох M.Ya. Teоreticheskie оsnоvi grammatiki. –M.: Visshaya shkоla, 1986, s. 47.
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
25 
“suprapropozematik”) muallifning umumlashtiruvchi jihat, ya’ni har ikkisida 
ham propozemani nazardan qochirmaganligi diqqatga sazovor. 
Ba’zi tadqiqotchilar matnga alohida sath sifatida qarash mumkinligini 
aytadilar, ammo ayni paytda matn tilning emas, balki nutqning sathi bo’la 
olishini ta’kidlaydilar. Bunda matnning nutq jarayoni hodisasi sifatida 
sistemaliligiga urg’u beradilar.
1
Bunday talqindan kelib chiqiladigan bo’lsa, 
tabiiyki, mantiqan matnga til hodisasi emas, balki faqat nutq hodisasi sifatida 
qarash lozim. Holbuki, matnning mohiyatan, eng avvalo, til hodisasi
ekanligi bugungi matn lingvistikasida deyarli e’tirof etib bo’lingan bir 
haqiqatdir. Shuningdek, matnning asosiy va birlamchi til belgisi ekanligi 
haqidagi qarash ham tilshunoslikda turg’unlashgan. Shuning uchun ham matn 
faqat nutq sathiga oiddir degan fikrga qo’shilish qiyin. 
Bu 
munosabat 
bilan 
O.L.Kamenskayaning 
“Matn 
va 
kommunikatsiya” nomli kitobida til sistemasida alohida matn sathining 
mavjudligini ko’rsatish maqsadidagi bir qiyosini shu o’rinda keltirish joiz.
2
Uning fikricha, til birliklarining kommunikativ vazifani bajarishdagi ishtiroki 
darajasi ham til sistemasini pog’onalashtirish (stratifikatsiya) uchun asos 
hisoblanadi. Ana shundan kelib chiqqan holda u til sistemasidagi sathlarni 
ajratish va asoslashning maqbul tamoyillaridan biri til strukturasini bilim 
strukturasi bilan qiyoslash bo’lishi mumkinligini aytadi. Uningcha, insoniyat 
to’plagan bilimlarning hajmi favqulodda ulkan va bu bilim muayyan 
tarkiblanishga ega. Bilim strukturasi modelida eng yuqori umumlashgan 
sathni shartli ravishda “dunyo haqidagi jami bilim” deyish mumkin. Dunyo 
haqidagi jami bilim konkret fanlar bilim sohasiga (tilshunoslik, fizika kabi), 
shuningdek, kundalik turmush bilimlariga ajraladi, bu eng yuqoridan keyingi 
quyi sath bo’ladi. Har qanday bilim sohasidagi konkret bilim hamisha 
tarkiblangan bo’ladi. U ayrim ilmiy qoidalar (nazariyalar) va faktlar – mazkur 
modelda yana bir sathni tashkil etuvchi “bilim fragmentlari”dan tarkib topadi. 
Bilim fragmentlari, o’z navbatida, mazkur modelda yana bir alohida sathni 
tashkil etuvchi ayrim hukmlar – muayyan ob’ektlar va ular o’rtasidagi 
munosabatlar haqidagi bilimlardan tuziladi. Hukmlar esa bilimning yanada 
quyi sathini yuzaga keltiruvchi tushunchalar – ob’ektlar yoki ular o’rtasidagi 
munosabatlar haqidagi elementar bilimlardan hosil bo’ladi. Tushunchalar, o’z 
navbatida, keyingi sath elementlarini yuzaga keltruvchi tugallanmagan 
tushunchalar – ob’ekt yoki munosabatlar haqidagi tugallanmagan bilimlardan 
tashkil topadi. Keyingi, aytish mumkin bo’lsa, so’nggi sath esa tushunchalarni 
farqlash sathidir. 
Ana shu mulohazalardan keyin O.L.Kamenskaya til kommunikatsiya 
vositasi sifatida ayni paytda bilimni namoyon qilish (ob’ektivatsiya)
1

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling