S. S. Sayyidqosimov marksheyderiyada geoaxborot tizimlar
Download 2.22 Mb.
|
Raqamli texnologiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- GRASS (Geographic Resources Analysis Support System)
- GRASS Version 4.1 dasturi
- (Desktop GAT)
- Fazoviy Ma’lumotlar Federal Qo‘mitasi
- Konchilik va marksheyderlik ishi masalalarini yechishda geoaxborot tizimlarining o‘rni.
- "Ilm-marifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish"
Keng foydalanish davri geoaxborot texnologiyalari xizmatlarini ko‘rsatuvchilar orasidagi raqobatning kuchayishi, dasturiy vositalarning ochiqligi va hammabopligi, foydalanuvchilar klublari, telekonferensiyalari, hududiy tarqoq, bo‘lsada yagona maqsad sari intilgan foydalanuvchilarning paydo bo‘lishi,umumjahon geoaxborot infratuzilmasi shakllanishining boshlanishi davrini qamrab oladi
Bu davrda foydalanuvchilar bilan ish olib borishning yangi munosabatlarini amerikalik geoaxborot dasturiy mahsuloti GRASS_(Geographic_Resources_Analysis_Support_System)'>GRASS (Geographic Resources Analysis Support System) namoyish qildi. Shuning bilan bizga foydalanuvchilar va dasturchilarda GRASS tizimining boshqa dasturiy vositalar bilan integrallashuviga asoslangan ilovalar yaratish imkoniyatlari paydo bo‘ldi. Hozirda, 1993 - yilda ishlab chiqilgan GRASS Version 4.1 dasturi, dasturlar matnlari, tizimga doir ma’lumotlar, ko‘rgazmali misollar va boshqa ma’lumotlar Internet tarmog‘ida ochiq tarqatilgan. 1994 - yil tashkil qilingan ESRI, Inc. kompaniyasi ham ArcView 1 for Windows dasturiy mahsulotini Internet tarmog‘iga joylashtirdi va bu dasturdan ham hech qanday cheklovlarsiz foydalanish mumkin. GATda shuningdek shaxsiy kompyuterlar uchun (Desktop GAT) dasturiy vositalar bozorining to‘ldirilishi GAT texnologiyalarini qo‘llanishining yanada kengayishiga olib keldi va geoma’lumotlarni raqamlashtirilish masalalari yuzaga chiqdi. Geoaxborot texnologiyalari nisbatan rivojlangan davlatlarda bu muammolar hozirda Geofazoviy Ma’lumotlar Infrastrukturasini tashkil etish asosida hal qilinmoqda. Jumladan, 1990 - yil 19 - oktabrda AQShda Federal, regional, va mahalliy boshqaruv organlari va xususiy sektorni jalb qilgan holda, fazoviy ma’lumotlar milliy raqamli resurslarini maksimal rivojlantirish borasida ishlab chiqaruvchilar va foydalanuvchilar orasida fazoviy ma’lumotlarni tarqatish va samarali foydalanish ta’minlandi. Ana shu maqsadlar uchun Fazoviy Ma’lumotlar Federal Qo‘mitasi tashkil etilgan edi. Hozirgi MDX davlatlari 1980-yillarning o‘rtalariga qadar geoaxborot texnologiyalarining jahondagi rivojlanishi jarayonlarida faol ishtirok etmagan bo‘lsalarda, bugungi kunda O‘zbekiston geoaxborot tizimlari va texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha yetarli tajriba ortirishga muyassar bo‘ldi. [PA.1-4]. Konchilik va marksheyderlik ishi masalalarini yechishda geoaxborot tizimlarining o‘rni. Hozirgi vaqtda GAT fazoviy tarqalgan ma’lumotlar bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina amaliy masalalrni yechishda samarali vosita bo‘lmoqda. Ushbu ma’lumotlar umuman olganda xududlarning ustuvor rivojlanishini ta’minlashda qo‘llanilmoqda, shu jumladan; shahar va qishloq qurulishini oqilona rivojlantirishda; xududlar ekologik xavfsizligini ta’minlashda; favqulotda holatlar paydo bo‘lishi va rivojlanishini prognozlashda; navigatsiya tizimini ishlatishda va boshqalar. Agarda mavjud ma’lumotlar bazasining 85 foizgachasi u yoki bu geografik informatsiyani o‘z ichiga olganligini inobatga olsak, GAT vositalari yordamida yechiladigan masalalar ko‘lami qanchalik kengligini aniqlash qiyin emas. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda, shu jumladan Rossiya Federatsiyasida ham GAT juda keng qo‘llaniladi [3.b20]. O‘zbekistonda oxirgi yillarda ushbu tizimning potensialidan foydaianlish o‘sayotganligini sezish mumkin. Bunga misol 2020 yilni "Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish" yili deb e‘lon qilinishi. [48] GAT texnologiyalar neft va gaz, geologiya-qidiriv, geodeziya va kadastr sohalarida muvafaqqiyatli qo‘llanilmoqda. Shuningdek, GAT yer osti boyliklarini egallashdagi muammolar konchilikning kon texnik, ekologik va iqtisodiy-ijtimoiy masalalarini tezkor yechishda o‘z o‘rnini topmoqda. GAT imkoniyatlari maskur masalalarni yechish bilan chegaralanmaydi. Har qanday soha ishlab chiqarish tarmoqlari xududiy tarqalgan bo‘lsa o‘z faoliyatining samaradorligini oshirish uchun GAT imkoniyatlaridan samarali foydalanishga harakat qiladi. Geografik axborot tizimlari qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan sohalarning to‘liq bo‘lmagan ro‘yxati quyidagilardan iborat: Respublika va maxalliy boshqaruv tizimi; Favqulotda holatlar, fuqaro xavfsizligi, ekologiya va tabiatni muhofazalash; Atrof muhitni boshqarish; Qishloq xo‘jaligi; Konchilik sanoati va yer to‘g‘ridagi fanlar; Distansion zondlash va kosmotasvirlarni qayta ishlash; Suv ta’minoti va suv resursrlari; Energetika tarmoqlari va telekommunikatsiya; Transport va logistika Ko‘ chmas mulk va kadastr ishlari; Sog‘liqni saqlash va ta’lim. Hozirgi vaqtda konchilik ishlari va geologiya amaliyotiga ixtisoslashgan geaxborot tizimlaridan foydalanish borasida jiddiy tadqiqotlar natijalari obro‘yli nashrlarda e‘lon qilinmoqda. Ularga binoan konchi muxandislar, geologlar va marksheyderlar tomonidan foydalaniladigan dasturiy ta’minot quyidagi yo‘nalishga mo‘ljallangan: yer osti foydali qazilmalari atributlari va geoko‘rsatkichlarining joylashuvi tabiatan uch o‘lchamli bo‘lgan fazoviy masalalarni yechish; kon uyumlarining tuzilishi va ularda sodir bo‘ladigan jarayonlarni ifodalsh uchun matematik modellashtirishni qo‘llash. Shuning uchun, o‘rinli bo‘ladi agarda GATni loyihalash jarayonida 3D ob‘yektlarini yaratish texnologiyalarini ifodalashga e‘tibor qaratilsa. (2-rasm) GATning boshqa axborot tizimlaridan afzalligi u kelib chiqishi har xil bo‘lgan ma’lumotlarni birgalikda ishlab chiqish imkoniyatiga ega, chunki ularda ob‘yektlar va jarayonlarni lokalizatsiyalash uchun ma’lumotlar umumiy asnoda toplanadi. Konchilik ishlarida yechim qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘llaniladigan masalalarning to‘liq bo‘lmagan ro‘yxati quyidagi ko‘rinishga ega: konchilik sanoati rivojlangan xududlarni ekologik monitoringi; foydali qazilma konlarini o‘zlashtirishni tahlil va prognoz qilish; konchilik kompaniyasini boshqarish; gazodinamik voqealarni prognoz qilish; foydali qazilma konlarini qazib olishning geomexanik sharoitini baholash; kon-geometrik modellashtirish va konchilik ishlarini rejalashtirish; sputnikli navigatsion tizimlardan foydalanib ochiq konchilik ishlarini tezkor boshqarish. Shuningdek, foydali qazilma konlarini o‘zlashtirishdagi boshqa ko‘pfaktorli muammolarni yechish. Konchilik ishlab chiqarishini boshqarish va rivojlanishi bilan bog‘liq masalalarni yechish uchun parametrlarning ba’zi bir majmui bo‘yicha qabul qilingan yechimlarning optimalligini aniqlash va qo‘llanilgan harakatning natijasi hamda oqibatini baholash zarur bo‘ladi. Agarda zamonaviy konchilik korxonalari murakkab tabiiy-texnogen tizim bo‘lib, ko‘pkomponentalar hamda konchilik korxonalari xududiy taqsimlangan komplekslar bo‘lganligi tufayli qayd etilgan baholashni amalga oshirish qiyin yechiladigan masalaga o‘xshaydi. Har qanday axborot tizimini loyixalashdan avval mazkur tizimga qaysi ob‘yektlar to‘g‘risida ma’lumotlarni saqlash zarurligini aniqlash lozim. Masalan, konchilik korxonasini atrof muhitga ta’sirini aniqlaydigan tizim uchun ma’lumotlar bazasiga barcha ifloslanlantiruvchi manbalar va ta’sir doirasidagi atrof muhit ob‘yektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak bo‘ladi. GATning asosiy analitik va modellashtirish operatsiyalari bo‘lmish overley, buferlashtirish, grafoanalitik usullarni qo‘llashga qaratilgan misolni ko‘rib chiqamiz. Aytaylik, karyerni loyihalash bosqichida uning atrof muhitga yetkaziladigan zararini aniqalash zarur bo‘lsin. Ushbu baholash quyidagi parametrlar bo‘yicha amalga oshirilsin: yerning buziladigan hosildoq qatlamini son va sifat jahatdan baholash; shu joydagi kesiladigan daraxtzor maydonini baholash, har bir daraxt turi bo‘yicha. Boshlang‘ich berilgan ma’lumotlar sifatida uch qatlamli informatsiyaga ega bo‘lgan xarita bo‘lishi kerak: Tuproqdagi gumusning miqdori va tuproqning qalinligi tasvirlangan xarita. Daraxtzorning xaritasi (daraxt turlari va ularning sanoat va tabiiy bahosi boniteti ko‘rsatilgan). Loyihalanadigan karyer joylahgan xarita. Overleyni “and” operatsiyasidan foydalangan holda loyihalanadigan karyer xududidagi tegishli uchastkani tuproq va daraxtzor xaritasidan kesib olib, ularning yuzasini topib tegishli arifmetik hisoblar vositasida yetqazilgan zarar aniqlanadi. Zararni minimallashtirish maqsadida karyerni joylashtirishnng mavjud imkoniyatlarni ko‘rib chiqilib, eng optimal variant qabul qilinadi. Download 2.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling