S. S. Sayyidqosimov marksheyderiyada geoaxborot tizimlar


MapInfo, ArcInfo, AutoCAD, Map


Download 2.22 Mb.
bet58/94
Sana22.09.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1684227
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   94
Bog'liq
Raqamli texnologiyalar

MapInfo, ArcInfo, AutoCAD, Map. Bu dasturlar ham xorijiy kompaniyalar yoki ularning distribiyutirlari tomonidan taqdim etiladi. Bunday 178
dasturlar ham o‘zlashtirish va joriy etish uchun murakkab, chunki ibtidoda ular boshqa masalalrni yechishga mo‘ljallangan bo‘lgan. Funksional ifodalash bilan konchilik ishlab chiqarish masalasi yechilib qolmaydi. Ular ham shuningdek konchilik korxonasining xususiyatlarini hisobga olmagan. Dastur sotib olingandan keyin kompaniya bilan aloqa uzilib qolishi uni joriy etishga to‘siq bo‘ladi. Umuman olganda dasturlarni ishlab chiqish sezilarli darajada moliyaviy va intelektual resurslarni talab qiladi, shuning uchun ham bu ishlar tajribali jamoa tomonidan ishlab chiqarilishi maqsadga muvofiq.
GATga o‘xshash yuqoritexnologik dasturiy mahsulotlarni yaratishda tadqiqotlarni moliyalashtirish muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekiston mineral xomashyo bazasini rivojlantirish, strategic ahamiyatga molik (rangli metallar, radioktiv va nodir hamda noyob metallar) konlarni o‘zlashtirishda to‘liq xorijiy dasturiy mahsulotlarga ishonib qolish ma’lum bir sabablarga ko‘ra to‘g‘ri bo‘lmaydi.
Mavjud qonunchilik doirasida fazoviy ma’lumotlar infrastrukturasi ochiq tizim hisoblanadi. Shuning uchun ham koordinatalar tizimi, kartografik ob‘yektlarning tasvirlanish aniqligi, distansion zondlash ma’lumotlardan foydalanish mumkin bo‘ladi.
Deshifrovkalash natijalariga tayangan har qanday kartografik mahsulot inson kashf etgan asar. U suratga va ortofoplanga biror bir chiziqni chizishi bilan o‘ziga ma’suliyatni olgan bo‘ladi. Shunday qilib operator yoki u ishlaydigan tashkilot to‘liq ma’suliyatni har bir mahsulot sifati uchun o‘z bo‘yunlariga olishlari shart.
Ma’lumotning maxfiyligi, dolzarbligi va to‘g‘riligi yuzasidan aytilgan barcha fikrlarni inobatga olgan holda kadastr maqsadlari uchun har xil masshtabdagi ortofoto tasvirlar negizida raqamli asos yaratish to‘g‘risida yechim qabul qilingan. (1:2000 masshtabli urbanizatsiyalangan va 1:10000 urbanizatsiyalanmagan xududlar uchun).
Shu tariqa asos bo‘lgam ortofotoplanlarga kerakli masshtab va koordinatalar tizimida ligetin vektorli qatlar qoshiladi. Ishlab chiqarish tashkilotlarining o‘zlari 179
kartografik asosni yaratishning boshlang‘ich bosqichida shug‘ullanishlari mumkin, keyin bu ma’lumotlar kadastr tashkilotlariga uzatilishi kerak va u navbatdagi yangilanishgacha ishlatiladi.
Ortofoto tasvir asosida barchaga manzur bo‘ladigan ma’lumotlar almashadigan rivojlangan infratuzilma zarur. Har hil formatli va darajali saqlanadigan ma’lumotlarni, shu jumladan internetdagi, almashtirish muammolari mavjud bo‘lib, ular hukumatlar darajasida hal qilinmoqda.
GATni ishlab chiqaruvchi va foydalanuvchilari bilan muvofaqqiyatli hamkorlikning muhim unsurlaridan biri bu fazoviy ma’lumotlarni saqlash va ularni qayta ishlash, shu jumladan internet tarmog‘ida standartni yaratishdir. standartlar va fazoviy ma’lumotlar formatlarini ishlab chiqish bo‘yicha milliy qumitalardan tashqari ushbu muammolarning yechimi bilan shug‘ullanadigan xalqaro tashkilotlar mavjud.
Geografik ma’lumotlarni belgilash tili Yevropa standarti, Geography Markur Language (GML) Estafette 2003 yil 20 fevralda tayyorlangan edi.
GMLni yaratishdan maqsad open GIS Consortium (OGC) standarti yordamida internet tarmog‘i orqali fazoviy ma’lumotlar bilan oson va ochiq almashuv mumkinligini ko‘rsatish edi.
Geography Markur Language fazoviy va atributiv ma’lumotlarni XML- kodlashga asoslangan. Bu format istemolchilarga WEBda geoma’lumotlarni chop etish va almashtirish uchun shaffof va standart muhitni tashkil etish imkonini yaratadi.
Geomedia, Inter-graph GIG mahsulotlari yordamida oltita tashkilot GML 2 spesifikatsiyasidan foydalanib, navbat bilan tafovutsiz va xatosiz bir -birlariga muayyan ma’lumotlar-1:10000 masshtabli Niderlandiyaning butun xududini qoplagan vektorli raqamli xaritani uzatishga muyassar bo‘ldilar.
Masalan Rossiya federatsiyasida electron va raqamli xaritalar bilan almashuv uchun —Fazoviy ma’lumotlar, electron va raqamli xaritalar” standarti ishlab chiqilgan va texnik izoh keltirilgan. Standartda shartli belgilar tizimiga, almashuv formatiga, raqamli yozuvlarga, kodlash va tasniflash tizimi talablariga nisbatan belgilash va qisqartmalar, qoidalar, normativ ilovalar, qo‘llanish sohalari bayon qilingan.
Standartning mazmuni quyidagi asosiy mavzularni o‘z ichiga oladi:

  1. Ma’lumotlarni taqdim etish usuli asosiga qo‘yilgan electron va raqamli xaritalarning konseptual va mantiqiy modeli;

  2. Koordinatalar tizimi va razgrafka, proyeksiyalar, masshtablar qatoridagi raqamli va elektron xaritalarning turlari, foydalaniladigan atamalarning izohi;

  3. Kartografik ma’lumotlarni kodlash va raqamli taqdim etish, tasniflash qoidalari;

  4. Ma’lumotlar sifati to‘g‘risidagi informatsiyani taqdim etish va kodlash usullari (aniqligi, to‘liqligi, ziddiyatsizligi) va raqamli ma’lumotlarni o‘zini ta’riflab beruvchi informatsiya (metama’lumotlar);

  5. Fazoviy va nofazoviy primitivlar turlarining ta’rifi, shuningdek ularni kodlash usullari;

  6. Almashuv fayllari va ma’lumotlar tuzilmasining ta’rifi;

  7. Foydalaniladigan informatsiya tashuvchilari ro‘yxati va istemolchilar orasidagi almashuv bayonnomasi mexanizimining ta’rifi.

Fazoviy ma’lumotlarni tartibga soluvchi yana bir hujjat bu —Geografik ma’lumotlar, metama’lumotlar” davlat standarti.
9.3. Konchilikdagi geoaxborot tizimlar.
Konchilik ishlab chiqarishning ilmiy va amaliy masalalarini yechishga mo‘ljallangan GAT texnologiyalari asosida yaratilgan avtomatlashtirilgan kartografik axborot tizimlar keng qo‘llanilmoqda. Masalan:

  1. Konchilik sanoati xududlarini ekologik ekspertiza qilish tizimi;

  2. Ko‘mir va slanets konlari bo‘yicha informatsion tizim;

  3. Konchilik kompaniyalari korxonalaridagi konchilik ishlarini rivojlantirish rejalarini monitoring qilish informatsion tizimi;

  4. Komir konlarini yer osti usulida qazib olishda yer sirtidagi deformatsiyalarni prognozlash GATi;

  5. Konchilik ishlarini rejalashtirish va geologo-marksheyderlik hujjatarini yuritishning GATi.

Bu tizimda fazoviy tarqalgan ma’lumotlar asosan uch ko‘rinishda taqdim etilgan:

  • nuqtalar;

  • ko‘pchiziqlar;

  • poligonlar.

Ular axborot qatlamlari to‘plamlari sifatida tashkil etilgan bo‘lib, 10 ta asosiy va
18 ta turdagi shaxta maydonining ob‘yektlarini modellashtirgan. Jumladan:

  1. Yer ajratmasi (poligonal topologiya);

  2. Suv inshootlari (poligonal topologiya);

  3. Shaxta maydoning texnik chegarasi (poligonal topologiya);

  4. Ko‘mir qatlami izogipsasi (chiziqli topologiya);

  5. Geologik uzulish chiziqlari (chiziqli topologiya);

  6. Yer ostidagi cho‘ziq kon lahimlari (chiziqli topologiya);

  7. Ko‘mir qazib olingan maydonlar (poligonal topologiya);

  8. Ko‘mir qazib olinadigan kavjoy o‘rni (chiziqli topologiya);

  9. Seliklar (polygonal topologiya).

Maskur tizim quyidagi masalalarning yechimini ta’minlab beradi.

  • konchilik ishlari plani va boshqa grafikaviy hujjatlarni avtomatlashtirgan tarzda tayyorlash;

  • konchilik ishlari planlarini to‘ldirib berish va teodalit tarmoqlarini hisoblash;

  • geologik ma’lumotlar bazasini olib borish;

  • gipsometrik planlarni, ko‘mirning sifati ko‘rsatkichi xaritasini, ko‘mir qatlami fazoviy tarqalish planini;

  • konchilik ishlarini rejalashtirish va shaxta maydonini uchastkalarga bo‘lishni.

Yuqorida keltirilgan axborot tizimlarini joriy etish uchun o‘zimizda va xorijda brend darajasida tanilgan GATlar Arc/Info va Arc View dan foydalanilgan.
GAT texnologiyalarini qo‘llab ishlab chiqarilgan barcha tizimlar yagona ma’lumotlar relyatsion baziga tuzilgan tizimlarni muayyan integralashgan ob‘yektlarda oprobatsiya etish ekspertlariga quyidagi xulosalar qilishga imkon berdi:

  • tizimlarning korxonalarda qo‘llanilishi keltirilgan masalalar ko‘lamini yechishda katta samarali ekanligi;

  • konchilik ishlarini rejalashtirish, konlarni qazib olish sharoiti va ularning ekologik oqibatlarini prognoz qilishda marksheyderlik, texnologik, kon- geologik, ma’lumotlardan foydalanish va ularni yig‘ish, saqlash va qayta ishlashning yagona kompyuter texnologiyalarini GAT negizida yaratish imkoniyati loyihalash natijalarining ijobiyligidan dalolat beradi;

  • GAT, shuningdek konchilik korxonalari (shaxta, rudnik, karyer) darajasida ishlab chiqarishni boshqarishda samarali qo‘llanilishi mumkin.

Rudniklarda qo‘llaniladigan dasturlar paketi korxonaning o‘zida yaratilishi mumkin yoki ixtisoslashgan kompaniyalardan sotib olinadi. Qanday bo‘lmasin ushbu dasturlar ba’zi bir masalalarning yechimini avtomatlashtiradi va ularning korxona ehtiyojiga qanchalik mosligini baholaydi. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, ushbu dasturiy mahsulotlar quyidagicha tasniflanishi mumkin:


  1. Download 2.22 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling