S. N. Yuldashev, X. M. Ibragimova, B. X. Fayziev mehnatni tashkil etish va
Mehnatga haq to’lashda qo’llaniladigan qo’shimchalar
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
S. N. Yuldashev, X. M. Ibragimova, B. X. Fayziev mehnatni tashki
3.8 Mehnatga haq to’lashda qo’llaniladigan qo’shimchalar
O’zbekiston fuqarolarining mehnat munosabatlari mehnat qonunchiligida asoslab berilgan bo’lib, u mehnat unumdorligini o’stirishga, ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishga, kishilarning turmush sharoitlarini yaxshilashga, mehnat intizomini mustahkamlashga, ishchi va xodimlarning mehnat huquqlarini himoya 157 qilishiga qaratilgandir. Shunga ko’ra ishchilar va xodimlarga bir qancha turdosh qo’shimchalar to’lanadi. 1. Bolalarni emizish uchun berilgan tanaffus vaqtiga haq to’lash. Bir yoshgacha bolasi bor bo’lgan emizuvchi ayollarga ovqatlanish, dam olish uchun mo’ljallangan umumiy tanaffusga qo’shimcha ravishda bolani emizish uchun tanaffus beriladi. Tanaffuslar har uch soatda yarim soatdan belgilanadi, bu tanaffus o’rtacha ish haqi miqdorida to’lanadi. 2. Bekor turib qolishlar uchun to’lanadigan qo’shimcha haq. Ishchi yoki xizmatchilarning aybi bilan bo’lmagan bekor turib qolishlar uchun qo’shimcha haq ishchining malakasiga mos ravishda vaqtbay ish haqi tizimi bo’yicha to’lanadi. Bu holatda ishchining oylik ish haqi davlat tomonidan tasdiqlangan minimal miqdordan kam bo’lmasligi kerak. 3. Ko’p smenali ishda bajarilgan mehnatga haq to’lash. Korxonalarida uch smenalik, ikki smenalik ish tashkil qilingan bo’lib, ishchilar, ustalar va mutaxassislarga kechki va tungi smenada ishlaganliklari uchun qo’shimcha haq va qo’shimcha ta’tillar beriladi. Tungi soat qilib kech soat 22 00 dan ertalab 6 00 gacha qabul qilingan. Korxonada belgilangan nizomlarga ko’ra, har bir kechki yoki tungi soat uchun ishchining tarif stavkasining 50%dan ko’p miqdorda qo’shimcha to’lanadi. 158 Qo’shimchalar o’smirlar uchun belgilangan bo’lib, o’smirning to’liq ishlamaydigan ish kuniga to’la ish kuni uchun haq to’lanadi. Mahsulotga ishbay tizimida haq to’lashda o’smir ishlab chiqargan mahsulotga katta yoshdagi ishchilar bilan bir xil narxlar bo’yicha haq to’lanadi, qisqartirilgan ish kunlari uchun esa ishbay tarif stavkasi bo’yicha qo’shimcha haq to’lanadi. Ishlab chiqarish jarayonidan ajralmagan holda faoliyat yuritayotgan brigadirlarga qo’shimcha haq to’lash. Asosiy ishdan ozod qilinmagan ishchilardan saylangan brigadirlar uchun qo’shimcha ish haqi brigadadagi ishchilarning soniga ko’ra tarif stavkasining 10-15% miqdorida to’lanadi. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling