S. S. Sayyidqosimov marksheyderiyada geoaxborot tizimlar
IV. BOB. GEOAXBOROT TIZIMLARNING MA’LUMOTLAR BAZASIDA INFORMATSIYANI TO‘PLASH, TANLASH VA BOSHQARISH
Download 2.22 Mb.
|
Raqamli texnologiyalar
IV. BOB. GEOAXBOROT TIZIMLARNING MA’LUMOTLAR BAZASIDA
INFORMATSIYANI TO‘PLASH, TANLASH VA BOSHQARISH. Fazoviy ma’lumotlarning turlari va manbalari. GATni informatsion ta’minlash uchun zarur bo‘lgan fazoviy ma’lumotlarni ikki guruhga bo‘lish mumkin: birlamchi va ikkilamchi ma’lumotlar. Birlamchi ma’lumotlar bu bevosita o‘lchangan ma’lumotlar. Masalan, joy sharoitida o‘lchamlar, tanlab o‘tkazilgan tekshirish, yoki distansion zondlash orqali olingan ma’lumotlar. Bunda o‘lchash intervalinig “zichligi” ma’lumotlarning siyraksizlanish darajasini belgilab beradi. Masalan, ma’lumotlarning fazoviy tanlanmasi har 1 km oraliqda amalga oshirilsa, ularning o‘lchami 1 km dan kichkina bo‘lganlari qayd etilmay qoladi. Lekin tanlanma o‘z navbatida u tomonidan taqdim etilayotgan hududdagi barcha nuqtalarga xos tasvirlarni o‘zida akslantirishi shart. Distansion zondlash orqali olingan ma’lumotlarning siyraksizlanish darajasi avtomatik ravishda aniqlanib, syomkaning texnik tavsivlariga bo‘g‘liq bo‘ladi. Tanlab tekshirishning standart usullariga tasodifiy, muntazam (muhim) va qatma- qatli (rayonlashtirilgan) tanlanmalar kiradi. Tasodifiy tanlanmada ixtiyoriy nuqtalar va vaqt mahallari teng ehtimol bilan tanlanmaga kiritilishi mumkin, muntazam tanlamada esa ma’lum qoidaga rioya qilgan holda, taxlil natijasiga salbiy ta’sir etmaydigan darajada tanlash amalga oshiriladi. Qatma-qatli tanlanmada barcha parametrlarni adekvat (aynan o‘xshash) akslanishini ta’minlash maqsadida ekspert mavjud ma’lumotlar majmui xilma-xil to‘plamlardan iborat ekanligini avvaldan bilgan holda, ularning har biri bo‘yicha tanlanma olishni bajaradi. Masalan, xududning biror qismida relyef ko‘proq parchalangan bo‘lsa, katta zichlikda tekshirishadi va bu relyef to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlar yig‘ish imkonini yaratadi. Ikkilamchi ma’lumotlar mavjud xarita, jadval yoki ma’lumotlar bazasi uchun asosan xududiy tayangan informatsiyani taqdim etadi. Xaritalar haqidagi ma’lumotlar ham ikkiga bo‘linadi: Tabiiy resurslar va atrof-muhit to‘g‘risida; Iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy. Tabiiy resurslar va atrof-muhit to‘g‘risidagi ma’lumotlarni topografik va tematik ma’lumotlarga ajratish maqsadga muvofiq. Topografik, obzorli-topografik va obzorga oid xaritalar topografik ma’lumotlar manbai hisoblanadi. Regional miqiyosdagi GAT ma’lumotlar bazasini yaratishda bu xaritalardan ma’lumotlar bazasining (MB) koordinatali asosini qurush va proeksiyani tanlash, tematik ma’lumotlarni fazoviy tayantirish, relyef, gidrografiya, aholi punktlari, yo‘llar, ob‘yektlarning ma’muriy va boshqa chegaralari to‘g‘risidagi ma’lumotlar manbai sifatida foydalaniladi. Bunday ma’lumotlar raqamlar shaklida ham mavjud. Masalan 1:1000 000 masshtabli dunyo asosi deb nom olgan topografik raqamli xarita DCW (Digital Chart of the World) ESRI korporatsiyasi tomonidan Arc Info GIS paket formatida yaratilgan va u CD-ROM da kartografik brauzer (kartografik vizuallashtirish dasturi) bilan birga tarqatilmoqda. Katta masshtabli topografik syomkalar shuningdek geografik tayantirish ma’lumotlari ham shu turdagi ma’lumotlar sirasiga kiradi. Bu xududiy birliklarning asosiy xarita va atlaslari sifatida taqdim etilgan geografik ma’lumotlar va chegaralar fayli, ko‘pmaqsadli kadastr ma’lumotlari pozitsion tizimlar orqali olingan koordinatalar jadvali kabi raqamlarda ifodalangan materiallardir. Tematik ma’lumotlarning asosiy qismi tematik xaritalardan olinadi. Ularning xilma-xilligini ifodalovchi tasniflar kartografiya darsliklarida keltirilgan [41,42]. Download 2.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling