62-rasm. Ob’yektlarni bir-biriga qo’shish
Masalan, kichik alohida maydonli va chiziqli fazoviy ob‘yektlarni umumlashtirib birlashtirish mumkin, unda qo‘shma ob‘yektlar hosil bo‘ladi.
Izoh: qo‘shma ob‘yektlar - (multipart feature) ArcGIS da xususiyatlari bir nechta qismlardan iborat bo‘lgan, ammo ma'lumotlar bazasida atributlar jadvaliga faqat bitta izoh bilan belgilangan geografik ob‘yektdir.
Shu bilan bir qatorda, ob‘yektlarni bir-biridan ajratishda Раздробить
составной объект (Explode) vositasidan foydalaniladi. Bunda tanlangan tarkibiy qismlarini alohida xususiyatlariga bo‘lish uchun Расширенное редактирование asboblar panelidan foydalaniladi.
Ob‘yektlarni birlashtirish va ajratish uchun qayta ishlash vositalari mavjud bunda Слияние (Merge) va Составной в простые (Multipart to Singlepart) individual xususiyatlarga bo‘lmagan, balki butun fazoviy ob‘yektlarga qo‘llaniladi.
Bir qatlamdagi fazoviy ob’yektlarni birlashtirish
Editor (Edit) tugmasi bosiladi । ' I;
Shiftni bosib ushlab birlashtirmoqchi bo‘lgan ob‘yektlar belgilanadi;
Qatlamlar qatoridan (Target layer) kerakli bo‘lgan qatlam tanlanadi.
Editor bosiladi va Слияние tanlanadi (Merge) (63-rasm).
Shu tariqa tanlangan ob‘yektlar bitta ob‘yektlarga birlashtiriladi.
63-rasm. Ob’yektlarni birlashtirish.
Qo‘shni fazoviy ob’yektni ajratish
Editor (Edit) bosiladi ;
Qismlarga bo‘linadigan ob’yekt tanlab olinadi;
Kengaytirilgan tahrirlash asboblar panelidagi раЬродробисос составной ъект (Explode) bosiladi.
Shundan so‘ng birlashtirilgan ob‘yektlarning qismlari mustaqil ob‘yektga ajratiladi.
Ob’yektning shaklini o‘zgartirishda uzellardan foydalaniladi, buning uchun
(masalan, yo‘l chetini siljitishi) L_d tanlab, tahrirlash (редактирована) rejimidan
foydalanish lozim (Редактор — начать редактирование). O‘zgartirilishi kerak
bo‘lgan ob‘yektga sichqonchaning chap tugmasi bilan ikki marta bosiladi va uzellar
paydo bo‘ladi (64-rasm), shu uzellar yordamida shakllarni o‘zgartirish amalga
oshiriladi (qatlam tanlashda ehtiyot bo‘ling).
Do'stlaringiz bilan baham: |