Saddi Iskandariy" dostonidagi hikoyatlar tahlili "


Download 187.89 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.12.2022
Hajmi187.89 Kb.
#1031399
Bog'liq
SADDI ISKANDAR-WPS Office



"SADDI ISKANDARIY"
DOSTONINI ÒQISH






Saddi Iskandariy” dostonidagi hikoyatlar tahlili
1.“Xamsa”ning yaratilish tarixidan
2. ”Saddi Iskandariy” dostonidagi Iskandar
obrazi
3. Dostondagi hikoyatlarning g„oyaviy-badiiy
talqini


"SADDI ISKANDARIY" DOSTONI
•SADDI ISKANDARIY" ("Iskandar devori") — "Xamsa" (Navoiy)ning
yakunlovchi dostoni (1485). Asar 89 bob, 7215 baytdan iborat boʻlib,
Navoiy ijodidagi hajman eng yirik epik asardir. Doston aruzning mutaqorib
bahrida yozilgan. Xamsanavislikning buyuk namoyandalari: Nizomiy
Ganjaviy, Hisrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiylar
Iskandar toʻgʻrisida doston yozib, oʻz "Xamsa"lariga kiritganlar. Dastlab
musulmon dunyosida Qurʼoni karimning Kahf surasida nomi zikr etilgan
hukmdor Zulqarnayn (Ikki shoxli, 18sura, 83 —98oyatlar) hamda yunon
sarkardasi va davlat arbobi Aleksandrni bitta shaxs deb bilishgan va u
sarkarda Iskandar Zulqarnayn nomi bilan mashhur boʻlgan. Mazkur
Iskandarnomalarga Iskandar timsolidagi Aleksandr faoliyati mavzu qilib
olingan. Ammo asarlarda Iskandar timsoli tarixiylikdan tobora uzoqlashib,
badiiy toʻqima obrazga aylana borgan. Har bir Xamsanavis Iskandar
timsolida oʻz ideallarini talqin etishga harakat qilgan.(Shayxlar va domlalar
tasdiqlashadiki, Iskandar Zulqarnayn va Aleksandr Makedonskiy farqli
odamlardir, sababi Aleksandr Makedonskiy kofir bo'lgan. Iskandar
Zulqarnayn esa bir necha bor Allohning yagonaligiga ishonch bildirgan)




Navoiy oʻz asari avvalida, salaflaridan farqli oʻlaroq, tarixiylikka, koʻproq
tarix kitoblariga tayanib ish koʻrganini yozadi. Navoiy bu oʻrinda oʻz asarida
Iskandar haqidagi boblar izchilligining Qurʼondagi Zulqarnayn haqidagi
oyatlarga hamda tarixiy shaxs Aleksandr faoliyatiga muvofiq kelishini
nazarda tutgan. Dostonning "S.I." deb nomlanishida ham Qurʼoni
karimning Navoiy uchun birlamchi manba boʻlganligi seziladi.
Navoiy talkinida Iskandar odil shoh, u dunyoni kufrdan, jaholatdan tozalab,
butun dunyoda adolatni joriy etish, bashariy tartib qoidalarni katta
olamdagi tartib qoidalarga muvofiqlashtirish maqsadida xalqlar ustiga
yurishlar qilgan. Bu esa sufiyona talqin boʻlib, dostondagi muqaddima
boblar, Iskandar voqealari hikoya qilingan boblar hamda unga ilova
boblarda ham shoirning tasavvufiy qarashlari ustuvorligini koʻrish mumkin.
Mas, Iskandar shisha sandiq yasab, dengiz tubiga tushadi, turfa
ajoyibotlarni koʻrib, vataniga qaytadi. U vafot etar ekan, bir qoʻlini tobutdan
chiqarib qoʻyishlarini soʻraydi. Asarda Navoiy insonni bu foniy dunyo hoyu
havaslariga ortiqcha ruju qoʻymaslikka chaqirib, garchi Iskandar jahonni
egallagan jahongir boʻlsada, u narigi dunyoga hech narsasiz
ketayotganligiga ishora qiladi.




"Saddi Iskandariy" bosh qahramonining zafarli yurishlarida unga
dunyo sirlaridan boxabar donishmandlar hamroh bo‘lgan. Turli
joylarda uchragan kutilmagan to‘siqlar olimlar ilmi bilan bataraf
etilgan.
Dostoning LXXXI bobida Iskandarning vafotidan so‘ng dilbandining
qabrini makon etib tunu kun farzand dog‘ida o‘rtanayotgan onaga
tasalli berish maqsadida yetti donishmand tashrif buyuradi. Ular -
Filotun, Suqrot, Balinos, Buqrot, Hurmus, Farfinyus, Arastulardir.
Aslida bu donishmandlar bir-biridan juda uzoq davrlardan
yashamagan bo‘lsa-da, ulardan faqat Arastu Makedonskiyga
zamondosh va faqat u Aleksandrga doimiy hamrohlik qilgan. Shu
jihatdan, bu olimlarning birgalikda ta'ziya izhor etgani kelishi tarixiy
haqiqatdan yiroq. Bu o‘rinda shoir aql-idrok, ilmu mahrifat bilan
boshqarilgan saltanat qudratli bo‘lishi, Iskandarning kuch-qudrati
manbai ana shu donishmandlar ekaniga ishora qilmoqda. Shuning
bilan birga bu yerda pir-muridlik munosabatlari ham ko‘zda tutilgan.
Dostonda Arastu - piri komil, Iskandar esa komillikka intilgan murid
timsolidir.


E'tiboringiz uchun tashakkur
322-guruh 1-bosqich talabasi
MAMAYUSUPOVA
NILUFARning
tahliliy òqish fanidan
tayyorlagan taqdimoti

Download 187.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling