S ü r fizika va texnika taraqqiyoti fizika tabiat hodisalarining eng sodda va shu bilan birga eng


Download 252.68 Kb.
bet1/69
Sana02.01.2022
Hajmi252.68 Kb.
#186860
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
Bog'liq
Fizika va texnika taraqqiyoti-fayllar.org


Fizika va texnika taraqqiyoti



i j j g k  
TABIATNI  0 ‘RGANISHDA  FIZIKANING  0 ‘RNI. 
S Ü r 
FIZIKA  VA  TEXNIKA  TARAQQIYOTI
Fizika  tabiat  hodisalarining  eng  sodda  va  shu  bilan  birga  eng 
umumly  qonunlarini,  materiyaning  xossalari,  tuzüishi  va  uning 
harakat  qonunlarini  o‘rganadigan  fandir.
Fizika  so‘zi  yunoncha  „phyuzis“  —  „tabiat“  so‘zidan  olingan 
bo'lib,  uning qonunlari  barcha  tabiatshunoslik bilimlarining asosidir. 
Shuning uchun  ham  uni  uzoq vaqt  tabiat  falsafasi deb ham ataganlar. 
Tajriba  materiallarining ko'payishi,  ulaming  ilmiy  umumlashtirilishi 
va  tekshirish  usullarining  takomillashtirilishi  natijasida  tabiat  falsa- 
fasidan  —  astronomiya,  kimyo,  biologiya,  geologiya  va  boshqa  ta- 
biiy  fanlar,  jumladan.  fizika  ham  ajralib  chiqqan.  Shuning  uchun 
ham  fizikaning  boshqa  tabiiy  fanlar  bilan  chegarasi  shartli  boMib, 
vaqt  o'tishi  bilan  o‘zgarib  boradi.  Inson  bilimining  chuqurlashuvi 
bu  fanlar orasida yanada  chambarchas bog'lanish  mavjudligini  ko'r- 
satdi.  Buning  natijasi  sifatida  esa astrofizika,  fizik  kimyo,  biofizika, 
geofizika  kabi  fanlar  vujudga  keldi.
Tabiat  qonunlarini  chuqur o'rganish  bizni  o'rab  turgan  dunyo 
materiyaligini,  ya'ni  bizning  ongimizdan  tashqarida  ham  mavjud­
ligini  ko'rsatadi.  Bizni  o'rab  turgan  barcha  mavjudot  va  bizning 
o'zimiz  ham, jumladan,  fizikada  ko‘p  foydalaniladigan  modda  va 
maydon  ham  materiyaning  ajralmas  qismlaridir.  Materiya  doimo 
harakatda bo'ladi,  ya’ni  vaqt  o'tishi  bilan  ulaming o*zaro joylashuvi, 
shakli,  oichamlari.  agrégat  holati,  fizik va kimyoviy xossalari o'zgarib 
turadi.  Harakat  materiyaning ajralmas xossasi  va  mavjudlik shartidir.
Materiya  makon  (fazo)  va  zamonda  (vaqtda)  mavjuddir.  Ta- 
biatdagi  barcha jarayonlar ma'lum  ketma-ketlikda va  ma'lum vaqtda 
davom  etadi.  Vaqt  tabiat  hodisalarining  ketma-ketligini  va  chekli 
davom  etishini  ko'rsatsa,  fazo jismlaming  bir-biriga  nisbatan joy- 
lashuvini  ko'rsatib,  ular orasidagi  masofani  aniqlaydi.  O'z  vaqtida 
fazo va vaqtning xususiyatlari  tabiatdagi jarayonlami  ma'lum  qolipda 
saqlab  turuvchi  saqlanish  qonunlariga  tayanch  bo'lib  xizmat  qiladi. 
Bulaming hammasi  fizikaning falsafa bilan  naqadar chuqur bog'lanib 
ketganligining  nishonasidir.
Fizika  tajribaviy  fan  bolib,  uning qonunlari  tajriba  natijalariga 
asoslanadi.  Tajriba ma’lum qonunlami tekshirish  va yangi  natijalami 
aniqlash  uchun  o‘tkaziladi.  Nazariya esa  topilgan  natijalarga tayanib 
tabiat  qonunlarini  shakllantiradi,  ma'lum  hodisalami  tushuntiradi 
va  ba’zan  yangi  hodisalami  bashorat  qiladi.
4


O'rganilayotgan  obyektlaming turiga qarab fizika yadro  fizikasi. 


elementar  zarralar  fizikasi,  atom  va  molekulalar  fizikasi,  qattiq 
jismlar  fizikasi,  plazma  fizikasi  va  hokazolarga  bo'linadi.
Fizika o'rganilayotgan jarayonlar va  materiya  harakatining shak- 
liga  qarab:  moddiv  nuqta  va  qattiq jism  mexanikasi,  yaxlit  muhit 
mexanikasi,  termodinamika  va statistik  mexanika,  elektrodinamika, 
tortishish  nazariyasi,  kvant  mexanikasi,  kvant  maydon  nazariyasi 
kabi  bo‘limlarga  bo'linadi.
Texnika  fanga  asoslangan  va  ishlab  chiqarish  samaradorligini 
oshirishga  yordam  beruvchi,  inson  tomonidan  yaratilgan  barcha 
qurilmalar  va  vositalar  to'plamidir.
Fizika  texnika  bilan  ham  chambarchas  bog'langan.  Fizika  va 
tex-nikaning bog'lanishi  quyida  ikki  tomonlama  namoyon  bo'ladi:
Fizika  —  odamlaming  turmush  ehtiyoji sifatida  vujudga  keladi. 
Qadimda  mexanikaning  rivojlanishiga  qurilish  va  harbiy  ehtiyojlar 
turtki  boMgan.  Shuningdek,  rus  injeneri  1.  Polzunov  (1728—1766) 
tomonidan  uzluksiz  ishlovchi  bug'  mashinasining  loyiha  qilinishi, 
ingliz  ixtirochisi  J.  Uatt  tomonidan  (1736—1819)  universal  bug' 
dvigatelining  yasalishi  bug'  mashinalari  foydali  ish  koeffitsiyentini 
oshirish  yo'llarini  izlashni  taqozo  etgan.  Natijada  termodinamika 
jadal  sur’atda  rivojlangan.
Fizikaning  rivojlanishi  ishlab  chiqarishning  texnikaviy  daraja- 
siga  ta’sir  ko'rsatadi.
Fizikada  kashfiyotlar amalga oshirilgandan  so'ng,  ulami  ishlab 
chiqarishga  tatbiq  etish  bilan  shug'ullanuvchi  mutaxassislar  may- 
donga  chiqadilar  va  fizika  bilan  chambarchas  bog'langan  yangi 
fanlar  paydo  bo'ladi.
XIX asming oxiri  va  XX asming boshida elektromagnit  hodisa- 
larga  bog'liq  ko'plab  jarayonlar  kashf etildi.
L.  Galvani  (1737-1798)  va A.  Volta  (1745-1827)  kabi  olimlar 
tomonidan  tok  manbalari  —  gal vanik element laming,  M.  Faradey 
(1791—1867)  tomonidan  elektromagnit  induksiya  hodisasining,
A.  Popov  (1857—1906) tomonidan  radioning  kashf qilinishi,  nemis 
fizigi  G.  Gers  (1857—1894)  tomonidan  elektromagnit  to'lqinlar 
mavjudligining  isbotlanishi elektrotexnika,  radiotexnikaning rivojla­
nishiga  sabab bo'ldi.
Shuningdek,  atom  va  yadro  fizikasi  sohasidagi  kashfiyotlar 
atom  eneigiyasidan  foydalanish  imkoniyatlarini  yaratdi.  Hoziigi  payt- 
da  ko'plab  atom  elektr  stansiyalari,  atom  energiyasida  ishlovchi 
muzyorar  va  suvosti  kemalari  ishlab  turibdi.
5


Yarimo'tkazgichlaming kashf qilinishi  radio  va elektron  hisob- 


lash texnikasida  inqilobiy o‘zgarishlami  amalga oshirdi.  Zamonaviy 
televizorlar,  magnitofonlar,  kompyuterlar va  boshqa  vositalaming 
varatilishiga asos bo'lib xizmat  qiidi.  Kosmosning o'zlashtirilishi  va 
undan amalda foydalanish  natijasida esa dunyoning istalgan chekkasi- 
cian  uzatilayotgan  radio  va  televizion  eshittirishlami  qabul  qilish, 
simsiz  so‘zlashuv  vositalarini  yaratish  imkoni  yaratildi.
Yarimo‘tkazgichli  fotoelementlarning  yaratilishi  sun’iy  yo‘l- 
doshlami  energiya  bilan  ta’minlashga,  quyosh  energiyasini  elektr 
energiyasiga aylantirib,  ekologik toza eneigiya olishga  imkon yaratdi. 
Natijada  elektrotexnika,  radiotexnika,  yadro  texnikasi,  issiqlik 
texnikasi,  geliotexnika,  elektronika  kabi fanlar vujudga  keldi.  Inson- 
ning og‘irini  yengillashtirishga  xizmat  qilayotgan  fizik  kashfiyotlar 
natijalarini  yana  ko'plab  keltirish  mumkin.

Download 252.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling