Safarova Muqaddas


Download 0.83 Mb.
bet1/2
Sana02.01.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1075122
  1   2
Bog'liq
ilk bolalik davri Safarova

Safarova Muqaddas

  • Reja:
  • 1.Ilk bolalik davri psixologiyasi
  • 2.Ilk bolalik davri psixodiagnostika
  • 3. Ilk yoshdagi bolalarning aqliy taraqqiyoti

Ilk bolalik davri va uning psixodiagnostikasi.

  • Go‘daklik davri - bu bolaning himoyasiz, kam harakat, atrofidagi hodisalarga juda kam reaksiyasi bo‘lgan boladan juda jadal ravishda rivojlanadigan, faol, tez ilg‘aydigan, harakatchan, yordamga chaqira oladigan quvnoq bolaga aylanish davridir. Go‘dak yoshidagi bola ham jismonan, ham psixik, ham ijtimoiy jihatdan juda tez rivojlanadi. U qisqa vaqt ichida kattalar bilan munosabat o‘rnatadi, predmetlarni ushlashga va ulardan foydalanishga o‘rganadi. U atrof-olamdagi narsalarni kuzatadi, predmetlarni qo‘li bilan ushlab, ularni qandayligini bilishga intiladi, tovushlarga e’tibor beradi va predmetlarni harakatlantirish yordamida shu tovushlarni o‘zi yaratishga harakat qiladi. U o‘z onasi va boshqa yaqinlari bilan emotsional munosabatga kirishadi. Juda qisqa vaqt ichida, kattalarning yaqin kelishidan quvonadigan bolaga aylanadi.
  • Ilk yoshdagi bolaning harakat faoliyati uning rivojlanish darajasini va nerv tizimining funksional holatini aks ettiradi. N.D. Levitovning ko‘rsatishicha, yangi harakatlarni egallash analizatorlarning rivojlanishi bilan chambarchas bog‘langandir, zotan kichkina bola olamni sezish yordami bilan biladigan mavjudot bo‘lganligi sababli, harakatlarning o‘z vaqtida taraqqiy etishi bolaning umumiy psixik taraqqiyotini ko‘rsatuvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. Ilk yoshdagi bolalarning muskullari juda bo‘sh bo‘ladi. Ilk bolalik davri: go‘daklik davridan so‘ng rivojlanishning yangi bosqichi - ilk bolalik (1-3 yosh) davri boshlanadi.
  • Yurishni o‘rganish bolaning jismoniy o‘sishi uchungina emas, balki uning psixik taraqqiyoti uchun ham muhim ahamiyatga egadir. Bolaning mustaqil harakat qilishi – yurishi tufayli ko‘plab predmetlarga duch keladi, ularning nimalarga ishlatilishini «amal»da ko‘rib biladi va o‘zi ham ulardan kerakli o‘rinda foydalana boshlaydi. Bola yurishni o‘rgangach, fazoni ham bila boradi. Kichkintoy bolalar «yaqindagi» fazoni qo‘llarining harakati yordamida bilib oladilar, bunda ko‘z ham, ishtirok eta boshlaydi. Bog‘chagacha yoshdagi bola «uzoqdagi» fazoni oriyentirovka qila boshlaydi. Bola yura boshlaganda, o‘z oyog‘i yordamida masofa va yo‘nalish bilan tanishadi, uning ko‘z, qo‘l va oyoqlarining o‘zaro kelishib harakat qilishi, boshlang‘ich ko‘z o‘lchovi o‘sadi hamda masofa va predmetlarning turgan joylarini birmuncha aniq aytib berish ko‘nikmasi vujudga keladi.
  • Bog‘chagacha bo‘lgan yosh davrining birinchi yarmida bolalar predmetlar bilan harakat qilib, tanishib boradilar. Harakatlarning barcha koordinatsiyasi bolada barqaror diqqatning rivojlanishiga, idrokning aniq bo‘lishiga va iroda kuchining o‘sishiga olib keladi. Ammo bolalarning harakatlari kattalarning harakatlariga taqlid qilish xarakteriga ega bo‘ladi. Biror bir harakatni o‘z vaqtida o‘zlashtirishi bilan bola uni asta-sekin mustaqil bajara boradi, bu harakat unda dadillik, ishonch va sabr-matonatlilik kabi ijobiy hislatlarning tarkib topishiga yordam beradi. Bola hayotining uchinchi yilida, ya’ni organizmning intensiv o‘sishi va rivojlanishi davrida harakatlarning kam bo‘lishi bolaning umumiy o‘sishiga salbiy ta’sir etadi. Shu sababli asosiy harakatlar (yurish, yugurish, predmetlarga tirmashib chiqish) bilan birgalikda, qo‘l harakatlariiing ham to‘g‘ri va o‘z vaqtida rivojlanishi haqida g‘amxo‘rlik qilish zarurdir. Bolaning harakatlarini asosan uning kundalik faoliyati jarayonida o‘stirib borishga e’tibor berish kerak. Masalan, mustaqil ravishda yuvinish, kiyinish, ovqatlanish, gigiyenik mashqlar, o‘yin va boshqalar.
  • Bolaning aqliy jihatdan o‘sishida makon va zamon haqidagi tushunchalarni anglashga yordam beradigan so‘zlarni o‘zlashtirib olishi muhimdir. Predmetlar o‘rtasida mavjud bo‘lgan har xil fazoviy belgilarning (masalan, katta oraliq, tor oraliq) va turli fazoviy munosabatlarning nomlarini (o‘ngda, chapda, orqada, bir qatorda) bilib olish natijasida bolalar predmetlar o‘rtasidagi bu munosabatlarni ajratib olishga o‘rganadilar. Shu tariqa, nutq predmetlarning belgilarini differensiyalash va umumiylashtirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi
  • Ilk yoshdagi bolalarning yetakchi faoliyat turi - predmetlarni o‘rganish, predmetlar bilan manipulyativ harakat hisoblanadi. Go‘daklik davridagi bolalarga nisbatan, ilk bolalik davridagi bolalar atrof muhitdagi narsa va hodisalarga nisbatan ko‘proq qiziqish bilan qaraydilar. Agar, go‘dak bola qo‘liga 64 ushlagan narsani oddiy harakatlar bilan kuzatsa, 2-3 yoshdagi bola shu predmet qismlarini diqqat bilan o‘rganganidan so‘nggina, o‘z amaliy faoliyatida ishlata boshlaydi. Bolani dastlab, ayni shu predmetlarning qo‘llanish vazifasi, mohiyati qiziqtirib, u o‘z savoliga javob olish maqsadida ko‘pincha kattalarga “Bu nima?» degan savol bilan murojaat qiladilar. 1-3 yoshdagi bola shakllanishda psixik rivojlanishning o‘ta ahamiyatliligini inobatga olgan holda, ayrim psixologlar (R.Zazzo) inson tug‘ilganidan to yetuklik davrigacha bo‘lgan psixik rivojlanish asosining taxminan o‘rtalari, 3 yoshga to‘g‘ri keladi, degan mulohazani bildiradilar. Bu yoshdan boshlab, bolalar predmetlarni o‘rganish olamiga qadam qo‘yadilar. U endi kattalar bilan nutq orqali muomala-munosabatda bo‘la oladi va sodda axloq qoidalariga amal qila boshlaydilar. Kattalar bilan bo‘ladigan muloqoti tufayli bola atrof hayot haqida ko‘proq ma’lumot oladi. Nutq - bu yoshlarda nafaqat muloqot, balki bola tafakkurining rivojlanishi va o‘zini-o‘zi, shuningdek, bilish jarayonlarini boshqarish vositasi bo‘lib ham xizmat qiladi.
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling