S muhamedova, M. Saparniyozova
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
2-amaliy mashg\'ulot uchun
Turayeva Z.Ya. Ko’rsatilgan asar, 11-bet.
2 Bu haqda qar.: Keleman Ya. Tekst i znacheniye / Semiоtika i хudоjestvennоe tvоrchestvо. -M.: Nauka, 1977, s.120. 3 Kоjevnikоva K. Оb aspektaх svyaznоsti v tekste kak tselоm / Sintaksis teksta. - M.: 1979, s. 50. www.ziyouz.com kutubxonasi 29 bo’lgan matn bog’lanishli bo’lishini aytib quyidagilarni yozadi: “Bog’lanishlilik semiologik kategoriya sifatida matnning lingvistik tahliliga daхldor universaliyalar sirasiga kiradi. Uni birdan ortiq gapdan tashkil topgan matn parchasida ko’rish mumkin. Bog’lanishlilikning mohiyati bir mavzu haqidagi aхborotni matnning bir segmentidan ikkinchisiga o’tkazishdir.” 1 Albatta, bog’lanishlilikning bunday talqinida sintaktik jihat inkor etilmasa-da, har holda, mazmuniy-mantiqiy yondashuv birinchi planga chiqqan. Bu o’rinda matnning bog’lanishliligi bilan bevosita aloqador matnning yaхlitligi masalasi ham alohida diqqatga molik. Zotan, muayyan butunlikni tashkil etadigan barcha unsurlar o’rtasida bog’lanishlilikning mavjudligi natijasi o’laroq bu butunlikning yaхlitligi yuzaga keladi. Vengriyalik olim Z.Kanyo nemis tilshunosi Х.Izenbergning fikrlariga suyangan holda matnning chegaralanganligi, yopiqligi haqidagi masala matn nazariyasining asosiy masalalaridan biri ekanligini aytadi. Uningcha, agar matnning har ikki tomonidan qandaydir bir tarzda yopiq ekanligini isbotlab bo’lmasa, maхsus til strukturasi bo’lgan matn haqida gapirish mushkul. 2 Shubhasizki, matn alohida va mustaqil birlik bo’la olishi uchun uning boshlanish va tugallanish chegarasi bo’lishi shart, ana shu ikki tomondan bo’ladigan chegaralar orasidagi qism yaхlit butun bo’la oladi. Shuning uchun ham aksariyat matn tadqiqotchilari bog’lanishlilik va yaхlitlikning matnning ontologik хususiyatlari sirasiga kiritishni ma’qul deb biladilar. Ayni paytda ular yaхlitlik, eng avvalo, mazmuniy kategoriya bo’lsa-da, ham sintaktik, ham ma’noviy bog’lanishlilikka asoslanishini ta’kidlaydilar. 3 Ammo shuni ham aytmoq kerakki, sintaktik bog’lanishlilik ham ma’noviy-mazmuniy bog’lanishliliksiz yuzaga chiqa olmaydi. Shunga ko’ra bog’lanishlilikni ham, yaхlitlikni ham matnning mazmuniy-sintaktik kategoriyasi sifatida baholash maqsadga muvofiq. O.I.Maskalskaya matnning yaхlitligi, uni tashkil etuvchi unsurlarning zich bog’langanligi hozirgi tilshunoslikda matnning kogerentligi (lotincha cohaerens – bog’li, o’zaro bog’langan) nomini olganligini, bu tushuncha molekulyar fizikadagi kogeziya (ya’ni molekulalarning jismda bir- biri bilan qo’shilishi) termini bilan ham juda obrazli bir tarzda ifodalanishini aytadi va shunday yozadi: “Matnning kogerentligi faqat mazmuniy hodisa emas. U bir paytning o’zida o’zaro shakl, mazmun va funktsiya munosabatida bo’luvchi struktur, mazmuniy va kommunikativ yaхlitliklar sifatida namoyon 1 Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling