Sadullayev Olloshukur Suzish suv xavzasining anjomlari va jihozlari
Download 60.94 Kb.
|
suzish
chuqurligi 1m, uzunligi 10m, kengligi 20m dan oshmasligi tavsiya etiladi. Bunday ochiq suv xavzalarida suvning oqim tezligi soatiga 10m sek dan oshmasligi kerak. Sanitariya-epidemiologik stantsiyasi tomonidan suvning tarkibiy qismi kimyoviy analiz qilinib, ruxsat berilgan bo'lishi kerak. Basseyn chekkasi yog'ochdan yasalgan (reykalar) doskalar bilan to'silgan bo'lishi kerak. 7-11 yoshdagi bolalarni suzishga o'rgatish uchun suv xavzalari (basseyn) qurilishida bir bola uchun 3 m.kv joy xajmida rejalashtirilishi kerak. Basseynning chuqurligi sayoz joylarida 0,6m dan chuqur joylarida 0,85 gacha bo'lishi kerak. 7-14 yoshdagi bolalar bilan mashg'ulotlarni olib borishda bola soniga 4m 2 joy xajmida, chuqurligi 0,81 m dan 1,15 m gacha bo'lishi kerak. 14 yoshdan kattalar uchun basseyn chuqurligi 0,9 m dan 1,25m gacha bo'lib, xar bir shug'ullanuvchi uchun 5m 2 xajmida bo'lishi talab etiladi. Suzish yo'lkalarining oralig'i 2,5 m bo'lishi kerak. Basseyndagi suv doimiy ravishda oqin suv bilan almashinib turish xisobiga tozaligi ta'minlanadi. Suvning sifatini yaxshilash uchun suv filtrlanadi xamda dizinfektsiya qilinadi. Suvni dezinfektsiya qilish ular bilan amalga oshiriladi. Suzish mashg'ulotlari o'tkazilgandan keyin albatta toza suvda yuvinib keyin kiyinishlari shart bo'lib, bu gigienik talabni bajarilishi albatta basseyn qurilishida yoki ochiq suv xavzalarida mashg'ulotlar olib borilganda inobatga olish kerak. Yopiq suv xavzalari va basseynlarda mashg'ulotlar olib borilganda albatta bolalar maxsus kiyimda (plavkada) bo'lishi, suvga tushishi va suvdan chiqishdan keyin mashg'ulot so'ngida dushda sovun va machalkada cho'milishi shart.
Download 60.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling