S. S. Sayyidqosimov marksheyderiyada geoaxborot tizimlar


VIII BOB. GEOAXBOROT TIZIMLARNING DASTURIY VOSITALARI


Download 2.22 Mb.
bet55/94
Sana22.09.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1684227
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   94
Bog'liq
Raqamli texnologiyalar

VIII BOB. GEOAXBOROT TIZIMLARNING DASTURIY VOSITALARI

    1. Dasturiy GAT - paketlarining vazifalari va imkoniyatlari

Geoaxborot tizimlarning tashkil etuvchilari bo‘lmish turli xil kichik tizimlari tagtizimlar faoliyati dasturiy funksiyalari to‘plamiga bevosita bog‘liq. Bunday to‘plamlar GAT ning dasturiy vositalarini tashkil etadi. Hozirgi kunda bu vositalar maxsus dasturiy majmui - GAT paketlar tarzida taqdim etilmoqda.
Dasturiy GAT - paketlarning vazifalari bevosita GATning vazifalaridan kelib chiqadi. GATlar muammolarga yo‘naltirilgan, predmet yoki ob‘yekt bo‘yicha ixtisoslashtirilgan va hududiy qamrovi bo‘yicha turlarga bo‘lingan hamda ularning har biriga alohida vazifalar belgilangan [24,-b.35].
Muammolarga yo‘naltirilgan GATlar monitoring, kadastr, baholash va prognozlash, boshqarish va rejalashtirish, inventarizasiya masalalarini echishga mo‘ljallangan.
Predmet yoki ob‘yekt bo‘yicha ixtisoslashtirilgan GATlar yer tuzish, tabiatni muhofazalash,tabiiy ofatlar bilan bog‘liq soha manfaatlariga xizmat qiladigan masalalarni echishda qo‘llaniladi.
GAT yordamida echiladigan masalalar ma’lum bir geografik joy, hudud bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun ularga mos ravishda masshtab va aniqlik ko‘rsatkichlari tanlanadi.
Muammolarga yo‘naltirilgan GATlar avvaldan aniqlab olingan texnik va dasturiy vositalarga (GAT paketlarga) tayangan holda qo‘llanilishi mumkin.
Demak, har qanday GATni tuzish va qo‘llash uning uchta tayanch tashkil etuvchilari aniqlanishi zarur ekan. Bular muammolarga mo‘ljallanganligi, fazoviy ma’lumotlarning tuzilishi va turi hamda GAT texnologiyalarni qo‘llanilishi texnik va dasturiy vositalar GAT-paketlarda jamlangan va ma’lum bir vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan. GAT-paketlarning turlari ko‘pligidan ularning keraklisini
tanlab olish ham qandaydir muammoga aylanmoqda. Shuning uchun echiladigan masala samaradorligi ko‘rsatkichlariga bevosita moslab dasturiy ta’minot tanlash maqul.
GAT doirasida dasturiy paketlar qo‘llanish ko‘lamining muhimligi yoki foydalanuvchi uchun qulayligi kabi ko‘rsatkichlar bo‘yicha taqqoslanadi va baholanadi.
Asosiy ko‘rsatkichlarga quyidagilar kiradi:

  • ma’lumotlar moduli (rastrli, vektorli yoki integrallashgan);

  • foydalanuvchi uchun qulay interfeys;

  • funksional imkoniyatlar;

  • sotuvdagi narhi;

  • qo‘llash doirasining cheklanganligi yoki cheklanmaganligi.

Ma’lumotlar moduli bo‘yicha GATni tanlash echilishi kerak bo‘lgan masalaga bevosita bog‘liq. Agarda masalaga aerokosmik suratlarni deshifralash kiritilgan bo‘lsa integrallashgan GATdan foydalanish afzalroq bo‘ladi. Chunki unda tasvirlarni qayta ishlash tagtizimlari (ERDAS Imagine, ER Mapper) mavjud.
GATda ma’lumotlar bilan murakkab amallarni tez-tez bajarishga to‘g‘ri keladi. Har xil fazoviy turdagi ob‘yektlarni qidirish uchun moslashuvchan so‘rovlar tizimi zarur bo‘ladi. Buning uchun SQL - oddiy va mantiqiy tilni bilish kerak. Lekin, foydalanuvchiga umuman dasturlash tillarini o‘rganish yoqmaydi. Shu sabab murakkab so‘rovlarni dasturlashsiz tuzish imkonini beradigan GAT- paketlar yaxshiroq deb tan olingan. Masalan, firma ESRI bu g‘oyani murakkab fazoviy tahlillarni bajarish uchun Wizards vositasida kalkulyator so‘rovlari ko‘rinishida amalga oshirgan.
Muammolarga orientasiyalangan GAT ishlab chiqaruvchilar uchun GAT- paketlarni funksional imkoniyatlari bo‘yicha tasniflash juda muhim. Shunga asosan GAT paketlar quyidagilarga bo‘linadi:

  • hisoblash tizimlari va yuqori unumdorli kompyuterlarda katta hajmdagi informasiyani qayta ishlashga mo‘ljallangan professional GAT paketlar. Ular global tadqiqotlar, hududlar va sohalarni boshqarishga mo‘ljallangan.

  • ilmiy yoki ishlab chiqarish tashkiloti doirasida tezkor boshqarish va regionallashtirish hamda amaliy-ilmiy masalalarni echishga mo‘ljallangan desktop deb nomlangan GAT - paketlar.

  • ta’kidlangan ikki turdagi GAT paketlar yordamida tayyorlangan informasiyalarni vizuallash va qidirish hamda informatsion- ma’lumotnoma sifatida qo‘llaniladigan elektron atlas (GAT Data Viewers) tarzidagi GAT - viyuerlar.

Kompyuterlar va GAT tarmoqlarini rivojlanayotganligi sababli paketlar tez eskirib qolmoqda. Yangi versiyalar paydo bo‘lmoqda. Shu sabab darslikda ular to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar keltirish o‘zini unchalik oqlamaydi. Lekin, GATning texnik va dasturiy ta’minotini to‘laroq tasavvur qilish uchun ko‘p qo‘llanilayotgan ba’zi bir GAT-paketlarning funksional imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar keltiramiz.
Professional GAT-paketlar ichida ArcGAT (ESRI Inc., AQSH) va GeoMedia Professional (Intergraph Corp., AQSH) keng tarqalgan. Bu paketlar katta ma’lumotlar paketi bilan ishlay oladi, GAT-bazasidagi fazoviy va atributiv informatsiyaga ko‘ra oladi va ularni saqlaydi. MS Windows vositalari va standart realyatsion ma’lumotlar bazasi tizimidan foydalaniladi. Ikkala paket ham modulli tuzilishga ega bo‘lib, ma’lumotlarning vektorli - topologik modulini “klient- server” arxitekturasini o‘zida mujassam etgan. Ushbu paketlarning arxitekturasi ochiq GAT tamoyiliga mos keladi. [24,-b.18]
Desktop GAT-paketlari ichida eng mashhurlari ArcView 3.3 va MapInfo Professional ArcView foydalanuvchiga xilma-xil geoma’lumotlar to‘plashini tanlash, ko‘rib chiqish va tahrirdan chiqarish vositalirini taqdim etadi, digitayzer yordamida xaritalarni raqamli shaklga keltiradi, Hot links rejimida xarita
ob‘yektlarini uning atributiv ma’lumotlari bilan moslaydi. Geokodlash va fazoviy tahlil ishlarini bajaradi. Xaritalarni bosmaga chiqarish uchun tayyorlaydi (34- rasm).
Stol ustida joylashadigan GAT mahsulotlari





















Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling