S. Y. Is kamov


Download 7.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/133
Sana04.09.2023
Hajmi7.3 Mb.
#1672563
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   133
Bog'liq
kitob 00617a84a6c9428 (1)

Jihoz va materiallar: 
eksikator, byukslar, SESh-3 M termostat, 
stakanchalar, texnik torozi, elak, kalkulyator.
0 ‘zlashtirish uchun savollar
1. Tamakining namligini aniqlash nima uchun zarur?
2. Tamaki namligi qanday aniqlanadi?
3. Tamakining ifloslanganlik darajasiga qanday talablar 
qo'yiladi?
56-ish. Tamaki barglarini quritish va 
saqlash
Darsning maqsadi: 
talabalarga tamaki barglarini quritish va 
saqlash usullarini olgatish.
ishlash tartibi: 
tamaki bargini quritish eng mas’uliyatli ishlardan 
hisoblanadi. Chunki quritish jarayonida mahsulotning sifat belgiiari 
shakllanadi. Agar quritish paytida bargning sifati buzilsa, keyin uni 
har qanday texnologik ishlov berish bilan ham tuzatib bolmaydi.
Quritish jarayonida bargda faqat suvning yo‘qotilishi emas, balki 
murakkab fiziologik va biokimyoviy o‘zgarishlar sodir boladi. 
Natijada, xomashyo foydalanish uchun yaroqli holga keladi.
Bargning sifati, asosan o‘simlikning o‘sish va pishish davriga,


kaviga, o'stiriladigan mintaqaning tabiiy sharoitiga va qo'llaniladigan 
agrotexnik tadbirlarga bog'liq. Quritish jarayonida esa tamakining 
sifati yanada yaxshilanadi va sifat belgilari mustahkamlanadi. Tamaki 
bargini quritish davxi ikki fazadan iborat: birinchi faza bargni so'litish, 
ikki&chisi esa bargni fiksatsiya qilish yoki quritishdir.
Barglarai so'litish fazasi. 
Bargni so'litish unga sifat beruvchi 
asosiy tadbir hisoblanadi. Barglar poyadan uzilgandan keyin uning 
to'qimalarida ma’lum vaqtgacha hayotiy jarayon davom etadi. Bu 
jarayonlar davom etishi uchun o‘simlik o‘sishi va pishish davrida barg- 
larda to'plangan organik moddalaming ma’lum qismi sarflanadi.
So'litishda barg to‘qimalarida kechadigan modda aimashinuvi 
sintez jaxayonidan parchalanish jarayoni ancha ustun turadi. Bu fazada 
barg to'qimalari 20-25% suvni yo'qotadi, bargning kimyoviy tarkibi 
miqdor va sifat jihatidan keskin o'zgaradi, oqsil moddasining ko‘p 
(60%) qismi aminokislotalarga, ammiakka hamda shu kabi moddalarga 
parchaianadi. Barg tarkibidagi kraxmal so‘litish jarayoni dekstrin va 
eruvchan uglevod (shakar)larga parchaianadi. Shuningdek, nikotinnmg 
20-30 foizi parchaianadi.
Solitishda bargga yashil rang beruvchi karotin va ksantofillar 
parchalanib, so'ligan barglar sarg'ish tusga kiradi. Shuning uchun 
ham solitish fazasi, odatda, bargni sarg'aytirish fazasi, deb ham 
yuritiladi.
Shunday qilib, so'litishda bargning kimyoviy tarkibi ancha 
o'zgaradi, lekin bunda hayotiy jarayonlaming davom etishi uchun sarf 
bo'lgan organik moddalar o'mini to'ldirmaydi. Bu esa so'litish 
jarayonida barg tarkibidagi quruq moddaning 10-16% gacha 
yo'qolishiga olib keladi. Quruq moddaning sarflanishi quritish 
jarayonida ham davom etadi.
Quruq modda sarflanishi so'litish va quritish fazalarining 
davomiyligiga bog'liq. Quritish usullariga qarab, bargdagi quruq 
moddaning sarflanishi ham turlicha bo'ladi. Barg sun’iy usulda 
quritUganda, bu-oddiy usulda quyoshda quritilganga nisbatan ancha 
tezlashadi, shunga ko'ra, quruq moddaning sarflanishi ham kamayadi 
hamda quruq barg chiqish foizi ancha ortadi. Quruq moddaning 
o'zgarishi xomashyoning kimyoviy tarkibi o'zgarishiga sabab bo'ladi. 
Qurish jarayoni barg tarkibidagi oqsil, kraxmal, xlorofillar 
parchalanishi mahsulot sifatining yaxshilanishiga olib keladi.
Tamakini so'litmasdan quritish yoki so'litishda biroz uzilish bo'lsa,


bargdagi fiziologik va biokimyoviy jarayonlar birdan to‘xtab q^tib, 
natijada xomashyoning sifati pasayishiga olib keladigan murakkab 
kimy oviy birikmalaming (oqsil, kraxmal, xlorofill va boshqalar) tjargda 
ko‘p miqdorda saqlanib qolishiga sabab boladi. Solitish jarayonida 
harorat 45°S dan ortib ketsa, barg to‘qimalari erta nobud fooladi, 
shuningdek barg ko‘plab suv yo‘qotadi va to‘qimalardagi hayotiy 
jarayonlar to‘xtab qoladi. Solitishda bargdagi murakkab moddalaming 
parchalanish tezligi va yo'nalishi asosan havoning harorati va namiigiga 
bogliq boladi. Haroratning ma’lum darajagacha kolarilishi bilan bu 
jarayon tezlashadi. Solitish uchun muqobil harorat bargning fiziologik 
holatiga qarab aniqlanadi.
Barg so‘litiladigan joyda havo harorati 25-30°S, nisbiy namligi 
80-85%, havo oqimining tezligi 0,3 m/soniya bo‘lishi eng qulay 
hisoblanadi. Bargni qancha vaqt so‘litish uning yetilish darajasiga 
bogliq. Agar barg xomroq terilgan b o lsa 1,5 kun, texnik jiqatdan 
yetilgan davrida uzilgan barglar esa bir kun solitiladi.
Tamaki bargi quyoshda quritiladigan bolsa, ulami uyum holida 
ipga tizib va quritish ramalariga osib so‘litiladi. Bu usul xo'jalikiarda 
keng tarqalgan. Bunda tamakizordan keltirilgan barglar 20 sm 
qalinlikda polga uyiladi, Shu holatda 5-7 soat saqlanganda 
hujayralarda nafas olish jarayoni davom etib, barglar qiziydi. Bunday 
paytda bargiarni biroz shamollatish zarur,
Bargni solitish uchun, joylashtirilganda, uning bandi pastga 
qaratib qo‘yilgani ma’qul. Shunday qilinganda barglar 1-1,5 kunda 
solitiladi. Bargning uchdan bir qismi sarg‘ayishi barglai: yaxshi 
soliganligini kolsatadi. Barglar uyum holida solitilganda haddan 
tashqari qizib ketadi, natijada barg kuyishi mumkin. Bu usulning yana 
bir kamchiligi shundaki, barg tartibsiz to‘planganligi sababli uni tizish 
uchun katta mehnat sarflanishiga fo 'g li keladi.
Tamaki bargini ipga tizib solitish ham uyumda solitishdan farq 
qilmaydi. Lekin bunda ipga tizilgan barglar ramalarga ilishdan cldin 
solitishga qo‘yiladi. Shuni ham aytish kerakki, bu solitish usulida 
barglami shamollatish ancha qiyin boladi, barglar tizilgandan so‘ng 
ayvonning yon tomonlari polietilen plyonka yoki boshqa materiallar 
bilan olalishi kerak.
So‘litish jarayoni shu tartibda 1,5-2 kun davom ettiriladi. Barglar 
soligandan so‘ng ayvonning yonlariga olalgan matolar olib 
tashlanadi. Barglar UMST-25 qurilmasida quritiladigan bolsa,


ramalar maxsus xonalarga siljitib qo'yiladi. STG-1,5 tamaki quritish 
tizimi esa maxsus kameraga ega bo‘lib, tizilgan barglar shu kamerada 
so'litiladi.
Quritish fazasi. Tamakini so'litishda xlorofill donachalarining 
parchalanishi oqsil va kraxmalning parchalanishi bilan bir vaqtda 
borishi sababli bargning sarg'ayishi so'litish tamom bo'lganligi va 
ikkinchi faza - quritishga o'tish kerakligini bildiradi.
So‘litilgan tamaki bargi tarkibida 65-70 foiz suv bo'ladi. Agar bu 
suv ma’lum tezlikda barg tarkibidan chiqarib yuborilmasa, barg 
to'qimalarida oksidlanish jarayoni natijasida sariq rang to'q tus olib, 
asta-sekin jigarrang va qo'ng'ir tusga kiradi. Bu esa, mahsulot 
sifatining pasayishiga olib keladi. Shuning uchun quritirgan tamaki 
barglaridagi suvning bug'lanish tezligini boshqarib, turli rang va 
tusdagi xomashyo olish mumkin.

Download 7.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling