Sadulloyeva gulshan ning “ona tili” fanidan


Ilm-fan sohasida qo‘llaniluvchi nutq uslubi ilmiy uslub hisoblanadi


Download 30.68 Kb.
bet3/7
Sana25.02.2023
Hajmi30.68 Kb.
#1228761
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mustaqil ish Sadulloyeva G.I

Ilm-fan sohasida qo‘llaniluvchi nutq uslubi ilmiy uslub hisoblanadi.
Ilmiy uslub daliliy ma’lumotnomalar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalarga (ta’rif-qoidalarga) ega bo‘lish, atamalarining keng qo‘llanilishi bilan boshqa uslublardan farq qiladi.

Ilmiy uslub ham o‘z ichida ikki guruhga bo‘linadi:
1) sof ilmiy uslub;
2) ilmiy-ommabop uslub.

Sof ilmiy uslub muayyan fan sohasidagi kishilarga nisbatangina qo‘llaniladi. Shuning uchun bu uslubda fanning ma’lum sohasiga doir atamalar keng qo‘llaniladi.


Ilmiy-ommabop uslubda esa fan yutuqlarini keng ommaga yetka­zish maqsad qilinadi. Shuning uchun bunday uslub publitsistik uslubga yaqinroq bo‘ladi. Ma’lum fan sohasiga doir atamalar qo‘llanilsa ham, lekin bu atamalar xalqqa tushunarli bo‘lishi uchun izohlanadi.
Sof ilmiy uslubning o‘zi ham fan tarmoqlari bo‘yicha bir-biridan farq­lanadi. Masalan, matematika uslubi bilan tarix yoki adabiyot­shunoslik uslubi bir xil emas. Тarix va adabiyotshunoslik uslubi publitsistik uslubga yaqinroq tursa, matematika fanining bayon qilish uslubida eng yuqori darajadagi mavhumlashtirish, turli xil formulalar, shakliy ifodalar orqali ilmiy xulosalarni bayon qilish kuchli bo‘ladi.


Adabiy nutq va uning uslublari
Adabiy nutq – yozuvchilar, shoirlar, olimlar tomonidan ishlangan, qat’iy me’yorlarga ega bo`lgan nutq ko`rinishidir.
Adabiy nutqning muayyan sohadagi muloqot uchun moslashtirilgan, bir qator o`ziga xos xususiyatlari bilan farqlanib turadigan ko`rinishlari - uslublari mavjud.
Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum soha doirasiga, ma’lum nutqiy vaziyatga xoslangan ko`rinishi nutq uslubi hisoblanadi.
Ayrim nutq uslubidagina qo`llani ladigan so`zlar uslubiy xoslangan so`zlar, bunday xususiyatga ega bo`lmagan so`zlar esa uslubiy betaraf so`zlardir. Olim na’matakka ilmiy izoh bersa, shoir esa unga badiiy tus beradi, metafora, o`xshatish, jonlantirish, leksik vositalar bilan shoirona kuylaydi.



Download 30.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling