I BOB. UZLUKSIZ TA'LIM TIZIMIDA PEDAGOGIK
JARAYONLARNI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH
1.1. Ta'lim muassasalarida tashkil etiladigan pedagogik
jarayonlar va pedagogik tizim
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovnmg
"Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch asarida "Ta'limni
tarbiyadan, tarbiyani esa ta'limdan ajratib bo'lmaydi - bu
sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi"1 , deb aytgan
fikrlari ta'lim va tarbiya tushunchalarining o'zaro bog'liqligi
va aloqadorligi, ya'ni ular yaxlit pedagogik jarayon sifatida
mavjudligini ifodalaydi.
Awal ham ta'kidlanganimizdek, pedagogik jarayon
tushunchasi ko'pchilik tadqiqotchilar tomonidan turlicha
talqin qilinsada, mazkur jarayon ta'lim-tarbiya jarayoni
sifatida shaxsning kamol topishida muhim ahamiyat kasb
etadi, chunki u bir avlodning ijtimoiy tajribasini keyingi
avlodlar tomonidan o'rganilishi va o'zlashtirilishi hamda
ulaming o'rganganlarini amaliyotga tatbiq etish uchun zarur
shart-sharoitlar yaratib beradi.
Tadqiqotchilar V.A.Slastenin va A.I.Mishenkolaming
ta'kidlashicha, pedagogik jarayon - bu ta'lim-tarbiyaviy
maqsadlarga yo'naltirilgan va maxsus tashkil etilgan
pedagoglar
va
tarbiyalanuvchilaming
o'zaro
ta'sir
jarayonidir.
Pedagoglar va tarbiyalanuvchilar subyekt
sifatida
pedagogik jarayonning
asosiy
komponentlari
hisoblanadi2.
P.I.Obrazsov va V.M.Kosuxinlar pedagogik jarayonning
o'ziga xos xususiyatlaridan biri sifatida uning yaxlitligini
ajratib ko'rsatgan holda, quyidagilami pedagogik jarayon
komponentlari sifatida keltiradi: ta'lim mazmuni va o'quv
1 Karim ov I .A. Yuksak ma’ naviyal - yengilmas kuch. - Toshkcnr. M a’ naviyat, 2008. - B.62.
1 Сллстсыин B.A_, Мищенко А.И. Целостный педагогический процесс ш объект профессиональной
Do'stlaringiz bilan baham: |