Saidova sanabar samandarovnaning gurlan innovatsion tumani 3-son umumiy o`rta ta`lim muassasasining 2022-2025- yil uchun tuzilgan yillik dasturi
Download 7.84 Kb.
|
SSS
SAIDOVA SANABAR SAMANDAROVNANING Gurlan innovatsion tumani 23-son umumiy o`rta ta`lim muassasasining 2022-2025- yil uchun tuzilgan 3 yillik dasturi Ism-sharifim: Saidova Sanabar Samandarovna Tug`ilganim: 1980-yil 7-may Xorazm viloyati Xonqa tumani Millatim: O`zbek Fuqaroligim: O`zbekiston Ma`lumotim: Oliy Mutaxassisligim: Romano-german filologiyasi ingliz tili Oilam: Oilalikman. 2 nafar farzandim bor. Davlat xizmatlari markazining 2022-yil 22-iyundagi ma`lumotnomasiga ko`ra sudlanma-ganman. Shaxsiy mulklarim: Avtomobilim, o`z nomimda hovlim bor. Ish stajim: 21 yil. Shundan 15 yilida davlat ta`lim tashkilotlarida Urganch, Toshkent sha-harlarida rahbar lavozimlarda ishlaganman. Hozirda: “SANO SAID” xususiy maktab direktoriman. Kitobim: 2019-yilda ingliz tilida “THE ABC” nomi bilan nashrdan chiqqan. Uslubiy qo`llanmalarim:“To`garaklarda ingliz tilini o`rgatish”, “Inglizcha-o`zbekcha-rus-cha rasmli lug`at”. Davlat maktabiga o`tib direktorlikda ishlashdan maqsadim: Gurlan innovatsion tumani-da,qishloq o`quvchilarini dunyoga olib chiqib, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromono-vichning ishonchini oqlash, xalqimga xizmat qilish, farzandlik burchimni bajarish, yuqori marralarni zabt etish. 2022-2023-o`quv yilida Maktabni tanqidiy-tahliliy o`rganib chiqib, fondini boyitish uchun 5 yilga mo`ljallangan yo`l xaritasi ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish. Joriy 516 o`quvchi, 60 pedagog, 16 ishchi-xodim, mahalladagi tadbirkorlik qilaman dey-digan erkak va xotin-qizlar kuchidan unumli foydalanib, pullik xizmatlarni tashkil qilish, ho-miylar yordamida sport va fan bo`yicha ko`rik-tanlov, musobaqalarni o`tkazish, turizmni ri-vojlantirish orqali maktab ehtiyojlarini to`ldirish, ichki ilmiy salohiyatni oshirish. Joriy yilda 34 nafar bituvchining 30 foizi oily ta`limga kirgan bo`lsa, kelasi o`quv yilida natijani 60 foizga ko`tarish. 2023-2024-o`quv yilida o`quvchi va o`qituvchilarni o`zim Ingliz tilidan bepul o`qitib IELTS, SEFR kabi xalqaro sertifikatlarga ega qilish. Maktabni ko`rinishiga yangicha talqin berib, sinfxonalarga maktab fondi hisobidan so`n-gi texnologiyalarni sotib olib kelish va darslar jarayonida foydalanishga erishish. Maktab oshxonasini kengaytirish. 2024-2025-o`quv yilida xalqaro hamkorlikni joriy qilib, chet el mutaxassislari yordamida o`quvchilarga IT sohasini qo`shimcha kasb egasi qilib o`rgatib, maktabdagi mavjud 1 smena-ni 2 smena qilib, o`quvchi sonini 1032 nafarga oshirish, oily ta`limga bituvchilarni 100 foiz o`qishga kirgizish. E`tiboringiz uchun rahmat. Download 7.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling