S. S. Sayyidqosimov marksheyderiyada geoaxborot tizimlar
Download 2.22 Mb.
|
Raqamli texnologiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 26-rasm
- Fazoviy munosabatlar Geoaxborot tizimlarida barcha fazoviy munosabatlarni tahlili
a
b 25-rasm. a) Ma’lumotlar freymi jadvali; b) Buffer instrumentiga murojaat etish. Tanlangan ob‘yekt asosida ArcToolbox dan Proximity menyusini tanlab Buffer instrumentiga murojat etaladi (25b-rasm). Buffer zonalash oynasiga ko‘chalar qatlamini yuklasak va Bufer zonalarini hosil qilamiz(26-rasm) 26-rasm Bufer zonalarini. [36.-b.102]. Tarmoq tahlili - foydalanuvchiga chiziqli ob’yektlarning (yo‘llar, elektr uzatish liniyalar va h.k.) fazoviy tarmoqlarini tahlil qilish imkonini beradi. Odatda tarmoq tahlili eng yaqin va foydali yo‘lni topish, tarmoqqa bo‘lgan bosim darajasini aniqlash, ob‘yekt manzilini topish va shu kabi masalalarni yechishda ishlatiladi. Fazoviy munosabatlar Geoaxborot tizimlarida barcha fazoviy munosabatlarni tahlili bir necha toifalarga bo‘linadi: “Nuqta” va “maydon” tahlili yordamida birorta ob’yekt va atrofidagi joylashgan ob‘yektlar orasidagi munosabatni o‘rganish osondir; Chiziqlar bir-birini “kesib o‘tish” tahlili esa tarmoqdagi marshrutlarni o‘rganishga qo‘l keladi; Bir xil tipdagi “nuqta”larni joylashishining tahlili ularni zichligini, va orasidagi o‘rtacha masofani, eng yakin joylashgan nuqtani aniqlashda yordam beradi; Turli xil tipdagi “nuqta”larni solishitirish natijasida xududiy taqsimlanishni aniqlash imkoni paydo bo‘ladi. Umuman olganda 3 xil fazoviy munosabatlar mavjud: Oddiy elementlar (primitivlar) asosida murakkab ob’yektlarni barpo etishda qullaniladigan munosabatlar. Bularga misol, chiziq va uni tashkil etuvchi nuqtalar orasidagi munosabat. Boshqa misol, maydon va uni tashkil qiladigan tartibga keltiriilgan chiziqlar orasidagi munosabat; Ob’yektlarning koordinatalari asosida hisoblangan ular orasidagi munosabat. Bunga misol, chiziqlarni tutashganini hisoblash uchun ularning koordinatalari solishtiriladi. Boshqa misol, maydonli ob’yektlar o‘z ichiga olgan nuqtalarni joylashishini topish masalasi. Shunday maydonli ob’yektlarni bir-biriga ustma-ust keltirishni tekshirish vazifasi ham ushbu toifaga kiradi; Hisoblab bo‘lmaydigan munosabatlar.Ular ma’lumotlarni kompyuter xotirasiga kiritiladigan paytida saqlanadi. Misol: agar ikki chiziq tutashsa buni hisoblab chiqish mumkin, lekin ularni tutashgan joyida nuqta bo‘lmasa bu masalani yechish mushkul. Bu borada turli hil munosabatlarni ko‘rib chiqishga harakat qilamiz. Ularni bir necha guruhlarga ajratish mumkin; Nuqtalar orasidagi munosabat. Bunga mantiqiy echilishi “ichida” va —yaqin orada” deb hisoblanadi va tegishli algoritmlar qo‘llaniladi. Birorta tanlangan nuqtaga nisbatan boshqa nuqtalarni joylashishini o‘rganishda bunday vazifani echishga to‘g‘ri keladi. Misol uchun, aeroport (—nuqta” deb qabul qilingan) va 1 kilometr uzoqlikda atrofidagi turar joylarni (—nuqtalar” deb qabul qilingan) fazoviy munosabati shovqunni ta’sir qilish zonasini aniqlash uchun hisoblanadi. Yoki birorta chashmaga nisbatan ifloslantirish ehtimoli bo‘lgan joylarni o‘zoqligini aniqlash masalasi yechiladi. Download 2.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling