Safar insonni har tomonlama toblaydi, degan gapning mohiyatini bugun ayni mustaqil
Download 110.91 Kb. Pdf ko'rish
|
EL yurt dok
Safar insonni har tomonlama toblaydi, degan gapning mohiyatini bugun ayni mustaqil hayotga qadam qo’yish jarayonida anglab borayotganga o’xshayman. 2017-yil 18-iyul. London ilmiy muzeyidagi Vilyam Mo’rdokning dvigateli oldida turib, uning ixtirosi va undan oldingi olimlarning yasagan dvigatellari o’rtasidagi farqni anglamaslikning ilojisi yo’q edi. Uning dvigateli o’z zamondoshlarining dvigatellarini mukammallik va hajm o’lchaminig qulayligiga ko’ra ancha orqada qoldirgandi. Muzey eksponatlarini kuzatar ekanman bir paytlar tarix kitobida o’qigan satrlarim: “Bu ulkan dvigatellar Britaniyaning bug’ sanoati rivojlanganini yaqqol namunasi hisoblanib, dunyoni isloh qilgan ixtirolardan biridir,”- etimini jimirlatib yubordi. Ikki haftalik Angliya sayohatidan so’ng, men O’zbekistonga qaytdim va kelajakda o’z yurtim rivojiga munosib hissa qo’sha oladigan muhandis bo’lish yo’lida ko’proq ilm olishga intila boshladim. Maqsadimni amalga oshirish yo’lida bilimlarimni yanada boyitish uchun maktab darsliklaridan tashqari “New Scientist”, “ResearchEU” va “International herald tribune” jurnallarini o’qib bordim. Menda muhandislikka oid ko’plab yangi g’oyalar aynan shu izlanishlarim orqali tug’ila bordi. Jumladan, sun’iy organlar: qo’llar va oyoqlarga bolgan ehtiyoj, tabiyatga zarar yetkazmaydigan energiya manbayi, sog’liqni saqlashda ishlatiladigan elektron qurilmalar meni juda ham o’ziga jalb qildi. Bunga bir nechta sabab bor. Birinchisi, mening ustozlarimdan birining chap qo’lining yelkadan past qismi kesib tashlangan edi. Unga kelajakda sun’iy qo’l yasab berish va bu ishim muaffaqiyatli chiqishi haqida o’ylaganimda yanada muhandislikka bo’lgan muhabbatim chuqurlashgandi. Ikkinchisi, hozirda juda ham muhim bo’layotgan, har qanday iqtisodiyotni rivojlantirishga qodir bo’lgan narsalardan biri qayta tiklanadigan energiya manbayi davlatimizga, xalqimizga va iqtisodiyotimizga juda kerakligini angladim va bu sohadagi yangi tatqiqotlar mamlakatimiz rivojiga nur ustiga a’lo nur bo’lishini his qildim. Bunday yashil energiyani tatqiqotini joriy qilish va natijaga erishishni oy’lash menga yanada ko’proq motivatsiya bag’ishlardi. Hayotimni o’zgartirib va maqsadlarimni aniqlashtirib bergan o’sha sanadan roppa-rosa 2 yil o’tib men Prezident maktabiga imtihon topshirdim. Muhtaram Prezidentimiz tashsabbuslari bilan barpo etilgan bu maktabda men maqsadlarimga yana ham yaqinlashish imkoniga ega bo’ldim. Men hozirda xalqaro darajadagi A-level fanlarini o’qiyampan va bular menga dunyoning muhandislik sohasi bo’yicha yetakchilardan biri bo’lgan AQSHdagi Purdyu Universitetiga kirishimga yordam berdi. Menga yaratilgan sharoitlarga buyuk ixtirolar bilan javob qaytarish buyuk ajdodlarimizga xos bo’lish deb hisoblayman. “El-yurt umidi” jamg’armasi stipendiyasi sovrindorligi nasib etsa Amerika Qo’shma Shtatlarida tahsil olib, bilimlarimni kengaytirib davlatimni energiya mustaqilligini ta’minlashda, muhandislik sohasini O’zbekistondagi eng rivojlangan sohalardan biriga aylantirshda hissamni qo’shsam va imkoniyati cheklanganlarga kamtarona yordamimni bera olsam men o’zimga bergan so’zimni ustidan chiqqan va maqsadimga erishgan bo’laman. Download 110.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling