Саид Аҳмад ижоди ҳақида қуйиидаги манбалардан фойдаланинг


Download 13.54 Kb.
Sana22.11.2020
Hajmi13.54 Kb.
#149981
Bog'liq
Said Ahmad Ufq romani haqida


Саид Аҳмад ижоди ҳақида қуйиидаги манбалардан фойдаланинг

Султонова М. Ёзувчи услубига доир. “Фан”, 1973.

Ғафуров И. Прозанинг шоири. Т., Ғафур Ғулом номидаги нашриёт, 1981.

Норматов У. Уфқларнинг чин ошиғи. Т., 2008.

Саид Аҳмад санъати. Т., “Ўзбекистон”, 2010.
1. С. Аҳмаднинг “Уфқ” трилогиясини ўқиб чиқинг

2. Асар қаҳрамонларини тавсифланг

3. Асардаги асосий ғояни изоҳланг

Javobi.
1.Said Ahmadning hayoti va ijodi haqida.

2.“ Ufq ( trilogiyasi)” romanining mazmun mohiyati


3.“Ufq”(trilogiyasi)romanidagi etika kategoriyalarining namoyon bo’lishi
4.Xulosa

Mashhur oʻzbek adibi Said Ahmad (Saidahmad Husanxoʻjaev) 1920- yilning 10- iyunida Toshkent shahrining «Samarqand darvoza» mahallasida tugʻilgan. 1939-yilio‘rtamaktabni, 1943- yiliNizomiynomidagiPedagogikainstitutdabirmuddatoʻqigach, Adabiyotdarslarivato‘garaklaridaijodgabo‘lganhavasiortib, qo‘ligaqalamuhlagan. Vaqtli matbuot esa uning ijod dorilfununi bo‘lgan. 1941-yilda«Mushtum» jurnalida ishladi. 1942-1943 yillarda respublika radiosida, 1943-1947 yillarda «Qizil Oʻzbekiston» gazetasida, 1948-1950 yillarda «Sharq yulduzi» jurnalida mehnat qildi. 50-yillar boshida millatchi sifatida bir necha yil qamalib ham chiqdi.



Uning bolaligi Abdulla Qodiriy, Elbek, Oybek, Gʻafur Gʻulom singari adiblar davrasida oʻtdi. Tabiatan qiziquvchan, tinib-tinchimas Said Ahmad adabiyotga kirib kelgun
cha juda koʻp sohalarda oʻzini sinab koʻrdi: artist boʻlishga urinib koʻrdi, doktorlik maktabida oʻqidi, qurilish texnikumida tahsil oldi, rassomlik maktabiga qatnadi, mashhur fotochi Rensonga shogird tushdi, gazetalarga xabarlar yozdi.
Urush va urushdan so‘nggi yillarda Said Ahmad ko‘plab fel’eton, ocherk va hikoyalar yozgan. Uning «Er yurak» (1942), «Farg‘ona hikoyalari» (1948), «Muhabbat» (1949) kabi to‘plamlari nashr etilgan. U «Xazina», «Hayqiriq», «Rahmat, azizlarim» kabi hikoyalarida Ikkinchi jahon urushining dahshatli oqibatlarini hayajonli tasvirlaydi, urush qahramonlarini ulug‘laydi.
Adib hikoyalarida Oybekning psixologik tasvir mahorati, G‘afur G‘ulom yumori, Abdulla Qahhor bayonidagi lakonizmi mujassamdir.
Uning «Choʻl burguti», «Lochin», «Boʻston», «Toʻyboshi», «Jimjitlik», «Turnalar», «Hayqiriq», «Alla», «Muhabbatning tugʻilishi», «Qorakoʻz Majnun» singari oʻnlab
hikoyalarida sadoqat, mehr, odamgarchilik, ishonch, eʼtiqod singari maʼnaviy qadri
yatlar taʼsirchan aks ettirilgan. Adib hikoyalarida inson ruhiyati tovlanishlarini koʻrsatishga katta eʼtibor berganligi uchun ham bitganlari zavq bilan oʻqiladi va u
prozaning shoiri hisoblanadi. Yozuvchi hajviy hikoyalar yaratish boʻyicha Qahhor anʼanalarini davom ettirgan ijodkordir. Uning «Sobiq», «Qoplon», «Oʻrik domla», «Mening doʻstim Babbaev», «Muzey», «Boʻri ovi», «Xandonpista» kabi koʻplab hajviyalarida inson tabiatidagi qusurlar badiiy tadqiq etiladi. Said Ahmad hajviy soʻz jilolarini nozik payqaydi va undan mohirona foydalanadi.
Said Ahmad nasrning deyarli barcha janrlarida qalam tebratadi. Uning qishloq mavzusidagi «Qadrdon dalalar» (1949), «Hukm» (1958) qissalari, chalkash insoniy taqdir
lar mahorat bilan aks ettirilgan «Qirq besh kun» (1974) «Hijron kunlari» (1964), «Ufq boʻsagʻasida» (1969) romanlaridan iborat «Ufq» trilogiyasi, inson qismati turgʻun
lik davri qabohatlari fonida tasvirlangan «Jimjitlik» (1988) romani, Bolalar hayoti ifodalangan «Sherzod va Gulshod» (1945), dunyoning etti burchiga yoyilgan «Kelinlar qoʻzgʻoloni» (1976), yolgʻiz moʻysafid ruhiy iztiroblari aks ettirilgan «Kuyov» (1986) singari sahna asarlari adibning katta ijodiy imkoniyatlaridan dalolatdir.
Said Ahmadning barcha hikoyalari zamonaviy mavzuda yozilgan. U hikoyalarida tasvirlaydigan har bir voqeadan falsafiy umumlashma chiqarishga, voqealarni lirik ta’sirchanlik bilan ifodalashga, badiiy tasvirlarning xilma-xilligiga erishishga intiladi. «Cho‘l burguti», «O‘rik domla», «Lochin», «Odam va bo‘ri», «Bo‘ston», «To‘yboshi» kabi qator asarlari Said Ahmad ijodida ham, o‘zbek nasrida ham yangilik bo‘lgan. Adib hikoyalarining bosh qahramoni ichki dunyosi boy zamondoshlarimizdir. Yozuvchi «Tog‘ afsonasi», «Zumrad», «Muhabbatning tug‘ilishi», «Ko‘zlaringda o‘t bor edi», «Poyqadam», «Alla», «Iqbol chiroqlari» asarlarida hayotiy xarakterlar yaratgan.
Said Ahmad o‘zining hajviy hikoyalarida taraqqiyo-timizga to‘siq bo‘layotgan yaramas urf-odatlar ustidan kuladi, muhim ma’naviy masalalarni o‘rtaga qo‘yadi. Uning «Xanka va Tanka», «Lampa shisha» kabi o‘nlab hajviyalari fikrimizning dalilidir.
Said Ahmad kichik hajviy asarlari bilan o‘zbek radio va televideniesida quvnoq miniatyuralar teatriga asos solgan.
Said Ahmad hikoyalardan asta-sekin yirik polotnolar yaratishga o‘tdi. 1949 yilda
chop etilgan «Qadrdon dalalar» va «Hukm» (1958) qissalaridan keyin yaratgan «Ufq» romanida (1964) Ikkinchi jahon urushining olovli yillarida o‘zbek dehqonlarining
front orqasida ko‘rsatgan mehnat qahramonliklarini hikoya qildi. «Ufq» trilogiya
bo‘lib, yozuvchi unda urushdan oldingi va keyingi davr muammolari haqida bahs yuritadi. «Jimjitlik» (1988) romanida esa turg‘unlik davri illatlarini fosh etishga intiladi.
So‘nggi yillarda uning «Xandon pista» (1994), «Bir o‘pichning bahosi» (1995) kabi hajviy hikoyalar to‘plamlari chop etildi. Shuningdek, u Oybek, G‘. G‘ulom, A. Qahhor, M. Shayxzoda, Shuhrat, Mirtemir va S. Zunnunovalar haqida xotira ocherklari yaratgan bo‘lib, ular to‘plam holida nashr etildi.
S. Ahmad dramaturg sifatida ham tanilgan. U «Kelinlar qo‘zg‘oloni», «Kuyov» kabi sahna asarlarining muallifidir.
Said Ahmad O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1980), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1968), Hamza mukofoti sovrindori unvonlariga sazovor bo‘lgan. «Buyuk xizmatlari uchun» (1997) va «Do‘stlik» (1996) ordenlari bilan taqdirlangan. U "O‘zbekiston qahramoni" (1999) hamdir.
Said Ahmad 2007 yilning 5 dekabr kuni 87 yoshida vafot etdi.
“Ufq” romanidagi etika kategoriyalarining namoyon bo’lishi
“Ufq” qissasida axloqiylikning o’rni nihoyatda beqiyosdir. Shuning uchun bu asar xalqimiz hayotida katta ahamiyatga egadir. Quyidagi kategoriyalar misolida buni ko’ramiz:
Burch – Muhim mezoniy tushuncha - burch. Burch, mohiyatan, jamiyat, davlat va shaxslarga nisbatan muayyan individdagi munosabat, ular oldidagi majburiyat. U, yuqorida aytganimizdek, vijdon, e’tiqod, mas’uliyat kabi tushunchalar bilan mustahkam bog‘liq. Umuman, hayotda insonning har bir xatti-harakati zamirida burch tushunchasi - burchga sadoqat yoki xiyonat yotadi.
Burchga xiyonat masalasida biz asar bosh qahramonlaridan biri Ikromjonni olishimiz mumkin. Asarda burchni vatan oldidagi burchga bog`lab tasvirlaymiz, Ikromjon dastlab, kanal qazilishiga va jahon urushida ishtiroki tufayli o`z burchini bajaradi. Ikromjon urushdan bir oyog`idan ayrilib qaytadi shundaybo`lishiga qaraay u vatan oldidagi burchini unutmaydi.
Asarda burchga xiyonat o`rnida Tursunboyni olishimiz mumkin u urushdan qochib vatan oldidagi xizmatdan bosh tortadi,va shunchalik manqurtga aylanib qoladiki, hattoki onasining dafn marosimiga ham kelmaydi va ota-ona oldidagi burchini ham bajarmaydi.

Adolat. Axloqshunoslikning yana bir asosiy tushunchasi - adolat. Uning ezgulik va yovuzlik hamda yaxshilik va yomonlikdan asosiy farqi shundaki, adolatning o‘zi biror-bir qadriyatni anglatmaydi, lekin qadriyatlar orasidagi nisbatni belgilaydi, ularni baholash maqomiga ega. Shu bois unda jamiyatni tartibga soluvchilik xususiyati bor; unda ham axloqiy, ham huquqiy talablar mujassamlashgan. Biz “Ufq” romanida adolatni qay yo’sinda ko’rishimiz mumkin? Bunda adolat bormi o’zi? Albatta bu o`rinda


Muallif asarda judayam yaxshi bir masalaga adolatli javob beradi:bu masala o`zbek xalqiga xos kechirimlilik edi. Asarda Ikromjon urusg tufayli yigitlik vazifasini bajara olmagano`g`li Tursunboyni odamlarning gap- so`zlariga e`tabor qaratmay kechiradi va o`z otalik vazifasidan keib chiqib adolatli qaror qabul qiladi.
Muhabbat - Muhabbatning ob’ekti doimo go‘zallik, manfaatsiz go‘zallik. U - Allohmi, Vatanmi, yormi - muhabbat egasiga undan-da go‘zalroq narsa yo‘q. Ayni paytda bir ob’ektni sevgan kishi boshqa ob’ektlarni ham sevishi tabiiy.
Asarning “ Qirq besh kun” bo`limida bosh qahramonlar sifatida keltirib o`tilgan Azizxon va Lutfinisa o`rtasidagi muhabbatni keltirib o`tishimiz mumkin.Azizxon tabiatan juda ham erka, mushtumzo`r bo`lishiga qaramasdan Lutfinisani juda ham kuchli sevadi. Azizxon Lutfinisa uchun kurashib hattoki o`zgarishga qaror qiladi va kanal qazilishiga ko`ngilli bo`lib ishga kiradi. Lekin bu sevgiga qarshi Lutfinisaning akasi edi, uqattiq qarshilik ko`rsatib Lutfinisani o`ldirib qo`yadi. Shundan so`ng Azizxon urushga ketadi va u yerdan qahramon sifatida qaytib keladi, ammom Azizxon bir umr yolg`iz o`tadi chunki u o`z sevgisiga juda sadoqatli edi. Azizxon shu muhabbat tufaylu o`zini yangidan kashf etadi.

Mehnatsevarlik. Inson barcha mavjudotlar ichida xatti-harakatlarining, faoliyatlarining ko‘pligi va xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Mehnat ana shu xatti-harakatlarning aniq maqsadga yo‘naltirilgan qismidir. Axloqiy kategoriyalar orasida mehnatsevarlik o’ziga xos o’ringa egadir.

Bu asarning o`zi ikkinchi jahon urushida davridagi o`zbek xalqining qahramonona mehnatsevarlik davri tasvirlangan.
Asardan mehnatsevarlikda doir shaxs sifatida Nizomjonni olishimiz mumkin. Uning bir qo`li nogironligi sababli urushga olishmaydi, shuning uchun u yangi cho`l qurulishiga ketadi. U yerda u Ikromjonni koradi shunda Ikromjon Nizomjonga sen yengilroq ishlarni qil deganida u men urushga bormadim do`stlarim esa hoz urushda menga eng qiyin ishlarni bering men ularga munosib bo`lay deydi va shu orqali o`z mehnatsevarligi ko`rsatadi.
Nomussizlik. Asosiy tushunchalardan yana biri – nomussizlik. Nomussizlikning vujudga kelishi bir tomondan burch bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi jihatdan qadr-qimmat tushunchasiga aloqador. Zero, nomus mohiyatan shaxsning o‘z qadr-qimmatini anglab yetishi, shu qadr-qimmatning jamiyat tomonidan tan olinishi yoki olinmasligiga nisbatan bo‘ladigan munosabati bilan belgilanadi. Nomussizlik esa buning aksidir. Asarda bunga misollar juda ko’plab uchraydi.
Xususan, Asarda salbiy obraz sifatida tasvirlangan Azamjon o`z ukasi bo`lgan Nizomjonning yaxshi ko`rgan qizi Dildorni nomusiga tegadi va unga uylanadi. Keyin cho`lga ishlashga ketishganida Azamjon yana boshqa ayolni yoqtirib Dildorni tashlab ketadi va nomussiz yigitni ishini qiladi.

Vijdon – ham axloqshunoslikning boshqa ba’zi asosiy tushunchalari kabi baholash xususiyatiga ega. Lekin bu baholash hech qachon ob’ektga qaratilmaydi, u sub’ektning xatti-harakatlarini baholaydi, ya’ni unda sub’ekt o‘zi uchun ichki ob’ekt vazifasini o‘taydi.


Asarda fronga oziq-ovqat yuborish maqsadida Nizomjon yer olib ishlaydi va vijdonli odam sifatida gavdalanadi uning otasi esa Inoyat oqsaqol juda ham vijdonsiz tasvirlangan u odamlarga oziq-ovatni juda ham qimmatga sotib pul toplaydi. Inoyat oqsoqol vafot etgandan keyin Nizomjonga juda ham kata pul qoladi va u pullarni kolxoz qurulishiga topshirib odamlarga yordam beradi. Nizomjon vijdonli shaxs sifatida ko`plab odamlarga yordam beradi.
Qadr-qimmat– Inson uchun dunyodagi eng oliy qadriyat hisoblanadi.
Asarda qadr-qimmat o`rnida urushga ketgan o`zbek yigitlarining o`zoilalari tomonidan qanchalik yaxshi ko`rib e`zozlashida ko`rishimiz mumkin.
Xulosa:

Xulosa o`rnida shuni aytib o`tish lozimki, o`zbek xalqining boshidan ne- ne kunlar o`tmadi. Mana ota- bobolarimizorzu qilgan, tinchlik, mustaqillik, erkinlik davrlariga yetib keldik. Bizning shuncha zulm va sitamlarimizdan so`ng ham o`zligimizni saqlab qolishimz tahsinga sazovordir.


Said Ahmadning “Ufq” asari menda juda ham katta taasurot qoldirdi. Chunki undagi o`zbek xalqining mehnatsevarli, xalqpavarligi va qahramonliklari juda ham chiroyli tasvirlangan .Asarda ifodalangan davr ham Chor Rossiyasining eng chirkin va axloqsiz davri, marifatsizlik va huquqsiz xalqqa ega bo’lgan davrini yoritib berishga bag’ishlan gan. Asarni o’qib quyidagi umumiy xulosalar berishni ma’qul topdim:
Asar tariximizdagi qora chiziqlar orqaliko`rsatib bergan.
Sovet davriyurtimizning haqiqiy ahvoli, ajdodlarimizning yashash tarzi aks etgan.
Asarda to`g`rilik, ro`stgo`ylik, kamtarlik, burch , adolat ulug`lanadi.
Download 13.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling