Saidkarimxonova D


Download 1.11 Mb.
Sana27.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1299846
Bog'liq
Algoritmni tasvirlash usullari

MAVZU: ALGORITMNI TASVIRLASH USULLARI

REJA:

1. Algoritmni so‘zlar yordamida ifodalanishi.

Avvalgi darslarda keltirilgan bir qator misollar inson og‘zaki nutqida ishlatiladigan so‘zlar orqali ifodalangan edi (masalan, choy damlash yoki yig’indi hisoblash algoritmi). Algoritmning bunday tasvirlash usulida ijrochi uchun ko‘rsatma jumlalar orqali buyruq shaklida beriladi.

Misol tariqasida suv havzasi oldida turgan A litrli va B litrli suv idishi bor ijrochi uchun {A ni to’ldir; B ni to’ldir; A dan B ga quy; B dan A ga quy; A ni bo’shat; B ni bo’shat} ko’rsatmalar sistemasini olish mumkin. Bu ijrochiga xos masalaning maqsadi o’lchab olinishi kerak bo’lgan suv miqdorining A yoki B idishlardan birortasida hosil bo’lishidir.

1-masala. A=3 va B=5 bo’lganda Suvchi 1 litr suv o’lchab olishi uchun algoritm tuzing. Bu masalaning maqsadga yetkazuvhci algoritmini so’zlar yordamida tuzish qulay:


Qadamlar

Algoritmdagi ko’rsatmalar

A idishda

B idishda

1

A ni to’ldir;

3 litr

0 litr

2

A dan B ga quy;

0 litr

3 litr

3

A ni to’ldir;

3 litr

3 litr

4

A dan B ga quy.

1 litr

5 litr

2.Algoritmni formulalar yordamida ifodalanishi.


Bu usul matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi fanlarda ko‘plab foydalaniladi.
Formulalardagi “+”, “”, “·”, “” kabi arifmetik amallarning hisoblash
qoidalariga rioya qilgan holda bajarilishi ham algoritmga misol bo‘ladi.

ko‘rinishidagi kvadrat tenglamani yechish algoritmining quyida keltirilgan formula orqali ifodasi bilan tanishsiz:

3. Algoritmni jadval yordamida ifodalanishi.

Algoritmning bu ko‘rinishda berilishi ham sizga tanish. Masalan, maktabdagi dars jadvali, Pifagorning ko’paytirish jadvali, lotareya yutuqlar jadvali, Mendeleyev kimyoviy elementlar jadvali. Bunday jadvallardan foydalanish ma’lum bir algoritm qo‘llashni talab etadi.

  • Biror funksiyaning grafigini chizish uchun ham funksiyaning argument qiymatlariga mos qiymatlar jadvalini hosil qilamiz. Bu ham algoritmning jadval ko‘rinishiga misol bo‘ladi. Masalan, y=x2 algoritm asosida harakat qilayotgan ijrochi o’tadigan nuqtalarni ba’zilari ko’rsatilgan quyidagi jadval bilan matematikadan tanishsiz:

x

 

-3

-2

-1

0

1

2

3

y

 

9

4

1

0

1

4

9

4. Algoritmni grafik shaklda ifodalanishi.

Algoritmning bu ko‘rinishdagi ifodasi bilan matematikadagi funksiyaning grafigi, kerakli uyni oson topish uchun dahalarda o‘rnatilgan uylarning joylashish sxemasi, avtobuslarning yo‘nalish sxemasi orqali sizga tanish.


Algoritmlash asoslarini o‘rganishning yana bir qulay grafik shakli blok-sxema usulidir. Blok-sxemalar yo‘nalish chiziqlari orqali tutashtirilgan ma’lum buyruq yoki ko‘rsatmani aks ettiruvchi maxsus geometrik shakllar – bloklardan tashkil topadi:

5. Algoritmni dastur shaklida ifodalanishi


Ma’lumki, kompyuter dasturlar asosida ishlaydi va boshqariladi. Siz hozirgacha MS Word, Paint va MS Excel kabi amaliy dasturlar bilan ishla­dingiz. Shuni ta’kidlash joizki, har bir amaliy dastur ham juda katta va murakkab algoritmning bir ko‘rinishidir. Demak, bu kabi algoritmlar bajarilishi uchun algoritm ijrochisiga, ya’ni kompyuterga tushunarli bo‘lishi lozim.
Odatda, algoritmning kompyuter tushunadigan tilda yozilishi dastur deb ataladi. Kompyuter tushunadigan til esa dasturlash tili deb ataladi. Jahonda minglab dasturlash tillari mavjud va yana rivojlanib bormoqda. Hozirgi kunda BASIC, Pascal, VBA, Delphi, C, C++ dasturlash tillari keng tarqalgan va o‘rganish uchun qulay.

THANK YOU FOR YOUR ATTENTION


Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling