Safarova muattarning


Mavzu:An’anaviy jamiyatning to‘liq qaror topishi va ma’naviyatimizning tanazzul bosqichi(XVI asr ikkinchi yarmi - XIX asr birinchi yarmi)


Download 373 Kb.
bet10/19
Sana06.10.2023
Hajmi373 Kb.
#1694050
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
Ma\'naviyatshunoslik mustaqil ish

Mavzu:An’anaviy jamiyatning to‘liq qaror topishi va ma’naviyatimizning tanazzul bosqichi(XVI asr ikkinchi yarmi - XIX asr birinchi yarmi).

Reja:
1. Islom mamlakatlari, jumladan, bizning yurtimiz qo‘lga kiritgan yutuqlami saqlab qololmaganligi sabablari.
2. Jahonda madaniyat va ma’naviyat sohasida yetakchilik qilgan, buyuk daholami tarbiyalagan xalqning qoloqlik va jaholat botg‘oga botib qolganligi.
3. An’anaviy jamiyat tushunchasi. Ma’naviyatimizning turg‘unlik holatiga tushib qolgani an’anaviy jamiyatning qaror topishiga borib taqalishi.
4. An’anaviy jamiyat va milliy iroda susayishi. An’anaviy jamiyatning moddiy, siyosiy va ma’naviy asoslarini tashkil etgan tushuncha va tuyg‘ular.

Inqirozning boshlanishi va chuqurlashishi. Islom mamlakatlari, jumladan bizning yurtimiz nega qo‘lga kiritgan yutuqlarini saqlab qololmadi? Nega jahonda madaniyat va ma’naviyat sohasida yetakchilik qilgan, buyuk daholarni tarbiyalagan xalq qoloqlik va jaholat botqog‘iga botib qoldi ? Bu savollarga javob berish uchun dastlab sharq mamlakatlarida qaror topgan mulkchilik va iqtisodiy munosabatlar xususiyatlari to‘g‘risida gapirish lozim. Zero, ular jamiyat hayotining moddiy-iqtisodiy negizini tashkil qilgan va aksariyat qadriyatlar shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan. Mustamlakachilik davrigacha sharq mamlakatlarida agrar jamiyat bo‘lganini nazarda tutsak, birinchi navbatda yerga nisbatan mulkchilik shakllari, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish xususiyatlari va munosabatlari to‘g‘risida so‘z borishi kerakligi oydinlashadi.


Turkiston tamaddunining negizini qadim zamonlardan sug‘oriladigan dehqonchilik va chorvachilik tashkil etgan. Turkiston dehqonchilik va chorvachilik madaniyatlari chambarchaslashgan, aralash yashaydigan mintaqadir. Agar boshqa mintaqalarda dehqonchilik va chorvachilik o‘rtasida aniq hududiy chegara mavjud bo‘lsa, Turkistonda bir necha dehqonchilik vohalari chorvachilik tarqalgan cho‘llar bilan navbatma-navbat joylashgan. Mintaqa hududi aniq ikkiga, chorvachilik va dehqonchilik hududlariga bo‘linmagan. Turkistonda ham, boshqa sug‘oriladigan dehqonchilik mamlakatlari kabi, yerga nisbatan xususiy mulkchilik cheklangan holda rivojlandi va xususiy mulkdorlar o‘rtasida yer to‘liq taqsimlanmadi. Uzoq o‘tmishdan yaylovlar, dashtlar, lalmi yerlar xususiy shaxslar emas, balki urug‘-jamoalar o‘rtasida taqsimlangan yo butunlay egasiz bo‘lgan. Chunki qancha katta yerni egallab olma, unga sug‘orish uchun kanal yoki ariq qazib kelish, har yili ularning loyqa cho‘kindilarini tozalab turish kerak. Bu esa faqat ko‘pchilikning, jamoaning ko‘lidan keladi.
XV-XVI asrdan boshlab yerga yirik xususiy mulkchilik biroz rivojlangan bo‘lsada, jamoa mulkchiligi va mayda mulkchilik, vaqf mulkchiligining salmog‘i undan ustun bo‘lgan. Faqat Rossiya istilosidan keyin yerga xususiy mulkchilik kuchaygan, ammo o‘shanda ham u xususiy mulkdorlar o‘rtasida to‘liq taqsimlanmagan.
Yerga xususiy mulkchilik chegaralangan holda rivojlangani uchun ishlab chiqarish konsentratsiyasi (to‘planishi) yuz bermadi va alohida shaxslar qo‘lida katta kapital to‘planmadi. Bu juda prinsipial masala. Chunki unda Sharq va G‘arbda mulkiy va ijtimoiy – sinfiy munosabatlar turli yo‘nalishda rivojlanganining sabablari yashirin.
Yevropada yer ilk feodalizm davridayoq mulkdorlar ora­sida to‘liq taqsimlangan edi. Dehqonlarning aksariyati yerga biriktirildi va asosiy yuridik huquqlaridan mahrum etildi (ayrim mayda mulkdor dehqonlar — kichik yer egalari bundan istisno). Shunday qilib, Yevropada ashaddiy ekspluatatsiyaga asoslangan krepostnoy tuzum vujudga keldi. Mulkiy munosabatlarda Yevropada mayorat (kattalik) prinsipi qaror topgan edi. Unga binoan yer meros qilib faqat bir o‘g‘liga, qoida tariqasida, to‘ng‘ichiga qoldirilgan. Yerni bo‘lib, maydalashtirishga ruxsat etilmagan.
Mulkning bo‘linmasligi Yevropada oqibat-natijada ishlab chiqarishning va kapitalning konsentratsiya bo‘lishi uchun iqtisodiy poydevor vazifasini o‘tadi. O‘ta kuchli mulkiy tabaqalanish, krepostnoy tuzum, o‘zaro begonalashish Fapb ma’naviyatiga ta’sirini o‘tkazdi: unda individualizm, yashash uchun shafqatsiz kurashga o‘z irodasini moslashtirish, an’analarga, obro‘li shaxslar va ularning fikriga muxolifli yoki tanqidli munosabatda bo‘lish va sh.k. Xislatlar zimdan asta-sekin shakllantirdi va o‘tkirlashtirdi. Mayda yer egalarida individualizm kuchayib boraverdi. Dehqonchilik sug‘orishga asoslanmagani uchun mayda yer egalarining birgalashib ariq va zovur qazish, tozalash, suvdan kelishib foydalanishiga ehtiyoj tug‘dirmadi. Jamoaviychilik tuyg‘usi va tushunchasi iqtisodiy hayotda zaminini yo‘qota boshladi. Aksincha, raqobatda, iqtisodiy qiyinchiliklarda bir parcha yeri-mulkini saqlab qolish, iloji bo‘lsa, yerini garovga qo‘ymaslik, qarz olmaslik, faqat o‘z kuchiga ishonib, kurashib yashash g‘arbliklarda individualizmni rag‘batlantirdi.
Turkistonda mayorat prinsipi qoida tarzida o‘rnatilgan emas. Shu sababdan nisbatan yirikroq mulk ham uch-to‘rt avlod o‘tgach maydalashib ketgan, chunki merosxo‘rlar orasida bo‘lingan. Jamiyatdagi mavjud huquqiy va axloqiy meyorlar birinchi navbatda mayda va jamoa mulkchiligini himoya qilishga qaratilgan. Muhammad payg‘ambarning uch narsa — yaylov (yer), suv va o‘t hammaniki bo‘lishi kerak degan ko‘rsatmasi aynan shundan dalolat beradi. Faqat ayrim feodallar, mulklarini bo‘lmasdan farzandlaridan biriga meros qoldirishga harakat qilganlar. Masalan, jo‘ybor xojalari mulkni bo‘lmaslikka uringanlar. B. Axmedov e’tirof etganidek: «Aftidan xuddi shu niyatda Xoja Muhammad Islom ikki o‘g‘li: Xoja Bobur guvohlik berishicha, Husayn Boyqaroning o‘n o‘g‘lidan “yetti-sakkiz yilda bir Muhammad Zamon Mirzodin o‘zga osor va alomat qolmadi”.Bahouddin Umar va Xoja Muhammad Qosimlarni merosdan mahrum qilib, barcha mol-mulkini katta o‘g‘li Xoja Sa’idga vasiyat qilib qoldirgan»1. Ammo bunday urinishlar qoidadan istisno tariqasida yuz bergan. Hatto xon va podshohlar ham ko‘pincha buning uddasidan chiqa olmaganlar. Davlatni bir o‘g‘liga meros qilib qoldirsalarda, uning boshqa o‘g‘illari turli viloyatlarda hokimlik qilgan va ko‘pincha otalari vafotidan keyin taxtga o‘tirgan aka yoki ukalariga buysunmay, taxt uchun, mulkni qayta bo‘lish uchun talashganlar. Shu sababdan Turkistonda yirik xonliklarning barqaror rivojlanishi uzluksiz bir necha avlodlar davomida cho‘zilmagan.

Download 373 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling