S. Y. Is kamov
Tariq va sholi shaffofligini aniqlash
Download 7.3 Mb. Pdf ko'rish
|
kitob 00617a84a6c9428
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sulining shaffofligini aniqlash.
Tariq va sholi shaffofligini aniqlash. Tariq va sholi shaffofligi
qo‘lda va tozalagichda aniqlanadi. Shaffoflami elash uchun uzunchoq teshikli, quyidagi kattalikdagi laboratoriya elaklaridan foydalaniladi: tariq uchun -1,4x20 mm, sholi uchun 2,2x20 yoki 1,8x20 mm, elaklar teshigi sholi va tariq donlarining yirikligiga bog‘liqdir. Shaffoflikni Gorodeskiy tozalagichida aniqlashni amalga oshirish mumkin. Ushbu moslama korpusi to‘rt qirrali yog‘ochdan iborat bo‘lib, unda aylana uya va ishqalagichdan do‘ng yoki yassi shaklli va yuqorisida dastalik tashkil topgan. Uya ishqalagich rezina bilan qoplangan. Tariq (2,5 gr) yoki sholi (5 gr) namunasini ishqalagich uyasiga joylanadi, unga ishqalagichni qo‘yib, dastani bosish va aylantirish bilan, yarim aylana va qaytish harakatlari bilan don po'sti shilinadi. Shunday 40-60 marta harakatdan keyin uyadagi mahsulot elakka to‘kiladi (elak o‘lchami yuqorida qayd etilgan) va shaffoflar elanadi. Po'sti shilinmagan donlar terib olinadi va yana qaytadan ishqalagichda ishqalanadi. Birinchi namunani po‘sti shilinganidan keyin ikkinchisi tozalaniladi va shaffofli yoni о‘rtacha miqdori foizda hisoblab chiqiladi. Tariqda shaffoflik miqdori 5 dan 35% gacha, ammo ko‘p hollarda 18 dan 25% orasida o‘zgaradi. Donli aralashmalar bilan birgahkdagi og‘irligidan shafFofligi 18% va toza mag‘zi 76% miqdorida bo'lganda tanqnmg bazis sifati hisoblanadi. Sulining shaffofligini aniqlash. Suli shaffofligi qo‘lda, mag‘zini gul shaffoflaridan siqib chiqarib aniqlanadi. Suli donini ariqchasini yuqoriga qaratib chap qo‘lning ko‘rsatkich barmog‘iga qo‘yiladi va bosh barmoqning timog‘i bilan murtak tarafidan eziladi. Shaffof orasida mag‘iz ko'rinishi bilan pinset bilan olib uni stakanga qo‘yiladi. Ikkala namuna ishlov berilgan donlar dan ajratilgan shaffoflar tortiladi (har bir namuna aiohida). Shaffoflar miqdori, ikki о‘rtacha aniqlashning natijasi singari foizda ifodalanadi. Sulining shaffofligi 18-48% oralig‘ida bo‘ladi. Elakda (teshik kattaligi 1,8x20 mm) qolgan sulida 65% toza mag‘iz mavjud donlarning bazis sifati hisoblanadi; shaffoflari - 27%; mayda sulida (1,8x20 mm teshikli elakdan o‘tkazilgan) 5%. Download 7.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling