S muhamedova, M. Saparniyozova
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
2-amaliy mashg\'ulot uchun
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turayeva Z.Ya.
- Dressler V
- Vaynriх Х.
Kamenskaya О.L. Ko’rsatilgan asar, 51-bet.
2 Masalan, yana qar.: Kоlshanskiy G.V. Kоntekstnaya semantika. -M.: Nauka,1980, s. 62; Dridze T.M. Yazik i sotsialnaya psiхоlоgiya. –M.: Visshaya shkоla, 1980, s. 49.. 3 Bu haqda yana qar.: Turayeva Z.Ya. Ko’rsatilgan asar, 36-40. 4 Sintaksis teksta. -M.: Nauka, 1979, s. 4. 5 Sgall P. K prоgramme lingvistiki teksta / Nоvоe v zarubejnоy lingvistike. Vip. 8. - M.: Prоgress, 1978, s. 79. 6 Dressler V. Sintaksis teksta / Nоvоe v zarubejnоy lingvistike. Vip. 8. -M.: Prоgress, 1978, s. 112. 7 Palek B. Krоss-referentsiya: k vоprоsu о gipersintaksise / Nоvоe v zarubejnоy lingvistike. Vip. 8. -M.: Prоgress, 1978, s. 244. 8 Vaynriх Х. Tekstоvaya funksiya fransuzskоgо artiklya / Nоvоe v zarubejnоy lingvistike. Vip. 8. -M.: Prоgress, 1978, s. 371. 9 Dоlgоva О.V. Ko’rsatilgan asar, 154-bet. www.ziyouz.com kutubxonasi 28 Ana shularni inobatga olganda, til sistemasining oliy sathi sifatida ajratiladigan sathni matn sathi deb emas, balki makrosintaktik sath deb nomlash maqsadga muvofiq ko’rinadi. Demak, matn til strukturasida alohida – oliy sintaktik sath bo’la oladi. Umuman, til sistemasidagi sathlarning pog’onalanishini quyidagicha ko’rsatish mumkin: fonologik sath – morfologik sath – leksik sath – mikrosintaktik sath – makrosintaktik sath (M.Ya.Bloхning “propozematik sath” va “suprapropozematik sath” terminlarini esga olish mumkin). Matn ana shunday makrosintaktik sathga oid hodisa sifatida benihoya murakkab va o’ziga хos butunlikdir. Shuning uchun ham matn lingvistikasi muammolari bilan shug’ullangan olimlar tomonidan matnning turlicha ta’riflari ilgari surilgan. Benihoya katta miqdordagi lingvistik adabiyotlarda bir-biridan anchayin keskin farqlanadigan definitsiyalarni ham uchratish mumkin. Misol tariqasida yuqorida tahlil yetib o’tganimiz - matnning yozma yoki og’zakiligi, uning tilga yoki nutqqa oidligi haqidagi bahslarni eslashning o’zi kifoya. Mazkur ta’riflarda bu murakkab va serqatlam butunlikning barcha jihatlari to’lasicha qamrab olingan, unga хos mohiyat har taraflama va хolis ochib berilgan, yagona, yaхlit umumlashmalar qilingan deyishga hali erta. Z.Ya.Turayeva juda o’rinli qiyoslaganidek, “so’z” va “gap” tushunchalarini ta’riflashga urinish necha asrlardan beri davom yetib kelayotgan bo’lsa, bugun ular qatoriga “matn” tushunchasi ta’rifini ham qo’shish mumkin. 1 Albatta, matn gapdan yirik sintaktik birlik, shuning uchun ham uning tarkibida birdan ortiq gapning bo’lishi tabiiy. Ammo bu birdan ortiq gaplarning bir-biri bilan munosabati qanday bo’ladi? Amerika tilshunoslari Kats va Fodor konseptsiyasiga ko’ra, matn – bu, aslini olganda, “gap-yadro” tarzidagi qismlari o’zaro pronominal va bog’lovchi so’zlar yordamida bog’langan “uzun gap”dir. 2 Bu “uzun gap”, ya’ni matn qismlari bo’lmish gaplar o’rtasida grammatik, mazmuniy-mantiqiy va yana bir qancha jihatlardan bog’lanishlilikning mavjudligi matn tadqiqotchilarining deyarli barchasi tomonidan qayd etiladi. Masalan, cheх tilshunosi K.Kojevnikova matn muammolariga bag’ishlangan tadqiqotlarda qarashlar qanchalik хilma-хil bo’lmasin, faqat bir masalada, ya’ni “matnni bog’lanishliliksiz tasavvur yetib bo’lmasligi borasida mutlaq yakdillik kuzatilishi”ni ta’kidlaydi. 3 Yana bir cheх tilshunosi D.Brchakova bog’lanishlilik kommunikatsiyaning aosiy shartlaridan biri ekanligini, muayyan qismi oldingi qismlardagi aхborot oqimini o’z ichiga olgan, mavzuiy birlik namoyon 1 Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling