Sаbzаvоtchilikdа innоvаtsiоn tехnоlоgiyalаr vа ulаrning iqtisоdiy sаmаrаdоrligi
Qishloq xojaligi iqtisodiyoti fanidan mustaqil talim ISHI
Й и л л а р
| ||||||||
2000й.да 1995й. дагига нис. % | ||||||||
1995 |
1996 |
1997 |
1998 |
1999 |
2000 | |||
Ғалла экинлари |
1656,5 |
1740,5 |
1757,3 |
1686,8 |
1723,1 |
1611,9 |
97,3 | |
шундан: |
|
|
|
|
|
|
| |
-буғдой |
1164,4 |
1328,7 |
1458,8 |
1412,4 |
1419,6 |
1354,8 |
116,3 | |
Техника экинлари |
1532,6 |
1525,1 |
1536,0 |
1614,1 |
1607,0 |
1471,2 |
96,0 | |
шундан: |
|
|
|
|
|
|
| |
-пахта |
1492,2 |
1487,3 |
1511,9 |
1631,6 |
1517 |
1443,7 |
96,8 | |
Картошка, сабзавот, полиз экинлари |
244,3
|
219,9
|
322,5
|
231,3
|
238,7
|
263,8
|
108,0
| |
Ем-хашак экинлари |
731,6 |
521,5 |
500,4 |
497,5 |
449 |
428 |
58,5 | |
Ж а м и |
4165 |
4007 |
4116,2 |
4029,7 |
4017,8 |
3774,9 |
90,6 |
*Respublika Makroiqtisod va statistika vazirligi maʼlumotlari asosida tayѐrlangan.
Lekin shu yillar mobaynida yetarli darajada asoslanmagan holda yem-xashak ekinlarining maydoni 303,6 ming gektarga ѐki 41,5 foizga qisqartirilgan. Qisqartirilgan maydonlarga asosan bug‘doy, kartoshka hamda poliz ekinlari ekilgan. Natijada bug‘doy ekilgan maydon respublika bo‘yicha 1164,4 ming gektardan (1995 y.) 1354,8 ming gektarga (2000y.) yetkazilgan va 190,4 ming gektarga ѐki 16,5 foizga ko‘paygan.
Agrar-iqtisodiy islohotlar amalga oshirila borishi natijasida o‘simlikchilik mahsulotlari yetishtirishda nodavlat sektorining ulushi ortmoqda. 2001 yilning boshiga jami ekin maydonining 37,2 foizi shirkat, 31,7 foizi fermer xo‘jaliklari ixtiѐrida.
Kelajakda dehqonchilik mahsulotlari yetishtirish bilan fermer va dehqon xo‘jaliklari shug‘ullanishi maqsadga muvofiqdir.
Ekin maydonlari tarkibi o‘zgarishi tufayli umumiy ekin maydonidagi ekinlar salmog‘i ham o‘zgarmoqda. 1995 yilda donli ekinlarning salmog‘i 39,8 foiz bo‘lgan bo‘lsa, 2000 yilga kelib, 42,7 foizni tashkil etgan ѐki 2.9 foizga oshgan, texnika ekinlarining salmog‘i shu davrda 2.2 foizga ortib, 2000 yilda 39 foizni tashkil qilgan. Aholi uchun eng zarur oziq-ovqat hisoblangan kartoshka, sabzavot va poliz ekinlari maydonining salmog‘i 1.1 foizga ko‘paygan. Lekin yem-xashak ekinlarining salmog‘i qisqarib bormoqda. Bunday xol ekinlarni almashlab ekishga salbiy taʼsir etishi mumkin. Shuning uchun kelajakda ekin maydonlari salmog‘ini tartibga solishda almashlab ekish joriy etilishini taʼminlashga alohida eʼtibor berish lozim.
Respublika qishloq xo‘jaligida ekinlar maydonlari o‘zgarishi natijasida yetishtirilaѐtgan mahsulotlar miqdori ham o‘zgarmoqda. Agar 1995 yilda mamlakat bo‘yicha jami 3215,3 ming tonna don mahsulotlari yetishtirilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2000 yilda 3915,7 ming tonnani, 2002 yilda esa 5,4 mln. tonnani tashkil etdi. G‘alla yetishtirish 2000 yilda 1995 yildagiga nisbatan 21,8 foizga, 2002 yilda esa 46,2 foizga oshdi. Lekin shu yillarda bug‘doy yetishtirish ustuvor suʼratlarda ko‘paygan. Uning miqdori 2000 yilda 53,9 foizga, 2002 yilda esa 69,4 foizga oshgan. G‘alla yetishtirish hajmi Qashqadarѐ va Surxondarѐ viloyatlaridan tashqari barcha viloyatlarda oshib bomoqda (32-jadval).
32-jadval
Respublika viloyatlari qishloq xo‘jalik korxonalarida yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlari*
|
Do'stlaringiz bilan baham:
ma'muriyatiga murojaat qiling