Sadihanova rovzaxon
Download 241.5 Kb.
|
3-sinf-Ona-tili
O`ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI NAMANGAN VILOYATI XALQ TA'LIMI BOSHQARMASI NAMANGAN TUMAN XALQ TA'LIMI MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK TA`MINLASHNI TASHKIL ETISH BO`LIMIGA QARASHLI 22-SONLI UMUMIY O`RTA TA'LIM MAKTABINING BOSHLANG`ICH SINF O`QITUVCHISI SADIHANOVA ROVZAXONning ONA –TILI fanidan BIR SOATLIK Ushbu dars ishlanma 3 - sinflar uchun mo`ljallangan bo`lib, darslarda foydalanish mumkin. Muallif: Sadihanova Rovzaxon Namangan tuman 22 – sonli umumiy o`rta ta'lim maktabi Boshlang`ich sinf o`qituvchisi Muharrir: M. Nasriddinova Namangan tumanXTMFMFva TE bo’limi boshlang’ich ta’lim uslibchisi. Taqrizchi: J Norqo’ziyeva 22 maktab o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari M. Qo’shmanova 22- sonli umumiy o`rta ta'lim maktabi boshlang`ich sinf o`qituvchilari uslubiy birlashma rahbari Ushbu dars ishlanmasi 2015 yil ________dagi Namangan TXTMFMTvaTEbo’limi boshlang’ich ta’lim o’quv metodika kengashining _____ sonli qarori bilan tasdiqlanib foydalanish uchun tavsiya etiladi. 3-SINF ONA TILI Dars mavzusi: O`zak va o`zakdosh so`zlar. 1 Darsning maqsadi: : a) Ta’limiy: o’quvchilarni o’tilgan mavzu yuzasidan egallagan bilimlarini mustahkamlash va mustaxkamlash va nutqda to`g`ri qo`llay olish malakasini oshirish Ona tilini e`zozlagan holda chet tiliga bo`lgan qiziqishlarini kuchaytirish b) Tarbiyaviy: mavzuni o’quvchilar ongiga singdirish jarayonida ularga o’tkir zehinli bo’lishga yo’nalish bera olish, chaqqonlikka o’rgatish, birodarlik ruhida tarbiyalash; d) Rivojlantiruvchi: o’quvchilarni bilimdon, zukko bo’lishiga, hayotdagi har bir narsani qadirlashga, atrofga mehr bilan munosabatda bo’lishga undash, darsning mohiyatini yoritishda o’quvchilar faolligini rivojlantirib borish. Dars turi: O`tilganlarni takrorlash, noananaviy Dars uslubi: Og`zaki , yozma , “aqliy hujum”, “baxtli tasodif topshiriqlari”, darslik, AKT, rasmlar Dars jihozi: 3- sinf “Ona tili” darsligi, mavzuga oid rasmlar, didaktik materiallar, axborot texnologiyalari bilan jihozlangan xona. Darsning texnik chizmasi
Darsning borishi: I Tashkiliy qism. Har kun ertalab turib Boramiz maktab tomon, Bizlar bilimga chanqoq Ustozimiz mehribon Qo`limiz ko`ksimizda Hamma Assalomu alaykum O’qituvchi: Va alaykum assalom, bolajonlarim! Navbatchi ma’lumoti. O’qituvchi: Bolajonlar hoziegi sabog`imiz nima ekan O’quvchi: Ustoz, hozirgi sabog`imiz bizga ko`pdan-ko`p bilimlarni o`rgatuvchi oha-tili darsi bo`ladi. O’qituvchi: Aziz bolajonlarim, mening gul marjonlarim Vatan so`zin ma`nosin, aytib bering bizlarga O`quvchilar vatan haqida she`rlar aytadilar, vatanni ta`riflaydilar. Gerbimiz. Bayrog’imiz. Mustaqilligimiz. DTS talablarini aytadilar. O’qituvchi:Qani bollalar bu yil qanday yil ekan , “Keksalarni e`zozlash yili” O`quvchilar “Keksalarni e`zozlash yili” haqida she`rlar aytadilar. II O`tilgan mavzuni mustaxkamlash: “Baxtli tasodif ” topshirig`idan foydalanib o`quvchilarga 5 ta konvert ko`rsatiladi. 1 ta convert ichida “Omadli 5” so`zi yozilgan bo`ladi. O`quvchilar konvertdagi savollarga birin-ketin doskaga chiqib javob berishadi. Kimga “Baxtli tasodif ” chiptasi tushsa o`quvchilar qarsak chaladi va rag`batlantiriladi. Ot, sifat, son so`z turkumariga oid ingliz tilida so`zlar aytishadi. So`z payrovlari o`tkaziladi Dam olish daqiqasi Yangi mavzuni bayoni: III Yangi mavzu: O`zak va o`zakdosh so`zlar. IV. Mustahkamlash. “5- ortiqcha” topshirig`ini bajaradilar 1. Gulzor, o`tloq, suvchi, gulli, ishsiz, 2015 yil 2. Keksalarni, chiroyli, kehg, shirin, oq 3. Menga, Karimning, kitobda, e`zozlash, sinfdan 4 Bordi, keldi, yugurdi, yili, sakradi O`quvchilar ortiqcha so`zlarni topadilar . Bu so`zlarni qo`shib o`qiymiz. 2015 -Yil “Keksalarni e`zozlash yili” So`z yasovchi va so`zlarno bog`lovchi qo`shimchalarni olgan so`zlar yozib “BAHOR” ko`rinishini hosil qilamiz. V. O’quvchilarni olgan sovg`achalari sanalib rag`batlantieiladi. Sovg`achalardan O`zbekiston Respublakasining davlat baerog`ini yasaymiz. VI. Uyga vazifa : 346-mashq Foydalanilgan adabiyotlar: 1 Ona –tili darsligi 3-sinf uchun 2 3-sinfda ona tili darslari metodik qo’llama 3 Boshlang`ich ta`lim jurnallari Download 241.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling