HTML elementlariga Javascript orqali kirish
Yaxshi tashkillashtirilmagan HTML usullaridan foydalanmaslik oqibatida JavaScript ko’plab xatolarga olib kelishi mumkin
Masalan ushbu ikki namuna ikki xil natija ko’rsatadi:
var obj = getElementById("Doppi")
var obj = getElementById("doppi")
Ko’plab web-serverlar(APACHE, Unix) fayl nomlariga kase senstive(katta va kichik ko’rinishdagi ayni bir harf bit hil atribut hisoblanmaydi masalan: olma va Olma ayni bir o’zgaruvchi emas)dirlar:
tashkent.jpg orqali Tashkent.jpg ga kirib bo’lmaydi.
Biroq (Microsoft, IIS) web-serverlarida bu holat kuzatilmaydi:
tashkent.jpg orqali Tashkent.jpg ga kirsa bo’ladi.
Iloji boricha mayda detallarni ko’zdan qochirmang, aks holda web-sahifangiz noto’g’i aks etishi va boshqa muammolarga olib kelishi mumkin.
Har xil kutilmagan muammolardan saqlanish uchun har doim iloji boricha kichik harflardan foydalaning.
Fayl kengaytmalari
HTML fayllari .html yoki .htm kengaytmasida bo’ladi.
CSS fayllari esa .css kengaytmasida saqlanishi shart.
JavaScript fayllari .js kengaytmasida bo’lishi kerak.
.htm va .html o’rtasidagi farqlar
.html va .htm kengaytmalari orasida deyarli farq yo’q. Har ikkisidan ham istalgan brauzer orqali foydalansa bo’ladi.
Ular o’rtasidagi farq esa:
.htm ilk DOS sistemalari uchun yaratilgan bo’lib, ushbu tizimda faqat 3 harfli kengaytmalardan foydalanilgan.
.html esa Unix operatsion tizimida foydalanilgan bo’lib, Unixda hech qanday cheklashlar yo’q
Agar web-serveringizda index.html fayl nomidan foydalangan bo’lsangiz, o’z fayllaringiz ham aynan shu kengaytmada bo’lishi kerak.
HTML
Do'stlaringiz bilan baham: |