Sadihanova rovzaxon


Download 241.5 Kb.
Sana14.11.2020
Hajmi241.5 Kb.
#145551
Bog'liq
3-sinf-Ona-tili






O`ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI

NAMANGAN VILOYATI XALQ TA'LIMI BOSHQARMASI

NAMANGAN TUMAN XALQ TA'LIMI MUASSASALARI

FAOLIYATINI METODIK TA`MINLASHNI TASHKIL

ETISH BO`LIMIGA QARASHLI 22-SONLI

UMUMIY O`RTA TA'LIM MAKTABINING

BOSHLANG`ICH SINF O`QITUVCHISI

SADIHANOVA ROVZAXONning

ONA –TILI fanidan

BIR SOATLIK


Ushbu dars ishlanma 3 - sinflar uchun mo`ljallangan bo`lib, darslarda foydalanish mumkin.

Muallif: Sadihanova Rovzaxon

Namangan tuman 22 – sonli umumiy o`rta ta'lim

maktabi Boshlang`ich sinf o`qituvchisi


Muharrir: M. Nasriddinova Namangan tumanXTMFMFva TE

bo’limi boshlang’ich ta’lim uslibchisi.

Taqrizchi: J Norqo’ziyeva 22 maktab o’quv ishlari bo’yicha

direktor o’rinbosari

M. Qo’shmanova 22- sonli umumiy o`rta

ta'lim maktabi boshlang`ich sinf



o`qituvchilari uslubiy birlashma

rahbari
Ushbu dars ishlanmasi 2015 yil ________dagi Namangan TXTMFMTvaTEbo’limi boshlang’ich ta’lim o’quv metodika kengashining _____ sonli qarori bilan tasdiqlanib foydalanish uchun tavsiya etiladi.
3-SINF ONA TILI

Dars mavzusi: O`zak va o`zakdosh so`zlar.

1 Darsning maqsadi: :

a) Ta’limiy: o’quvchilarni o’tilgan mavzu yuzasidan egallagan bilimlarini mustahkamlash va mustaxkamlash va nutqda to`g`ri qo`llay olish malakasini oshirish Ona tilini e`zozlagan holda chet tiliga bo`lgan qiziqishlarini kuchaytirish

b) Tarbiyaviy: mavzuni o’quvchilar ongiga singdirish jarayonida ularga o’tkir zehinli bo’lishga yo’nalish bera olish, chaqqonlikka o’rgatish, birodarlik ruhida tarbiyalash;
d) Rivojlantiruvchi: o’quvchilarni bilimdon, zukko bo’lishiga, hayotdagi har bir narsani qadirlashga, atrofga mehr bilan munosabatda bo’lishga undash, darsning mohiyatini yoritishda o’quvchilar faolligini rivojlantirib borish.

Dars turi: O`tilganlarni takrorlash, noananaviy

Dars uslubi: Og`zaki , yozma , “aqliy hujum”, “baxtli tasodif topshiriqlari”, darslik, AKT, rasmlar

Dars jihozi: 3- sinf “Ona tili” darsligi, mavzuga oid rasmlar, didaktik materiallar, axborot texnologiyalari bilan jihozlangan xona.

Darsning texnik chizmasi




Dars bosqichlari

Belgilangan vaqt

1

Tashkiliy qism

5

2

Faollashtiruvchi bosqich;guruhlarni nomlash,o’tilgan mavzuni mustahkamlash,dam olish daqiqasi

10

3

Yangi mavzuning bayoni

20

4

Darsni mustahkamlash.Guruhlar uchun mustaqil ish

5

5

O’quvchilarni baholash

3

6

Uyga vazifa

2

Darsning borishi:
I Tashkiliy qism. Har kun ertalab turib

Boramiz maktab tomon,

Bizlar bilimga chanqoq

Ustozimiz mehribon

Qo`limiz ko`ksimizda

Hamma Assalomu alaykum



O’qituvchi: Va alaykum assalom, bolajonlarim!

Navbatchi ma’lumoti.

O’qituvchi: Bolajonlar hoziegi sabog`imiz nima

ekan

O’quvchi: Ustoz, hozirgi sabog`imiz bizga ko`pdan-ko`p bilimlarni o`rgatuvchi oha-tili darsi bo`ladi.

O’qituvchi: Aziz bolajonlarim, mening gul marjonlarim

Vatan so`zin ma`nosin, aytib bering bizlarga
O`quvchilar vatan haqida she`rlar aytadilar, vatanni ta`riflaydilar.

Gerbimiz.


Bayrog’imiz. Mustaqilligimiz.



DTS talablarini aytadilar.

O’qituvchi:Qani bollalar bu yil qanday yil ekan , “Keksalarni e`zozlash yili”

O`quvchilar “Keksalarni e`zozlash yili” haqida she`rlar aytadilar.



II O`tilgan mavzuni mustaxkamlash:
Baxtli tasodif ” topshirig`idan foydalanib o`quvchilarga 5 ta konvert ko`rsatiladi. 1 ta convert ichida “Omadli 5” so`zi yozilgan bo`ladi.

O`quvchilar konvertdagi savollarga birin-ketin doskaga chiqib javob berishadi. Kimga “Baxtli tasodif ” chiptasi tushsa o`quvchilar qarsak chaladi va rag`batlantiriladi.

Ot, sifat, son so`z turkumariga oid ingliz tilida so`zlar aytishadi.
So`z payrovlari o`tkaziladi
Dam olish daqiqasi

Yangi mavzuni bayoni:
III Yangi mavzu: O`zak va o`zakdosh so`zlar.
IV. Mustahkamlash.

5- ortiqcha” topshirig`ini bajaradilar



1. Gulzor, o`tloq, suvchi, gulli, ishsiz, 2015 yil

2. Keksalarni, chiroyli, kehg, shirin, oq

3. Menga, Karimning, kitobda, e`zozlash, sinfdan

4 Bordi, keldi, yugurdi, yili, sakradi

O`quvchilar ortiqcha so`zlarni topadilar . Bu so`zlarni qo`shib o`qiymiz.

2015 -Yil “Keksalarni e`zozlash yili”

So`z yasovchi va so`zlarno bog`lovchi qo`shimchalarni olgan so`zlar yozib “BAHOR” ko`rinishini hosil qilamiz.



V. O’quvchilarni olgan sovg`achalari sanalib rag`batlantieiladi. Sovg`achalardan O`zbekiston Respublakasining davlat baerog`ini yasaymiz.

VI. Uyga vazifa : 346-mashq

Foydalanilgan adabiyotlar:

1 Ona –tili darsligi 3-sinf uchun

2 3-sinfda ona tili darslari metodik qo’llama



3 Boshlang`ich ta`lim jurnallari
Download 241.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling