S. S. Ismailova lizing asoslari


-chizma. Biznes-rejani asosiy bo‘limlari


Download 0.56 Mb.
bet74/89
Sana02.04.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1320130
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   89
Bog'liq
2 5192996437348065472-20230303-102212

15-chizma. Biznes-rejani asosiy bo‘limlari.

  • mahsulotlarni oziq-ovqat va sanoat tovarlari bozorida sotuvchi korxona biznes-rejasi asosan iste’molchilar ommasiga yo‘naltiriladi. Bu yerda mahsulot sifati va sotuv hajmi asosiy ko‘rsatkichlar hisoblanadi. Bunday

129
korxona ishining barqarorligini sotuv hajmini oshirish, mahsulot assortimentini o‘zgartirish belgilab beradi;



  • ishlab chiqarish vositalari bozorida faoliyat ko‘rsatuvchi korxona biznes-rejasi ishlab chiqarishni qayta tiklashi va barqarorlashtirishi lozim bo‘lgan investitsion yo‘nalishni yoritib berishi zarur;




  • maishiy-kommunal xizmatlar bozorida faoliyat ko‘rsatuvchi korxona biznes-rejasi o‘z ichiga transport, madaniy-oqartuv, sog‘liqni saqlash, axborot, vositachilik va asosan muayyan iste’molchiga yo‘naltirilgan boshqa xizmatlarni kiritadi;




  • mahsulotlarni axborot bozorida sotuvchi korxona biznes-rejasi yuqori texnologiyalarni ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan bo‘lib, iqtisodiyotning rivojlanish darajasi, tabiiy resurslarning mavjudligi, intellektual salohiyatni hisobga olishi lozim;




  • investitsiyalar bozorida faoliyat ko‘rsatuvchi korxona biznes-rejasi investorlarni kredit bilan ta’minlash bo‘yicha bank hujjati hisoblanib, uning asosida kredit uchun optimal % stavkasini aniqlash yotadi;




  • innovatsiyalar bozorida faoliyat ko‘rsatuvchi korxona biznes-rejasi ixtirolar, kashfiyotlar va boshqa intellektual mehnat yutuqlarini joriy qilishning yakuniy natijalari yutuqlariga yo‘naltiriladi.

Shu tariqa, biznes-reja barcha bozor tuzilmalari uchun ular faoliyatining o‘ziga xosliklarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.




11.2. Marketing rejasi

Biznes-reja korxona faoliyatining joriy va istiqboldagi uchta asosiy bo‘limini belgilab beradi:





  • bozorning marketing tadqiqoti;




berish;




  • yakuniy natijalarni iqtisodiy asoslagan holda rejaning asosiy bo‘limlarini ishlab chiqish.

Marketing strategiyasi mahsulot ishlab chiqaruvchining yo‘nalishidan kelib chiqib iste’mol bozorida davlat bozor siyosatining tartibga soluvchi rolini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Bunda mahsulotni sotish bozorini tanlash marketing faoliyatining asosiy tarkibiy qismlaridan biridir. Qoidaga ko‘ra optimal bozorni tanlash bu bozorni tadqiq etish natijasida olingan ma’lumotlarga asoslanadi. Korxona mahsuloti bozor (uning segmenti) ehtiyojlariga mos kelishi va raqobatbardoshlik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lishi zarur.


130
Bozorga kirib borishdan avval mahsulotga nisbatan iste’molchiga ta’sir ko‘rsatish bo‘yicha barcha marketing vositalari majmuasi qo‘llanadi. Bunda iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik, siyosiy va boshqa omillar hisobga olinadi. Ma’lumki, bozor ishlab chiqarish va iste’molchi o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in bo‘lib, ichki aloqalarni hamda talab va taklif o‘rtasidagi balans asosida qarama-qarshiliklarni aniqlab beradi. Talab va taklif o‘rtasidagi muvozanatlangan nisbatlarga faqat marketing yordamidagina erishish mumkin, chunki strategiya va taktika bozorni kompleks o‘rganish va mahsulotga bo‘lgan talabni maqsadli yo‘nalgan holda ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishga asoslanadi.


Marketing faoliyati bozorni o‘rganish, maqsadlarni shakllantirish va ularni amalga oshirish bo‘yicha masalalarni hal qilish, ishlab chiqarish muddati, hajmi va kutilayotgan natijalarni aniqlash, iste’molchilik talabini shakllantirish va kon’yunktura tadqiqotlarini o‘z ichiga kiritadi. Bundan tashqari, marketing bozorni tartibga solish tizimi sifatida mahsulotlarning bozor talablariga moslashishi, raqobatchilar salohiyati va ularning faoliyatini o‘rganish, talabni shakllantirish, sotuvni rag‘batlantirish, marketing xizmati faoliyatini nazorat qilish va boshqalarni ta’minlaydi


Marketing raqobatchilik kurashining taktika va strategiyasini belgilab beradi, pul mablag‘lari va resurslar, bozor kon’yunkturasi haqidagi ma’lumotlarning to‘xtovsiz oqimini hamda sotuv bozoriga maqsadli yo‘nalgan holda ta’sir ko‘rsatgan holda mahsulotni sotish jarayonini boshqarishni ta’minlaydi. Marketing strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishda narx va tovar siyosati ishlab chiqiladi, reklama usullari va yo‘nalishlari, sotuvni rag‘batlantirish, obyektga sotuvdan keyin xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlari aniqlanadi, bozor hajmi va uning yangi mahsulotlar kirib kelishi va keyingi ta’minlashlarning kengaytirilishga reaksiyasi bashorat qilinadi.


Marketing strategiyasi marketing tadqiqotlari davomida olinuvchi ma’lumotlarga asoslanadi hamda quyidagilarni o‘z ichiga kiritadi:








  • maqsadlarni shakllantirish;




  • chora-tadbirlar reja va strategiyalarini ishlab chiqish;




  • rejalarni amalga oshirish va ularning bajarilishini nazorat qilish. Marketing strategik rejasida belgilangan maqsadlarga erishish vaqti va

vositalari, resurslar aks ettiriladi.


Marketing rejalashtirishi marketing faoliyatining taktik va strategik vazifalarini hal qilish ko‘rinishida yaratiladi.


131
Marketing taktikasi tijorat va ilmiy-texnik ma’lumotlarga asoslanadi va malakali personalni talab qiladi. Bunda taktik chora-tadbirlar strategik chora-tadbirlarning tarkibiy qismi hisoblanib, quyidagilar ko‘zda tutiladi: rejadagi ko‘rsatkichlardan chetga chiqishga olib keluvchi ichki muhitdagi o‘zgarishlarga tez javob berish, korxona mahsulotlari bilan bozorga kirib borish tamoyillari, tovar harakatlanishini tashkil etish va faollashtirish, iste’molchilar zaxiralarini tadqiq qilish, vakolatxonalar tarmog‘ini tashkil etish, servis xizmat ko‘rsatish sifatini oshrish va hokazolar. Marketing ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishning bozor konsepsiyasini ishlab chiqishdan to mahsulotni yakuniy sotishgacha bo‘lgan turli muammolar doirasini qamrab oladi.

Korxonaning marketing xizmati yetakchi hisoblanadi, chunki aynan u boshqa barcha tuzilma bo‘linmalariga shart-sharoitlarni belgilab beradi. Marketing tadqiqotlari tahlili davomida qabul qilingan qarorlarni bajarish korxonaning barcha bo‘limlari uchun majburiy hisoblanadi.





Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling