S. S. Ismailova lizing asoslari


Fan bo‘yicha o‘quv adabiyotlarning qiyosiy tahlili


Download 0.56 Mb.
bet3/89
Sana02.04.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1320130
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89
Bog'liq
2 5192996437348065472-20230303-102212

Fan bo‘yicha o‘quv adabiyotlarning qiyosiy tahlili. Hozirgi davrda lizingdan foydalanish nazariyasi va amaliyoti sohasida mamlakatimizdagi va chet ellik olimlar tomonidan muhim tadqiqotlar amalga oshirilgan. Richard Breyli, V. Xoyer, K.I. Shpittler kabi chet ellik iqtisodchilarning asarlarida nazariy-metodologik muammolar tadqiq etilgan. Rossiyalik mutaxassislardan V.D. Gazman, V.A. Goremikin, E.V. Kabatova, M.I. Leshenko va boshqalar lizing nazariyasini rivojlantirishga katta hissa qo‘shdilar. Lizing va undan foydalanish amaliyotining ayrim masalalari respublikamiz iqtisodchi olimlari M.I. Yo‘ldashev, A. Ma’murov, O. Sobirov, D.G‘. G‘ozibekovlarning ilmiy ishlarida yoritilgan.

V.D. Gazman tomonidan 2006 - yilda tayyorlangan “Lizing” nomli darslikda lizingning paydo bo‘lish tarixi, lizing biznesning iqtisodiy va huquqiy asoslari, lizing jarayonini texnologiyasi va asosi, lizing faoliyatining asosiy hujjatlari tahlili kabi dolzarb muammolar batafsil bayon etilgan. Ushbu darslikda lizing munosabatlarini davlat tomonidan rivojlantirishi, lizing faoliyatini sug‘urtalash va lizing bo‘yicha imtiyozlar va preferensiyalar qo‘llanishi ko‘rsatilgan.


D.G‘. G‘ozibekov, O.SH. Sabirov, A.G. Mo‘minov, O.M. Kuljonov tomonidan 2004 - yilda tayyorlangan “Lizing munosabatlari nazariyasi va amaliyoti” nomli o‘quv qo‘llanmada lizing munosabatlari ilg‘or mamlakatlar tajribasi, lizing munosabatlarining nazariy asoslari, investitsion loyihalarini moliyalashtirishda lizing samarasini aniqlash, lizing shartnomalarni tuzish va lizing to‘lovlarini hisoblash, lizingning buxgalteriya hisobi kabi masalalar ko‘rsatilgan. O‘quv qo‘llanmada O‘zbekistonda lizing munosabatlari rivojlantirish va kengaytirish masalalari, kichik biznes va tadbirkorlar faoliyatini moliyalashtirishda lizingi qo‘llash imkoniyatlari ham yoritib berilgan.


V.A. Goremikin tomonidan 2003 - yilda tayyorlangan “Lizing” nomli darslikda Rossiyani qonunlar va normativ hujjatlariga asoslangan holda muallif tomonidan tuzilgan algoritm-chizmalar bilan lizing biznesini iqtisodiy va huquqiy asoslari, lizing bitimlarini amaliy amalga oshirish iqtisodiy




2 Каримов И.А. Иқтисодиётни эркинлаштириш ва ислоҳотларни чуқурлаштириш – бизнинг асосий вазифамиз. - Т.: Ўзбекистон, 2000, 399-б.

5
texnologiyasi, lizing kompaniyalarni tuzish jarayoni, lizing loyihalarni tanlash va baholash mexanizmi kabi dolzarb muammolar batafsil bayon etilgan.


Mualliflar tomonidan tayyorlangan o‘quv qo‘llana namunaviy o‘quv dasturi asosida yozildi. O‘quv qo‘llanadagi nazariy xulosalar bevosita amaliyot bilan bog‘liq holda yoritishga harakat qilindi.

6
I bob. LIZINGNING NAZARIY ASOSLARI


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling