S. S. Sayyidqosimov marksheyderiyada geoaxborot tizimlar


So‘rovnomaga ko‘ra ob’yektlarni tanlash


Download 2.22 Mb.
bet39/94
Sana22.09.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1684227
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   94
Bog'liq
Raqamli texnologiyalar

So‘rovnomaga ko‘ra ob’yektlarni tanlash: monitor ekranida kursor bilan ko‘rsatilgan ob‘yekt xarakteristikalarini topish va teskari operatsiya, berilgan atributlarga ko‘ra ob‘yektlarni ajratish masalalari eng oddiy so‘rovnoma bo‘lib hisoblanadi.
So‘rovnomalarning murakkab turiga misol tariqasida ob‘yektlarni bir necha belgilarga ko‘ra tanlash, masalan, ob‘yektlarning bir-biridan uzoqliligiga ko‘ra tanlash, turli qatlamlarda joylashgan, lekin ustma-ust keltirilgan ob‘yektlar va h.k.
Aniq shartlar asosida ma’lumotlar tanlash uchun SQL - so‘rovnomalardan foydalaniladi. Murakkablik darajasi turlicha bo‘lgan so‘rovnomalar bajarish uchun matematik va statistik funksiyalardan, ob‘yektlarni fazoda o‘zaro joylashuviga nisbatan tanlash imkonini beruvchi geografik operatorlardan foydalaniladi.
Ma’lumotlarni umumlashtirishi - ma’lum atribut qiymatlarining tengligi asosida, masalan, hududlarni zonalashtirishda qo‘llaniladi.
Guruhlashtirishga yana bir misol sifatida bu tematik qatlam ob‘yektlarni birlashtirishdir.
Geometrik funksiyalar. Ularga ob‘yektlarning xarakteritikalarini yoki ob‘yektlarning fazoda bir-biriga nisbatan joylashuvini fazo va tekislikdagi analitik geometriya formulalari asosida hisoblash kiradi. Masalan, tekislikdagi ob‘yektlar uchun uzunliklari, hamda ob‘yektlar orasidagi masofalar hisoblanadi.
Overley funksiyalari - (qatlamlarning ustma-ust keltirilishi) eng keng tarqalgan va samarali vositalaridandir. Ikki tematik qatlamning ustma-ust keltirilishi natijasida bu qatlamning grafik kompozitsiyasi bo‘lgan qo‘shimcha qatlam hosil bo‘ladi. Tahlil qilinayotgan ob‘yektlar turli tiplarga (nuqta, chiziq, poligon) tegishliligini e‘tiborga olsak turli tahlil formalari mavjudligi kelib chiqadi; nuqta nuqtacha, nuqta poligoncha va h.k.
Bufer zonalar qurish. Ob‘yektlar yaqinliligini tahlil qilishning vositalaridan biri bufer zonalar qurishdir. Bufer zonalar deganda berilgan ob‘yekt chegaralaridan chegaralari ma’lum masofada yotuvchi rayonlar (poligonlar) tushuniladi. Bunday zonalar chegaralari mos bo‘lgan tavsiflar tahlili asosida hisoblanadi. Bufer zona kengligi o‘zgarmas yoki o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin. Masalan, elektromagnit nurlanish manbai atrofidagi bufer zona doira shaklida zavod trubalaridan chiqadigan tutundan ifloslanish zonasi shamol yo‘nalishiga mos ravishda ellipsga yaqin formaga ega bo‘ladi. Quyida qanday qilib buffer zonalarni hosil qilishni ko‘rib chiqamiz. Buning uchun dastlab Ma’lumotlar freymi tablitsasidan buffer zona qilish ob‘yektlari tanlanadi (25a-rasm).


Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling