Navoiy Davlat Konchilik Instituti
Energo-mexanika Fakulteti
5B-17 EEE guruh talabasi
SAFAROVA SETORANING
Elektr mashinalari fanidan
MUSTAQIL ISHI
Navoiy 2019
Mavzu: O`zgarmas tok mashinalarining magnit zanjirini salt ishlash rejimi uchun hisoblash.
REJA:
1.O`zgarmas tok mashinasining magnit zanjiri va uni hisoblash.
2.O`zgarmas tok mashinasining magnitlanish xarakteristikasi.
3.O`zgarmas tok mashinasida yakor reaksiyasi.
O`zgarmas tok mashinasining magnit zanjiri va uni hisoblash.
O`zgarmas tok mashinasida qo`zg`atish chulg`ami kuch chizig`lari mashinaning magnit zanjiri orqali berkitiladigan magnit maydonini hosil qiladi.Mashinaning magnit zanjiri stanina, magnit qutblari,yakor po`lat o`zagi va havo oraliqlaridan iborat bo`ladi.1-rasmda to`rt qutbli o`zgarmas tok mashinasining magnit sistemasi ko`rsatilgan o`zgarmas tok mashinasining magnit sistemasi ko`rsatilgan. O`zgarmas tok mashinasining magnit sistemasi tarmoqlangan simmetrik magnit zanjiridan iborat bo`lib, har bir qutbning magnit oqimi teng ikki qismga bo`linib ikki qo`shni qutbga yo`naladi. 2-rasmda to`rt qutbli mashinaning havo oralig`i o`lchamipaz tishlari qatlami ,yakor po`lat o`zagi ,qutblar po`lat o`zagi,va stanina lardan iborat magnit zanjiri ko`rsatilgan.
Magnit zanjiri uchun Om qonuniga binoan magnit oqimi Ф magnitlovchi kuch F ga to`g`ri proporsional va magnit zanjirining magnit qarshiliklari yig`indisi ga teskari proporsionaldir:Ф=F/.
Do'stlaringiz bilan baham: |