S. z mirtursunova.,SH. Sh. Bobojonova. Patologiya fanidan
Download 5,01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O„RTA MAXSUS TA‟LIMI VAZIRLIGI
- Taqrizchilar
- Fan bo„yicha talabalarning bilimi, ko„nikmasi va malakasiga qo„yiladigan talablar
- Fanning boshqa fanlar bilan o„zaro bog„liqligi
- Fanning ilm-fan va ishlab chiqarishdagi o„rni
- Patologiya faniga kirish. Farmasevtlar faoliyatida patologiya fanining ahamiyati.
1 O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY ВA O„RTA MAХSUS TA`LIM VAZIRLIGI TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI FARMAKOLOGIYA ВA KLINIK FARMATSIYA KAFEDRASI S.Z MIRTURSUNOVA.,SH.SH. BOBOJONOVA. PATOLOGIYA FANIDAN O‟QUV – USLUBIY MAJMUA 2016-2017 o‘quv yili . 2 Fanning o‗quv – uslubiy majmuasi Oliy va o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi yo‗nalishlari bo‗yicha O‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashida ma‘qullangan. Fan o‗quv – uslubiy majmuasi Toshkent farmatsevtika instituti Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasida ishlab chiqildi. Tuzuvchilar: S.Z. Mirtursunova – Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasining dotsenti,b.f.n SH.SH. Bobojonova-Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi katta o‘qituvchi. Taqrizchilar: Utyamishev R.G – Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish institutining yetakchi ilmiy xodimi, t.f.d. Fayzieva Z.T. – Ilmiy tadqiqot va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‗limi boshlig‗i, t.f.d. Fanning o‗quv – uslubiy majmuasi Toshkent Tibbiyot Akademiyasi ilmiy-uslubiy Kengashida ko‗rib chiqilgan va tavsiya qilingan 3 Mundarija Patologiya fanining o‗quv dasturi...................................................................................................... 4 Patologiya fanining ishchi dasturi……………………………………………………………………. 17 Kalendar rejalar.......................................................................................................................................32 Ta‘lim texnologiyasi............................................................ .............................................................33 Testlar……………………………………………………...................................................................124 Nazorat uchun savollar…………………………………….................................................................208 Umumiy savollar…………………………………………........…………..........................................210 Tarqatma materiallar………………………………………………………………………………….214 Glossariy…………………………………………………........…………...........................................222 Referat mavzulari………………………………………….......…………...........................................226 Adabiyotlar ro‗yxati……………………………………...........…………...........................................227 Xorijiy manbalar………………………………………............…………...........................................228 Tayanch so‗zlari………………………………………..........…………..............................................229 Annotatsiya........................ ..................................................................................................................230 Mualliflar haqida ma‘lumotlar…………………………….....………….............................................231 Foydali maslahatlar…………………………………………………………………………………...232 Baholash mezoni……………………………………….......... ………………………………………233 4 O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O„RTA MAXSUS TA‟LIMI VAZIRLIGI Ro`yxatga olindi: № BD – 5510500 – 3.05 2016__ yil ―___‖_______ Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi ______________________ 2016__yil ―____‖______ PATOLOGIYA FAN DASTURI Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar soha: 500000 – Sog‗liqni saqlash va ijtimoiy ta‘minot Ta‘lim sohasi: 110000 – Pedagogika 510000 – Sog‗liqni saqlash Ta‘lim yo‗nalishi: 5510500 – Farmatsiya (Klinik farmatsiya) 5510500 – Farmatsiya (Farmatsevtik taxlil) 5510500 – Farmatsiya (Farmatsevtika ishi) 5111000 – Kasb ta‘limi (5510500 – Farmatsevtika ishi) TOSHKENT-2016 5 O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligining 2016__ yil ―____‖ _____________dagi ―____‖ –sonli buyrug‘ining ______ - ilovasi bilan fan dasturi ro‘yhati tasdiqlangan. Fan dasturi Oliy va o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi yo‘nalishlari bo‘yicha O‗quv- uslubiy birlashmalari faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashning 2016__ yil ―___‖ dagi ―______‖ sonli bayonnomasi bilan ma‘qullangan. Fan dasturi Toshkent farmatsevtika institutida ishlab chiqildi. Tuzuvchilar: Mirtursunova S.Z – Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi dotsenti,b.f.n Bobojonova. SH.SH- Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi katta o‘qituvchisi Taqrizchilar: R.G.Utyamishev – Gematologiya va qon quyish markazi etakchi ilmiy hodimi, t.f.d.; Z.T.Fayziyeva – Toshkent farmatsevtika instituti ―Ilmiy tadqiqot va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i t.f.d.; Fan dasturi Toshkent Tibbiyot Akademiyasi ilmiy-uslubiy Kengashida ko‗rib chiqilgan va tavsiya qilingan.(201__ yil ― ___‖ _______dagi ―__‖-sonli bayonnoma). 6 Kirish Patologiya oliy meditsina ta‘lim tizimida meditsina fani va amaliyotini mustasnosiz barcha jabhalarining bevosita asosi sifatida fundamental – zaminiy fanlar qatoriga kiradi. Patologiya fani oliy ta‘lim tizimida tibbiy-biologik fanlar va kimyo farmatsevtika sohalarining yaqinlashuvida muhim vazifani o‗taydi. Ushbu fanning asosiy maqsadi, u kasal organizmdagi hayotiy jarayonlarni o‗rganadi. Umumiy patologiya fani tibbiyotning hamma sohalardagi mujassamlashgan tajriba asosida o‗z tasavvurlardan, keng biologik va metodologik qarashlardan, alohida klinik fanlarning aniq materiallardan tuzilgandir. Ma‘lumki, umumiy patologiya sohasidagi to‗plangan bilimlar turli meditsina sohasidagi mutaxassislar uchun, shu jumladan farmatsevtlar uchun ham muhim hisoblanadi. Fanning maqsad va vazifalari Tibbiyotning turli muammolarini anglash, masalalarini hal etish va savollariga davrning o‗ziga xos fan – texnika yutuqlari asosida zamonaviy nuqtai nazardan javob berish kabi vazifalarini o‗z ichiga olgan patologiya fani muhim fanlar qatoriga kiradi. Chunki ayrim yoki mahsus fanlar (biologiya, anatomiya, gistologiya, fizika, kimyo) hamda klinik tibbiyotning turli sohalariga oid adabiyot manbalarini topish, son – sanoqsiz kasalliklarga hos ma‘lumotlarni patologiya nuqtai nazaridan bilish, ularni tahlil eta olish, uning asosida eksperimental sharoit (tajriba) da davolash choralarini topib, asoslab berish va h.k. masalalarni hal etish, asosan shu fanning zimmasidadir. Tibbiyot nazariyasi va amaliyotining rivojlanishini, bilim doirasi zamonaviy, talablarga javob bera oladigan mutahassislarni etishtirishda fanning ahamiyati nihoyatda kattadir. Fanning dolzarbligi ham ana shunda. Kasalliklarning asosida yotuvchi umumiy va xususiy hamda o‗ziga hos mazmunga ega bo‗lgan funksional o‗zgarishlar – patologik jarayonlar va holatlarning kelib chiqishi (―etiologiya‖), rivojlanish mexanizmlari, kechishi (―Patogenez‖) va sog‗ayish – tiklanish mexanizmlari (―Sanogenez‖) ga oid murakkab hodisalarning qonuniyatlari, ularning evolyusion ildizlari, zamonaviy ijtimoiy – ekologik manbalarini va shu kabilarni bilish, albatta har jabhadagi mutaxassis uchun nihoyatda zarur. Bu fan asosan hayotiy faoliyatning buzilishining kelib chiqishi va rivojlanishi qonuniyatlari va ularning sabablari, tipik shakllari, mexanizmlari, oqibatlari va organizm uchun ahamiyati xaqida umumiy tasavvurlar beradi. Patologiya kursining birinchi asosiy vazifasi shundan iboratki, talabalar tipik jarayonlarning sabablarini, mexanizmlarini va asosiy ko‗rinishlarini, yallig‗lanish, tromboz, emboliya, o‗smalar, shish, isitma, gipoksiya, moddalar almashinuvi buzilishining asosiy shakllarini, og‗riq, shok va boshqa favqulotdagi ekstremal holatlarni hamda ayrim fiziologik a‘zolar tizimlarining tipik buzilishlari haqida bilimga ega bo‗lishlari kerak. Undan tashqari, talabalar organizm uchun zararli ta‘sir qiladigan va himoya – moslashuv patologik jarayonlarning bir – biriga aloqadorligi, va kasallikning xar – xil bosqichlarida o‗zgarib turishlari xaqida tushunchaga ega bo‗lishlari kerak. 7 Patologiyaning ikkinchi vazifasi shundan iboratki, talabalar asosiy patologik jarayonlarning rivojlanishida farmakologik aralashuvlarning yo‗llari va oqibatlari to‗g‗risida to‗liq ma‘lumot berish. Yuqorida ta‘kidlagan fikrlar farmatsevtika bilimlarini takomillashtirishning muhim vazifalarini tashkil qiladi. Fan bo„yicha talabalarning bilimi, ko„nikmasi va malakasiga qo„yiladigan talablar Patologiya fanini o‗rganish davomida quyidagi bilimlarga ega bo‗lishi kerak: - umumiy nozologiyaning asosiy tushunchalarini; - kasalliklar kelib chiqish sabablarini, shart-sharoitlarini, organizmning reaktivlik xossalarini, kasallikning rivojlanish oqibatlarini; - tipik patologii jarayonlar va reaksiyalar sabablarini va mexanizmlarini; - a‘zo va sistemada kechadigan buzilishlarning ko‗rinishlari; - patologik jarayonlarni o‗rganishda eksperimental usulning axamiyati; - Respublikamizda sog‗liqni saqlash va profilaktika ishlarini rivojlantirishda umumiy patologiyaning axamiyati; - umumiy patologiya masalalarini materialistik nazariy asosida analiz qilinishi; Talabaning ko‘nikmasiga qo‘yiladigan talablar: Laboratoriya mashg‗ulotlarda esa talabalarning o‗zlari mustaqil ravishda xayvonlarda tajriba o‗tkazishlari, tajriba bayonini yozishlari, olgan natijalarni analiz kilishlari xamda tayyor mazoklar, preparatlar, gemogrammalar, elektrokardiogrammalar, bioximik analizlarni tekshirishlari va sinov masalalarini echishlari kerak. Analizator bilan ishlashni o‘rganish. Elementar muolajalarni rejalashtirish va labarotoriya hayvonlarida tajribalar ko‗yishni o‗rganib olmoq. A) og‗riksizlantirish, teri, teri ostiga, muskul ichiga, bo‗shliq ichiga in‘eksiyalar qilishni bajarish. B) qon olish, tana xaroratini o‗lchash, o‗on-tomir va nervlarni ajratish. B) Yurak , charvi, til, suzgich parda, preparatlarni tayyorlash. G) oddiy xirurgik operatsiyalarni bajara olish va mashg‗ulot dasturiga muvofiq patologik jarayonlarning eksperimental modellarini yasash. - xayvonlarda o‗tkir va surunkali tajribalar qilish; - tajriba ko‗yilgan xayvonlarda EKGni yozish, EKG ma‘lumotlari asosida aritmiya borligini va miokard nekrozi belgilarini aniqlash; - preparat (Romanovskiy-Gimza metodi bo‗yicha bo‗yash) tayyorlash; - qon surtmasida leykotsitar formulani va retikulotsitlar miqdorini xisoblash; - eksperimental xayvonlarda eritrotsitlar, leykotsitlarni sanash va gemoglobinni aniklash. - QON surtmasida qonni patologik shaklli elementlarini aniqlashni o‗rganish; 8 - siydik analiziga asosan buyrak funksiyasi buzilishlariga xarakteristika berish. - qon, siydik analizlari asosida sariqliklarni ajratishni bilmok. - qon va siydik analizlari ma‘lumotiga ko‗ra kislota asos muvozanatini buzilishlarini aniqlay bilish. - qonning gazli analizlariga ko‗ra gipoksiya borligini aniqlash. - me‘da shirasi analiziga ko‗ra me‘daning sekretor funksiyasini buzilishi borligini aniqlamoq. - xarorat egri chizig‗ini tuzish va isitma reaksiya tiplarini aniqlay olish. - asosiy diagnostik allergik sinovlar natijalarini baxolay olmoq. - eksperiment natijalarini analiz qilishni bilmoq, oddiy ishlov bermoq va xulosa qilmoq. Talabani malakasiga qo‘yiladigan talablar: - umumiy patologiya kursida olgan bilimlarni farmakologiya, farmakoterapiya va boshqa fanlarni o‗rganishda xamda keyingi ishlash faoliyatida qo‗llashni; - xayvonlarda eksperiment o‗tkazish, uni planlashtirish va olgan natijalarni statistik taxlil qilishni; - umumiy patologiyani o‗qitish, sistematik ma‘ruza o‗qish, laboratoriya mashg‗ulotlar, test nazorat darslarini o‗tish bilan olib boriladi; - ma‘ruza o‗qishda eksperiment o‗rnini bosib oladigan ko‗rgazmali qurollar: diafilmlar, diapozitlar, yirik formali rasmlar, atlaslar, tablitsalar, o‗quv kinofilmlaridan foydalaniladi. Fanning boshqa fanlar bilan o„zaro bog„liqligi Patologiya fanini o‗rganishda fiziologiya bilan odam anatomiyasi, biokimyo, mikrobiologiya va farmakologiya fanlarini materiallaridan keng foydalaniladi. Bu fanlardan olingan bilimlar prodyuser uchun nixoyatda ahamiyatli bo‗lib, ular yordamida kasalliklarni rivojlanish mexanizmi, uni davolash va oldini olish kabi muxum tushunchalarni bo‗lajak farmatsevt egallashi lozim. Odam anatomiyasi va fiziologiyasi kursi: - Odam organizmining asosiy tizimlari (Yurak qon tomir, nafas, endokrin, ayruv va x.k.) a‘zolarini tuzilishi va funksiyasini; - Xazm fiziologiyasi; - Ichki muxit (gomeostaz) tushunchasi; - Modda va energiya almashinuvi. Termoregulyasiya. - Analizatorlarning tuzilishi va funksiyasi; Biologik kimyo kursi: - Organik moddalarning tuzilishi va xossalari; - Organizmda kechadigan xayotiy jarayonlar (modda va energiya almashinuvi); - Vitaminlar xillari, tarkibi va ahamiyati; Mikrobiologiya kursi: - Patogen va patogen bo‗lmagan mikroorganizmlar to‗g‗risida tushuncha; - Immunokompitent sistema to‗g‗risida tushuncha; - YUqumli kasalliklarni kechishi, davolash, oldini olish usullari; Farmakologiya kursi: - Dori moddalarini xillari ta‘sirlanish mexanizmlari; - Yurak qon tomiri kasalliklarini davolashda ishlatiladigan dori – darmonlar. 9 Fanning ilm-fan va ishlab chiqarishdagi o„rni Tibbiy oliy ta‘lim muassasalarida o‗qitiladigan nazariy fanlar ichida patologiya muxum rol o‗ynaydi. U bemor muhim organizmdagi hayotiy jarayonlarni buzilishlarini, kasalliklarni rivojlanish qonuniyatlarini, sabablarini o‗rganadi. Bu fan asosan organizning hayotiy faoliyatini buzilishini kelib chiqishi va rivojlanishi qonuniyatlari, ularning sabablari, tipik shakllari, oqibatlari va organizm uchun ahamiyati xaqida umumiy tasavvurlar beradi. Patologiya fani tibbiyotning hamma sohalarida mujassamlangan tajribaga asoslangan o‗z tasavvurlarda hamda keng biologik va metodolik qarashlardan, mustaqil klinik fanlarning aniq materiallarida foydalanadi. Ma‘lumki, patologiya sohasida to‗plangan bilimlar turli tibbiyot sohasidagi mutaxasislar uchun, shu jumladan provizorlar uchun ham nihoyatda zaruriy fandir. Fanni o„qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalari Patologiya fanini nazariy tomonlarini o‗rganishda hozirgi zamonda keng qo‗llanilayotgan kompyuter texnologiyalaridan foydalanish mumkin. Buning uchun fanning barcha bo‗limlari bo‗yicha test savollari tuzib, kompyuterga kiritiladi va kompyuter orqali talabalarning bilim darajasi muntazam tekshirilib boriladi. Ana shu usulda o‗quv jarayoni tugaganida talabalarning bilim darajasi kompyuterda (YAK) tekshiriladi. Bundan tashqari patologiya fani bo‗yicha etuk dotsent va professorlar tomonidan o‗qiladigan barcha ma‘ruzalar video tasmalarga tushirilib va ma‘ruzalar matnlari kompyuterga kiritilib, talabalarga qoldirilgan darslarini o‗zlashtirishlari uchun foydalaniladi. SHunday qilib xozirgi zamonaviy usullar kompyuter, video tasmalardan foydalanish o‗quv jarayoniga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi. Patologiya fanini o‗qitish xozirgi zamonaviy usullardan keng foydalanishni taqozo etadi. Ma‘ruza vaqtida talabalarga kinofil‘mlar, multimediyalar, slaytlar na‘munaviy ko‗rgazmalarda keng foydalaniladi. Masalan, qon bosimini o‗lchash. Informatsiya vositalari sifatida jadvallar, mulyajlar, makropreparatlardan, kafedra kichik anatomiya muzeyidan foydalanish zarur bo‗ladi. O‗tkazilishi qiyin tajribalar yoki mulyajlar avvalo video tasvirga tushirilib, so‗ng talabalarga ko‗rsatiladi. Laboratoriyada so‘ngi rusumli laborator analizatorlar ishlash prinsipi bilan tanishtiriladi. ASOSIY QISM Nazariy mashg‟ulotlar mazmuni Fanga kirish Umumiy patologiya fundamental fandir. Umumiy patologiya fani va vazifalari:uning oliy tibbiy ta‘limotdagi tutgan o‗rni; umumiy patofiziologiya hozirgi zamon tibbiyotining nazariy asosidir. Patologiya faniga kirish. Farmasevtlar faoliyatida patologiya fanining ahamiyati. Umumiy patologiyaning ahamiyati sog‗likni saqlash ishlarini profilaktik yunalishini rivojlantirish, kasallikni davollashda yangi usullarni joriy kilish va yangi davolash vositalarni takkomillashtirishga qaratilgan 10 Umumiy patologiya va tibbiyotni rivojlantirishda eksperimentning axamiyati. Tibbiy – biologik eksperimentlar va uning natijalarini tuzishdagi umumiy prinsiplari. Modellashtirish uning turlari, imqoniyatlari va chegaralanganligi: evolyusion takkoslash usuli. Kasalliklarni urganishda, davolashda yangi usullaridan foydalanish, yangi dorilarni tadqiqot kilish va sinashda eksperimental terapiyaning asosiy yo‗nalishlari. Kasal organizmning shikastlanishi himoya – moslashuv reaksiyasi. Kasallik bosqichlari, uning oqibatlari. To‗la va chala sog‗ayish. Remissiya, retsidiv, asoratlar. Terminal holat agoniya, klinik o‗lim, biologik o‗lim. Biologik va sotsial faktorlarning odam patologiyasida bir – biriga munosabati. Kasallikni sotsial mezoni. Kasalliklarni klassifikatsiyalash prinsipi. Kasalliklarni davolashda dori – darmonlarning ahamiyati. Umumiy etiologiya. Etiologiya tushunchasi kasallik kelib chiqish sababi va sharoitlari. Kasallikning tashqi va ichki sababalari haqida tushuncha. Patogen faktorlarning xossasi, ularning asosiy kategoriyalari. Kimyoviy, biologik va sotsial faktorlar ta‘sirida turli kasalliklarni vujudga kelishi. Organizmga elektr tokining ta‘sir qilishi, tokning kuchlanishiga, kuchiga va qanchalik uzoq vaqt ta‘sir qilishiga bog‗liqligi. Patologik jarayon rivojlanishida tashqi faktorlarning ahamiyati: to‗mtoq narsa bilan urilganda lat eyish, O‗tkir narsalar bilan urilganda jarahatlanish, organ va to‗qimalarning odam yiqilganda uzilishi va cho‗zilishi. To‗mtoq narsalar to‗qimalarni ezishi va majag‗lashi. Termik faktorlar. Issiq yoki sovuqni patologik ta‘siriga organizm yo‗liqishi. Organizm isib ketishi yoki sovib ketishi, kuyishi yoki sovuq oldirishi. Turli ko‗rinishdagi nur energiyalarining (ultrabinafsha nur, rentgen, radiy nurlari) organizmga ta‘sir qilishi ostida og‗ir kasallik faoliyatlari kelib chiqishi. Barometrik bosim pasayganda tog‗ kasalligi, barometrik bosim ko‗tarilganda Kesson kasalligini kelib chiqishi. Organizm reaktivligi hakida tushuncha. Reaktivlik va rezistenlik tushunchalarini bir – biri bilan bog‗liqligi va munosabatlari. Reaktivlik turlari va ularni aniklaydigan faktorlar. Patologik reaktivlik va uning turlari. Individual fiziologik reaktivlikni o‗zgarishi va patologik reaktivlikni dori – darmonlar ta‘sirida shakllanish imqoniyatlari. Kasallikni paydo bulishida, kechishida va okibatlarida organizm reaktivligining ahamiyati. Individual reaktivlikning holatini dori moddalar ta‘siriga bog‗liqligi. Infeksion protsesslar. Mikro va makro organizmlarning o‗zaro ta‘siri. Infeksion jarayon bosqichlari: infeksiyaning har – xil bosqichlarida organizm funksiyalarining o‗zgarishi, infeksion jarayoning o‗zgarishi. Infeksion agentlarining organizmga kirishi va tarqalish yo‗llari. Qon aylanishining mahalliy buzilishlari. Tromboembolizm va staz. Arterial va venoz giperemiyalarida va stazda organizmda mahalliy va umumiy o‗zgarishlar, ularni oqibatlari. Kollateral qon aylanish. Ishemiya etiologiya patogenezi, oqibati. Tromboz va emboliya, ularning turlari, sabablari, rivojlanish mexanizmlari, tashqi ko‗rinishlari. Infarkt etiologiyasi, patogenezi. 11 Alteratsiya: yallig‗lanish o‗chog‗ida moddalar almashinuvi va fizik-kimyoviy O‗zgarishlar. YAllig‗lanish mediatorlari: ularning turlari, kelib chiqishi, rivojlanishidagi ahamiyati. Ekssudatsiya. Maxalliy qon aylanish buzilishlarining bosqichlari va mexanizmlari. Ekssudat turlari. Qon tomirlardan qoni suyuq qismini to‗qimaga chiqishi, mexanizmlari. Leykotsitlar emigratsiyasi va mexanizmlari. YAllig‗lanish jarayonida har xil to‗qimalarda proliferatsiya rivojlanish mexanizmlari va uning ahamiyati. Fagotsitoz turlari, bosqichlari va mexanizmlari. Isitmaning umumiy patofiziologik xarakteristikasi. Isitma etiologiyasi. Infeksion va infeksion bo‗lmagan isitmalar. Infeksion jarayonda, to‗qimalarning aseptik shikastlanishida va immun reaksiyalardan pirogen moddalarning xosil bo‗lish manbalari va ularning kimyoviy tabiati. Isitmaning har xil bosqichlarida termoregulyasiyaning buzilishi va ularning mexanizmlari. Isitma reaksiyasi, tiplari haqida tushuncha. Isitmada fiziologik funksiyalarni va moddalar almashinuvini buzilishi. Isitmaning biologik ahamiyati. Download 5,01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling