S. S. Ismailova lizing asoslari
Download 0.56 Mb.
|
2 5192996437348065472-20230303-102212
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qisqa xulosalar
11.4. Moliyaviy reja
Biznes-rejaning bu bosqichida quyidagilar keltiriladi: korxona xarajatlari va ularni qoplash manbalari; to‘lov balansi; korxona faoliyatinig iqtisodiy samaradorligini baholash; sotuv hajmlari bashorat qilinadi; pul xarajatlari va tushumlar balansi ishlab chiqiladi; daromad va xarajatlar jadvali tuziladi; korxona aktiv va passivlarining umumlashgan balansi tuziladi; korxonani asosiy resurslar bilan ta’minlash darajasi; narx tahlil qilinadi va baholanadi. Moliyaviy reja yakunida korxona moliyaviy strategiyasi keltirilib, unda quyidagilar ko‘rsatiladi: biznes-rejani amalga oshirish uchun mablag‘lar miqdori; mablag‘larni olish muddati va manbalari; kreditlarni qaytarish va investorlarga %larni to‘lash muddati; korxona tasarrufida qoluvchi mablag‘lar miqdori; olingan daromaddan ishlab chiqarishni kengaytirish uchun foydalanish imkoniyatlari. Bunda mablag‘larni qaytarish muddati qo‘yilmalarning o‘zini qoplashini hisoblashga asoslanadi. 133 Xulosa qismida qisqacha xulosalar: nima va qaysi usulda ishlab chiqariladi, mahsulotlarning o‘xshash mahsulotlardan farqi, sotuv bozorida unga bo‘lgan talab keltiriladi. Qisqacha xulosalarni asosiy moliyaviy natijalar bashorati bilan yakunlash lozim. Qisqa xulosalar Biznes-reja bu belgilangan maqsadlarga erishishni ta’minlovchi, vaqt bo‘yicha bir-biriga bog‘liq va kelishilgan hamda amalga oshirish rejalangan tadbirkorlik harakatlari tizimidir. Biznes-rejani ishlab chiqish ko‘p jihatli va ko‘p maqsadli jarayon bo‘lib, iqtisodiyot, sosiologiya va siyosatshunoslikda chuqur bilimlarga ega bo‘lishni talab qiladi. Biznes-reja korxona faoliyatining joriy va istiqboldagi uchta asosiy bo‘limini: bozorning marketing tadqiqoti; ishlab chiqarish va tijorat faoliyatining maqsad va vazifalarini asoslab berish; yakuniy natijalarni iqtisodiy asoslagan holda rejaning asosiy bo‘limlarini ishlab chiqishni belgilab beradi. Marketing strategik konsepsiyasi mahsulot, sotuv joyi, mahsulotni bozorga olib kirish usuli, narx kabi marketing vositalarining bir nechta omillarini hisobga olgan holda shakllantiriladi. Biznes-rejaning ishlab chiqarish bo‘limi eng muhim bo‘limlardan bo‘lib, marketing rejasi asosida tuziladi. Tashkiliy reja ishlab chiqarishning moslashuvchanligini ta’minlash muammolarini tashkiliy usullar yordamida hal qilishni ko‘zda tutadi. Biznes-reja bu butun lizing muddatiga tuziluvchi korxonaning istiqbolli rivojlanish hujjatidir. Unda xarajatlar, ularni qoplash manbalari, to‘lov balansi aks ettirilib, korxonaning ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatining iqtisodiy samaradorligi baholanadi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling