S. S. Ismailova lizing asoslari


Sug‘urta holati yuz berganda sug‘urtalanuvchi quyidagilarni bajarishi lozim


Download 0.56 Mb.
bet50/89
Sana02.04.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1320130
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   89
Bog'liq
2 5192996437348065472-20230303-102212

Sug‘urta holati yuz berganda sug‘urtalanuvchi quyidagilarni bajarishi lozim:
78

  1. 5 kun ichida sug‘urtalovchiga to‘lov amal oshirilmagan shartnomani ilova qilgan holda ariza berish yo‘li bilan uni xabardor qilish. Bunda sug‘urtalovchining lizing to‘lovlarini amalga oshirmaganlik to‘g‘risidagi arizasi sug‘urtalanuvchining kitobida qayd etiladi.




  1. Sug‘urtalanuvchining talabiga asosan sug‘urtalovchiga yetkazilgan zarar miqdori va sabablarini tahlil qilish uchun unga barcha ma’lumotlarni yozma ravishda yetkazib berish.




  1. Sug‘urtalanuvchining lizing oluvchiga regressiv talab huquqini amalga oshirishni, lizing oluvchi bankrotga uchraganda esa qarzdorning mulkidan o‘z ulushini olishni ta’minlash.




  1. Ariza berilgandan so‘ng 10 kun ichida sug‘urtalovchi, sug‘urtalanuvchi va lizing oluvchi lizing to‘lovlari amalga oshirilmaganligi haqida dalolatnoma tuzadilar. Bu dalolatnoma asosida sug‘urtalanuvchiga sug‘urta puli to‘langandan so‘ng sug‘urtalovchi sug‘urtalanuvchiga lizing oluvchiga to‘langan sug‘urta puli miqdorida yetkazilgan zararni qoplashni talab qilish huquqini beradi. Sg‘urta puli to‘langan birinchi kundan boshlab sug‘urtalanuvchi lizing oluvchidan to‘lov kechikkan har bir kun uchun to‘langan sug‘urta pulining bir %i miqdorida jarima oladi. Sug‘urta puli to‘langandan so‘ng sug‘urtalanuvchi o‘zi uchun abandon (lizing mulkiga egalik huquqining sug‘urtalanuvchiga o‘tish) huquqi belgilanishini talab qilishi mumkin. Bunda egalik qilish huquqi mulkni sotib olish uchun sug‘urtalovchiga to‘langan ulushiga teng bo‘ladi.

Respublikamizda amal qilayotgan qonunchilikda qayta sug‘urtalanish mexanizmi ko‘zda tutilgan, ya’ni sug‘urta kompaniyasi o‘z majburiyatlarini yirik sug‘urta kompaniyalarida qayta sug‘urtalash huquqiga ega bo‘ladi. Bunda sug‘urta kompaniyalari o‘rtasidagi sug‘urta shartnomalari bo‘yicha barcha o‘zaro munosabatlarni qayta sug‘urtalanishga qaror qilgan kompaniya o‘z zimmasiga oladi.




Qisqa xulosalar

Banklar va lizing beruvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar turli xil bo‘lishi mumkin. Banklar kafolatlangan va kafolatlanmagan kreditlarni beradi. Banklarning lizing biznesida ishtirok etishida ikkita asosiy usul qo‘llanadi: bevosita usul, bunda bank o‘z tuzilmasida maxsus bo‘lim yoki mutaxassislar guruhi tuzish yo‘li bilan lizing beruvchi sifatida ishtirok etadi; bilvosita usul, bunda bank mustaqil lizing kompaniyasini ta’sis etadi yoki lizing beruvchining kreditori vazifasini bajaradi.


79
Bozor subyektlarining o‘zaro erkin munosabat tamoyillarini yuritish, sog‘lom bozor raqobatchiligini ta’minlash, yangi texnologiya va usullarni joriy qilish, loyihalar hajmi va muddatining o‘sishi, tashqi muhitning yuqori dinamikasi va boshqa omillar lizing kompaniyalari faoliyatidagi noaniqlik va tavakkalchiliklarni oshiradi. Tavakkalchilik deganda odatda kompaniya o‘z resurslarining bir qismini yo‘qotishi, daromadlarni to‘liq olmasligi yoki xo‘jalik faoliyati davomida qo‘shimcha xarajatlarning paydo bo‘lishi nazarda tutiladi.

Bank kafolati, garov, lizingga beriluvchi mulkning qiymati va boshqalar kafolatni ta’minlashning asosiy turlari hisoblanadi. Har bir investor investitsiyalashda kiritilgan mablag‘larni qaytarib olishni kafolatlash, mijozning to‘lov layoqatini yo‘qotishi natijasida yuzaga keladigan zararlardan sug‘urtalanishdan manfaatdor bo‘ladi.


Qayta sug‘urtalash mexanizmidan xorijdan asbob-uskunalarni keltirishda foydalaniladi, bunda asbob-uskunalar qiymati bir necha million dollarni tashkil etishi sababli xorijiy hamkor bitimda yirik xorijiy sug‘urta kompaniyasining ishtirok etishini talab qilishi mumkin.





Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling