«Saddi Iskandariy» qahramonlik dostoni. «Saddi Iskandariy»


Download 17.46 Kb.
Sana04.11.2020
Hajmi17.46 Kb.
#140650
Bog'liq
Alisher Navoiy Saddi Iskandariy



«Saddi Iskandariy» - qahramonlik dostoni. 
«Saddi  Iskandariy»  Navoiy  ijtimoiy-siyosiy  qarashlarining  yorqin  badiiy 
ko`zgusidir.  Adolatli  va  ma`rifatparvar  podsho  boshchiligidagi  markazlashgan 
davlat  uchun  kurash  dostonning  asosiyg`oyaviiy  motividir.  Navoiy  dostonda 
adolatli  va  ma`rifatparvar  shozning  mukammal  qiyofasini  ko`rsatgin,  o`zining 
ijtimoiy  siyosiy  qarashlari,  orzu-intilishlarini  badiiy  mukassamlashtirishni  o`z 
oldiga maqsad qilib qo`yadi. 
Iskandar nomi ostida, odatda, yaqin va o`rta Sharq mamlakatlarida Iskandari 
Zulqarnayn,  Iskandari  Rumiy  yoki  Iskandar  Maqdon  deb  yuritiladigan  Aleksandr 
Makedonskiy  tasavvur  qilinadi.  Biroq  Navoiy  qahramoni  bilan  tarixiy  Iskandar 
o`rtasida  ayrim  o`xshash  belgilar  bo`lsa-da,  Navoiy  Iskandari  mutloqa  tarixiy. 

Iskandar Navoiy orzu qilgan adolatli va ma`rifatparvor ideal podshoning xayoldagi


romantik  timsolidir.  Buning  uchun  Aleksandr  Makedonskiy  va  uning  badiiy 
adabiyotda  an`anaviy  bir  timsolga  aylanishi  haqida  qisqacha  bo`lsa  ham  aynib 
ftishga to`g`ri keladi. 
Aleksandr  Makedonskiy  (356-323  yillar)  qadimgi  dunyoning  mashhur 
lashkarboshisi va davlat arbobidir. 
Aleksandr Makedonskiy vafotidan keyin ko`p o`tmay uning hayoti va harbiy 
yurishlari  haqidagi  Kliparx  va  Oneskrit  asar  yaratadilar.  Bu  asar  grek  yozuvchisi 
Plutarxning  (46-126)  Makedonskiy  haqidagi  tarixiy-biografik  asarlar  bilan  bir 
qatorda yaratildi. Afsona va rivoyatlar paydo bo`la boshladi. 
X  asrdan  boshlab  Iskandar  timsoli  yozma  etik  she`riyatning  an`anaviy 
timsoli  sifatida  takominlashib  bordi.  X  asrning  buyuk  san`atkori  Firdavsiy 
«Shahnoma»da  Iskandar  haqida  maxsus  doston  yaratdi.  Firdavsiy  dostonining 
asosini Iskandarning qahramonlik, ko`proq fantastik, sarguzashtalari tashkil qiladi. 
Firdavsiy  Iskandarning  Doroga  (ahmoniylar  sulolasi)  qarshi  jangi,  Hindiston, 
Miyor, Hitoy va boshqa mamlakatlarga yurishi zulmatga kirishi,g`ov qurib, ya`juj-
ma`nunlarning  yo`lini  to`sishi,  turli  dohshatli  hayvonlarga  qarshi  jangi  va 
boshqalarni hikoya qiladi. 
Nizomiyning «Iskandarnoma»si bilan Iskandar timsoli yaqin va O`rta Sharq 
xalqlari  adabiyotida  yangi  taraqqiyot  pog`onasiga  kutarildi  va  Xamsachilikning 
an`anaviy  timsoli  bo`lib  qoldi.  Nizomiy  Iskandar  timsolida  adolatli  podsho 
qiyofasini  tasvirlashni  maqsad  qilib  qo`ydi.  U  tariyxiy  asarlardan,  xalq  og`za 
badiiy  ijodidian  keng  foydalandi.  Biroq  Nizomiy  fantastik  sarguzashtlarni 
kamaytirib,  Iskandarning  faoliyatini  va  Iskandar  timsolining  ichki  mohiyatini 
«o`laroq va mukamlaxroq yoritishga intiladi. Shoir Iskandar timsolini, to`g`rirog`i, 
bu timsoldan tutilgan maqsadni o`z zamonasi va zamini bilan bog`laydi. 
Nizomiydan  taxminan  100  yil  keyin  1300-1301  yillarda  ulug`  hind  shoiri 
Amir  Xisrav  Dehlaviy  «Oynan  Iskandariy»  dostonini  yaratadi.  Nizomiyning 
Iskandar haqidagi tariyxiy-afsonaviy manbalardan mukammal foydalanganini qayd 
etgan  Xisrav  Dehlaviy  o`z  dostoni  syujetida  asosan  «Iskandarnoma»  voqealariga 
tayanadi.  Lekin,  shu  bilan  birga,  u  «Iskandarnoma»dan  xiyla  erkin  foydalanib, 
dostonga  bir  qator  yangi  hikoya  va  timsil-timsollar  kiritadi  Xisrav  Dehlaviy 
Nizomiy  dostonining  kompozitsiyasini  xiyla  mukammallashtiradi.” Oyinayi 
Iskandariy”ning  tili  ancha  sodda,  uslubi  ravon  bo`lib,  fors-tojik  tilida  yaratilgan. 
Dostonning  yana  boshqa  fazilatlari  ham  bor.  Bu  birinchi  galda  Xisrav 
Dehlaviyning  tabiatni,  uning  hodisalari  va  ujurlarini,  ilohiylikni  tasvirlashdagi 
mahoratida ko`rinadi. 
Xullas,  Navoiyning  «Saddi  Iskandariy»  dostonicha  qadar  Iskandar  timsoli 
uzoq asrlar davomida murakkab takomil bosqichini kechib utib, Xamsachidlikning 
an`anaviy  timsoliga  aylandi.  Navoiy  Iskandari  ana  shu  adabiy  an`analar 
taraqqiyotida yangi va ulkan hodisa bo`ldi. 
Navoiyning  «Saddi  Iskandariy»  dostonida  Iskandarning  to`g`ilishi,  yoshlik 
yillari,  ta`lim-tarbiyasi,  Faylaqusning  vafoti  va  Iskandarning  taxtga  chiqish  uning 
Dora  bilan  to`qtashuvi,  Eronni  egallab  olib,  u  erda  adolat  o`rnatishi,  Kashmirga 

yurish  qilib  zolim  Malluni  engishi,  Hind  shohi  va  Chin  xoqoni  bilan  do`stona 


bitishuvi,  Mag`ribda  vahshiylarga  qarshi  jongi,  Kirvon  o`lkasida  ya`nun  va 
ma`junlarning yo`lini to`sish uchun sad-devor barno etishi hamda dengiz sayohati 
Iskandar sarguzashtalarining asosini tashkil qiladi. 
A.Navoiy  Iskandar  timsolini  tayyor  holda  bermaydi,  uni  voqealar  rivoji 
bilan  birga  pog`onama  –pog`ona  o`stirib,  tokomillashtirib  boradi.  Bu 
jihatdanNavoiiyning  Iskandari  Dehnaviynikidan  farq  qilib,  Nizomiy  qahramoniga 
yaqin turadi. 
Navoiy shahzoda Iskandar obraziga, uning go`daklik yillari, ta`lim-tarbiyasi 
va  bolag`otga  etishishga  katta  e`tibor  berldi.  Shahzoda  toji-taxt  va  mol-davlatga 
emas, balki ilm-fanga, olijanob insoniy fazilatlarni egallashga intiladi. 
 
Download 17.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling