«Saddi Iskandariy» qahramonlik dostoni. «Saddi Iskandariy»
Download 17.46 Kb.
|
Alisher Navoiy Saddi Iskandariy
«Saddi Iskandariy» - qahramonlik dostoni. «Saddi Iskandariy» Navoiy ijtimoiy-siyosiy qarashlarining yorqin badiiy ko`zgusidir. Adolatli va ma`rifatparvar podsho boshchiligidagi markazlashgan davlat uchun kurash dostonning asosiyg`oyaviiy motividir. Navoiy dostonda adolatli va ma`rifatparvar shozning mukammal qiyofasini ko`rsatgin, o`zining ijtimoiy siyosiy qarashlari, orzu-intilishlarini badiiy mukassamlashtirishni o`z oldiga maqsad qilib qo`yadi. Iskandar nomi ostida, odatda, yaqin va o`rta Sharq mamlakatlarida Iskandari Zulqarnayn, Iskandari Rumiy yoki Iskandar Maqdon deb yuritiladigan Aleksandr Makedonskiy tasavvur qilinadi. Biroq Navoiy qahramoni bilan tarixiy Iskandar o`rtasida ayrim o`xshash belgilar bo`lsa-da, Navoiy Iskandari mutloqa tarixiy. Iskandar Navoiy orzu qilgan adolatli va ma`rifatparvor ideal podshoning xayoldagi romantik timsolidir. Buning uchun Aleksandr Makedonskiy va uning badiiy adabiyotda an`anaviy bir timsolga aylanishi haqida qisqacha bo`lsa ham aynib ftishga to`g`ri keladi. Aleksandr Makedonskiy (356-323 yillar) qadimgi dunyoning mashhur lashkarboshisi va davlat arbobidir. Aleksandr Makedonskiy vafotidan keyin ko`p o`tmay uning hayoti va harbiy yurishlari haqidagi Kliparx va Oneskrit asar yaratadilar. Bu asar grek yozuvchisi Plutarxning (46-126) Makedonskiy haqidagi tarixiy-biografik asarlar bilan bir qatorda yaratildi. Afsona va rivoyatlar paydo bo`la boshladi. X asrdan boshlab Iskandar timsoli yozma etik she`riyatning an`anaviy timsoli sifatida takominlashib bordi. X asrning buyuk san`atkori Firdavsiy «Shahnoma»da Iskandar haqida maxsus doston yaratdi. Firdavsiy dostonining asosini Iskandarning qahramonlik, ko`proq fantastik, sarguzashtalari tashkil qiladi. Firdavsiy Iskandarning Doroga (ahmoniylar sulolasi) qarshi jangi, Hindiston, Miyor, Hitoy va boshqa mamlakatlarga yurishi zulmatga kirishi,g`ov qurib, ya`juj- ma`nunlarning yo`lini to`sishi, turli dohshatli hayvonlarga qarshi jangi va boshqalarni hikoya qiladi. Nizomiyning «Iskandarnoma»si bilan Iskandar timsoli yaqin va O`rta Sharq xalqlari adabiyotida yangi taraqqiyot pog`onasiga kutarildi va Xamsachilikning an`anaviy timsoli bo`lib qoldi. Nizomiy Iskandar timsolida adolatli podsho qiyofasini tasvirlashni maqsad qilib qo`ydi. U tariyxiy asarlardan, xalq og`za badiiy ijodidian keng foydalandi. Biroq Nizomiy fantastik sarguzashtlarni kamaytirib, Iskandarning faoliyatini va Iskandar timsolining ichki mohiyatini «o`laroq va mukamlaxroq yoritishga intiladi. Shoir Iskandar timsolini, to`g`rirog`i, bu timsoldan tutilgan maqsadni o`z zamonasi va zamini bilan bog`laydi. Nizomiydan taxminan 100 yil keyin 1300-1301 yillarda ulug` hind shoiri Amir Xisrav Dehlaviy «Oynan Iskandariy» dostonini yaratadi. Nizomiyning Iskandar haqidagi tariyxiy-afsonaviy manbalardan mukammal foydalanganini qayd etgan Xisrav Dehlaviy o`z dostoni syujetida asosan «Iskandarnoma» voqealariga tayanadi. Lekin, shu bilan birga, u «Iskandarnoma»dan xiyla erkin foydalanib, dostonga bir qator yangi hikoya va timsil-timsollar kiritadi Xisrav Dehlaviy Nizomiy dostonining kompozitsiyasini xiyla mukammallashtiradi.” Oyinayi Iskandariy”ning tili ancha sodda, uslubi ravon bo`lib, fors-tojik tilida yaratilgan. Dostonning yana boshqa fazilatlari ham bor. Bu birinchi galda Xisrav Dehlaviyning tabiatni, uning hodisalari va ujurlarini, ilohiylikni tasvirlashdagi mahoratida ko`rinadi. Xullas, Navoiyning «Saddi Iskandariy» dostonicha qadar Iskandar timsoli uzoq asrlar davomida murakkab takomil bosqichini kechib utib, Xamsachidlikning an`anaviy timsoliga aylandi. Navoiy Iskandari ana shu adabiy an`analar taraqqiyotida yangi va ulkan hodisa bo`ldi. Navoiyning «Saddi Iskandariy» dostonida Iskandarning to`g`ilishi, yoshlik yillari, ta`lim-tarbiyasi, Faylaqusning vafoti va Iskandarning taxtga chiqish uning Dora bilan to`qtashuvi, Eronni egallab olib, u erda adolat o`rnatishi, Kashmirga yurish qilib zolim Malluni engishi, Hind shohi va Chin xoqoni bilan do`stona bitishuvi, Mag`ribda vahshiylarga qarshi jongi, Kirvon o`lkasida ya`nun va ma`junlarning yo`lini to`sish uchun sad-devor barno etishi hamda dengiz sayohati Iskandar sarguzashtalarining asosini tashkil qiladi. A.Navoiy Iskandar timsolini tayyor holda bermaydi, uni voqealar rivoji bilan birga pog`onama –pog`ona o`stirib, tokomillashtirib boradi. Bu jihatdanNavoiiyning Iskandari Dehnaviynikidan farq qilib, Nizomiy qahramoniga yaqin turadi. Navoiy shahzoda Iskandar obraziga, uning go`daklik yillari, ta`lim-tarbiyasi va bolag`otga etishishga katta e`tibor berldi. Shahzoda toji-taxt va mol-davlatga emas, balki ilm-fanga, olijanob insoniy fazilatlarni egallashga intiladi. Download 17.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling