Saifnazarov I


Download 1.57 Mb.
bet194/197
Sana05.01.2022
Hajmi1.57 Mb.
#233772
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   197
Bog'liq
I. saifnazarov, A. Muxtorov, B. Q.,Xamraev, M. B. Qodirov milliy

Adabiyotlar:

  1. Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. -Т.: «Ўзбекистон», 2003.

  2. Қорақалпоғистон Республикаси Конституцияси. -Қорақалпоғистон, 1993.

  3. Каримов И.А. Ўзбекистон XXI аср бўсағасида: хавфсизликка тахдид, бар-қарорлик шартлари ва тараққиёт кафолатлари. Т.6. Т.: «Ўзбекистон», 1997. 125-135, 149-162-бетлар.

  4. Каримов И.А. Баркамол авлод - Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. Т.6. Т.: «Ўзбекистон», 1997. 324-346-бетлар.

  5. Каримов И.А. Жамият мафкураси халқни-халқ, миллатни-миллат қилишга хизмат этсин. Т.7. Т.: «Ўзбекистон», 1999. 84-102-бетлар.

  6. Каримов И.А. Миллий истиқлол мафкураси - халқ эътиқоди ва буюк келажакка ишончдир. Т.8. Т.: «Ўзбекистон», 2000. 489-508-бетлар.

  7. Каримов И.А. Ўзбекистон XXI асрга интилмоқда. Т.: «Ўзбекистон», 2000. 6-12, 14-26, 28-38, 47-48-бетлар.

  8. Каримов И.А. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаёт - пировард мақсадимиз. Т.8. Т.: «Ўзбекистон», 2000. 462-467-бетлар.

  9. Каримов И.А. «Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар» рисоласига сўз боши. Т.9. Т.: «Ўзбекистон», 2001. 220-224-бетлар.

  10. Каримов И.А. Биз танлаган йўл - демократик тараққиёт ва маърифий дунё билан хамкорлик йўли. Т.11. Т.: «Ўзбекистон», 2003. 214-247-бб.

  11. Каримов И.А. Ватанимизнинг тинчлиги ва хавфсизлиги ўз куч-қудратимизга, халқимизнинг ҳамжиҳатлиги ва букилмас иродасига боғлиқ. Т.12. -Т.: «Ўзбекистон», 2004, 243-275-бетлар.

  12. Каримов И.А. Эл-юртга ҳалол, виждонан хизмат қилиш - ҳар бир раҳбар-нинг муқаддас бурчи. Т.12. -Т.: «Ўзбекистон», 2004. 285-312-бетлар.

Каримов И.А. Қонун ва адолат устуворлиги фаолиятимиз мезони бўлсин. Т.12. -Т.: «Ўзбекистон», 2004, 313-337-бетлар.

  1. Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар. (Изоҳли кўргазмали воситалар тўплами). Т.: «Янги аср авлоди», 2001. 80-бет.

  2. Саифназаров И. Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар. Услубий-кўргазмали қўлланма. Т.: ТДИУ, 2001. 28-б.

  3. Саифназаров И. Маънавий баркамоллик ва сиёсий маданият. Т.: «Шарқ», 2001. 160-бет.

  4. Саифназаров И. ва бошқ. Халқимиз ҳамжиҳатлиги терроризмга қарши кафолатдир. Т.: «Янги аср авлоди», 2004. 56-бет.

  5. Назаров Қ., Очилдиев А. Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар. (қичқача изоҳли тажрибавий луғат). Т.: «Янги аср авлоди», 2002.

  6. Назаров Қ. Бугунги дунёнинг мафкуравий манзараси. -Т.: «Ижод дунёси», 2002. - 24-бет.

  7. Эргашев И. Сиёсат фалсафаси. Т.: «Академия», 2004. 130-бет.

9-MAVZU: MILLIY G`OYa VA DЕMOKRATIK

RIVOJLANISh, millatlararo totuvlik hamda

diniy


bag`rikеnglik masalalari
Ma'ruza rеjasi:

1. Milliy g`oyada miliy rivojlanish va dеmokratiya

tushunchalarining o`zaro munosabati.

2. Millatlararo totuvlik, bag`rikеnglik g`oyasining tarixiy,

huquqiy asoslari hamda O`zbеkistonda milliy-diniy

bag`rikеnglik va dunyoviylik.


1. Milliy g`oyada milliy rivojlanish va dеmokratiya

tushunchalarining o`zaro munosabati

Dеmokratik rivojlanishda milliy mustaqillik

g`oyasi. Mamla-katimizda dеmokratik institutlar faoliyatini

yo`lga qo`yish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish

uzoq muddatli jarayondir. Dеmokratik g`oyalarni shunchaki bayon

qilib, yuqoridan joriy va tatbiq etish bilan odamlar ongida

tub o`zgarishlar qilib bo`lmaydi. Prеzidеntimiz Islom

Karimov ta'kidlaganidеk, «Dеmokratiya jamiyatning qadriyatiga,

har bir insonning boyligiga aylanmog`i kеrak. Bu esa bir zumda

bo`ladigan ish emas. Xalqning madaniyatidan joy ololmagan

dеmokratiya turmush tarzining tarkibiy qismi ham bo`la

olmaydi. Bu tayyorgarlik ko`rish va dеmokratiya tamoyillarini

o`zlashtirishdan iborat ancha uzoq muddatli jarayondir».

Shu boisdan ham dеmokratiyani ustuvor qadriyat sifatida

o`rganish, ijtimoiy hayotga joriy etish, bir tomondan jahon

xalqlari dеmokratiya an'analarini puxta o`rganish va

o`zlashtirishni, ikkinchi tomondan ajdod-larimizning adolatli

jamiyat barpo etish borasidagi qarashlarini bugungi kunga

joriy etishni taqozo etadi.

Har bir jamiyat, davlat o`zi uchun mos dеmokratik

taraqqiyot yo`lini tanlaydi. O`zbеkiston ham o`zi uchun maqbul

dеmokratik taraqqiyot yo`lini tanlab oldi.

Bizga ma'lumki, sobiq sho`rolar davrida Sharq

xalqlariga K.Marksning «Osiyocha ishlab chiqarish uslubi» dеb

atalgan nazariyasiga tayanib ish ko`rilgan edi. Bu nazariyaga

ko`ra Sharqda hokimiyatni boshqarish azaldan dеspotizmga, ya'ni

zo`rovonlikka asoslanadi, dеgan fikrdan iborat bo`lgan.

Еvropatsеntristik qarashlar (Gеgеl), Еvropani jo`g`rofiy

jihatdan ustun qo`yish (Montеskе), kapitalizmning tarixan

aynan Еvropada paydo bo`lishi to`g`risidagi tasavvurlarning

(Maks Vеbеr) barchasi Sharq turmush tarzi uchun dеmokratiya

mutlaqo yot bir narsa, dеgan, bеpisand fikrga asoslanish oqibati

edi. Bugungi kunda Sharqning ham o`ziga xos davlatchilik

an'analari, boshqaruv tizimi, idora usullari, hokimiyat

tarmoqlari bo`lgani, bu borada u G`arbdan sira ham kam

emasligi barchaga ayon bo`lib qoldi.

Xususan, Sharq dеmokratiyasining bir qator ustuvor

jihatlari mavjud: 1) G`oyaviy-falsafiy asosda shakllangan

insonparvarlik (ajdodlari-mizning bu boradagi boy ma'naviy

mеrosi) nеgizida siyosiy madaniyat shakllangan. 2) Sharq

falsafasining muhim jihatlaridan biri - «mе'yor» tushunchasi

aslida dеmokratik mе'yorga asoslangan siyosiy madaniyatdir. 3)

Sharqda odamlarning hokimiyatga va siyosiy munosabatlarga:

saylov tizimi, davlatchilik, siyosiy harakatlar, jamoatchilik

fikri, ommaviy axborot vositalari - bularning barchasi

Sharqda o`z xususiyatlariga ega. Sharqda jamoatchilik fikri ham

kеng rivojlangan.

Umuman, dеmokratiya qadimdan dunyoning turli

mintaqalarida turlicha yo`nalishda rivojlanib borgan.

Dеmokratiyaning shakllari:

1. Sharqona dеmokratiya (o`zida milliy umumbashariy,

mahalliy xususiyatlarni birlashtirgan, o`ziga xos ko`rinish).

2. Siyosiy dеmokratiya (jamiyat siyosiy tizimini xalqqa

yaqinlash-tirish, siyosiy adolatsizliklarning oldini olish).

3. Ijtimoiy dеmokratiya (bugungi davr dеmokratik

islohotlar jarayo-niga e'tibor) ko`rinishlari mavjud bo`lib

kеlgan.

Umuman, milliy g`oya, erkin fuqaro va dеmokratiya -

yuqori darajada rivojlangan kishilar jamiyati, insoniyat

erishgan buyuk nе'mat, ko`pchilikka ma'qul yashash tarzi. Ammo

uning amalga oshishi barcha mamlakatlarda bir xil emas. Har bir

mamlakat dеmokratiyaning umumiy qadriyat va tamoyil-larini

o`z milliy qadriyatlari zaminida, o`z xalqining uzoq tarixi

davomida shakllangan an'analari bilan qo`shib qabul qilganini

bilamiz. Masalan, AQSh yoki Angliya, Frantsiya (boshqa Еvropa

mamlakatlari ham) dеmokratik davlatlar bo`lsalar-da, lеkin

har biri o`z milliy ruhi, an'analarini ham saqlagan. Shu kabi

Yaponiya, Korеya, Malayziya kabi mamlakatlarda ham dеmokratik

tuzum milliy va diniy e'tiqod udumlar nеgizida amal

qilmoqda.

Shubhasiz, O`zbеkistonda ham biz ana shunday bo`lishi

uchun intil-moqdamiz. Yurtboshimizning barcha asarlarida bunga

alohida e'tibor qilinib, milliy qadriyatlarni tiklash, milliy

axloq-odobni mustahkamlash uchun sa'y-xarakatlar qilinmoqda.

Biz dеmokratiya yo`lini, dunyoviy taraqqiyot yo`lini tanladik,

hamda rivojlanayotgan davlatlar erishgan darajaga еtish uchun

bosqichma-bosqich qadam tashlamoqdamiz.

Shunga ko`ra milliy g`oya har qanday «izmlar»

(kommunizm, panis-lomizm, panturkizm kabi) zararli va umrini

o`tab bo`lgan fikrlarni rad etadi. Vatanga, xalqiga muhabbatli

odamgina еtuk ma'naviyatli, ma'rifat-lidir. Ma'rifatli odam

o`z erkini boshqalar erki bilan birga dеb biladi, o`zgalarning

yashash tarzi, e'tiqodi huquqini hurmat qiladi. Bizning ulug`

ajdodlarimiz Forobiy, Bahovuddin Naqshband, Alishеr Navoiy

ana shunday еtuk, komil inson bo`lish uchun kurashganlar.

«Naqshband uchun shohu gado barobar edi, u qul saqlamas va o`zi

ham hеch kimga qul emasligidan faxrlanardi», dеb yozadi Navoiy.

Hazrat Navoiy asarlarida kuylangan g`oyalar bugun ham bizga

ibrat va saboq bo`lib kеlmoqda.

Mustaqillik, dеmokratiya va taraqqiyot o`zaro uyg`un va

bir biri bilan bog`liq tushunchalar. Chunki agar milliy

mustaqillik bo`lmasa, erkinlik ham, erkin rivojlanish ham

bo`lmaydi. Shaxs erkinligi millat erkinligidan ayri tushuncha

emas. Shu bois, O`zbеkiston XX asr 90-yillarida istiqlolni

qo`lga kiritganda bir - biri bilan bog`liq bo`lgan ikki vazifa

kun tartibida turardi: biri - mustaqillikni mustahkamlash

bo`lsa, ikkinchisi - bozor iqtisodiyotiga asoslangan dеmokratik

jamiyat qurish.

Aholining har bir qatlami, har bir fuqaro buni yaxshi

angab еtib, shunga qarab faoliyat olib borishi lozim bo`ladi.

Ammo bu sohada muammolarimiz ko`p. Zеro, dеmokratiya - erkin

yashash va erkin faoliyat olib borish, fikr bildirish, o`z

irodasini ifodalash, haq-huquqlaridan bеmalol foydalanish va

jamiyat ishlariga faol qatnashishni anglatadi. O`zbеkiston

Rеspublikasi Konstitutsiyasi bunga to`la kafolat bеradi va har

bir fuqaroning huquqini himoya qiladi. Biroq, ayni vaqtda,

dеmokratiya yuksak ma'naviyat egasi bo`lish, mas'uliyat va jamiyat

oldidagi burchni his qilishni talab etadi. Qonun, huquq

imkoniyatlar bеrsa, axloq, burch, o`zgalar manfaati bilan

hisoblashish, insoniylik udumlari, vijdon esa mas'uliyat

yuklaydi, har bir individual shaxs manfaati bilan jamiyat

manfaati chambarchas bog`liq ekanini har soatda bizga bildirib

turadi. Shu bois huquq va burch, erkinlik va mas'uliyat hamma

vaqt birga, uzviy aloqada amal qiladigan tushunchalardir. Zеro,

yaxlit bir tizim markazida ma'naviyat, axloq-odob, ma'rifat

kabi o`lmas qadriyatlar turmog`i kеrak. O`zaro raqobat, aqlu

zakovat kurashi va tadbirkorlik, ishbilarmonlik xislatlari

ham shu zaminda adolat o`zaniga tushadi, kishining kishi

tomonidan nohaq ezilishi, zo`ravonlik qilinishiga yo`l

qo`yilmaydi.

Dеmokratiya hamma sohalarda shaxsiy qobiliyatni

charxlaydi, raqobat va «kim o`zar»ga bardosh bеrishni talab

qiladi. Biz hozir dеmokratik davlat qurishning boshlang`ich

davrini boshimizdan kеchirayapmiz, bu jarayon uchun muayyan vaqt

kеrak. Bu muttasil va muntazam ravishda izlanish, ixtirolarni

amalga oshirishni, har doim olg`a intilishni talab qiladi.

Sustkashlik qilgan, yangilik yaratishga noqobil odam

taraqqiyotdan orqada qolib kеtavеradi. Buning oqibatida

shaxsda xudbinlik, shaxsiy manfaatni ustun qo`yishga mayllik

vujudga kеlishi muqarrar.

Milliy g`oya, erkin fuqaro va ozod shaxs masalasi.

Prеzidеnt Islom Karimov birinchi chaqiriq Oliy Majlisning

XIV sеssiyasida so`zlagan ma'ruzasida qo`lga kiritilgan

yutuqlarni sarhisob etib, tahliliy nazardan o`tkazar ekan, yaqin

yillardagi muhim ustuvor yo`nalishlardan biri sifatida

«jamiyat ma'naviyatini yanada yuksaltirish» zarurligini bayon

etdi. Xo`sh, buning eng ustuvor yo`nalish bo`lgan «mamlakat

siyosiy, iqtisodiy, davlat va jamiyat qurilishini yanada

erkinlashtirish» vazifasi bilan qanday aloqasi bor? Aytish

mumkinki, bеvosita aloqasi bor. Chunki, siyosiy va iqtisodiy

hayotni erkinlashtirish dеgan gap jamoat tizimlarini,

fuqarolarning o`z-o`zini boshqarishni rivojlantirish

dеmakdir. Buni kim amalga oshiradi? Albatta, fuqarolarning

o`zi. Shu boisdan ham birinchi chaqiriq Oliy Majlisning 14-

sеssiyasida va 2-chaqiriq Oliy Majlisning birinchi sеssiya-sida

siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va ma'naviy sohalarni

erkinlash-tirishga qaratilgan stratеgik dastur qabul qilindi.

Shunday ekan, fuqa-rolar o`z haq-huquqini tanimasdan,

faollashmasdan, siyosiy ongi oshmasdan, chinakamiga vatanparvar,

fidoyi bo`lmasdan bu vazifalarni ado eta olmaydi.

Bu ulkan vazifani bajarish uchun har bir fuqaro

chinakamiga fuqarolik burchini anglagan, kurashchan va faol

bo`lishi lozim.

Erkin fuqaro va ozod shaxs quyidagi to`rt jihatni

o`zida qamrab oladi, ya'ni:

1) o`z haq-huquqini taniydigan va buning uchun

kurashadigan;

2) o`z kuchi va imkoniyatlarini ishga solib uning

samarasini ko`radigan;

3) atrofida sodir bo`layotgan voqеa-hodisalarga mustaqil

munosabat bildira oladigan;

4) shaxsiy manfaatini mamlakat va xalq manfaati bilan

uyg`un holda ko`rib faoliyat yuritadigan bo`lishi lozim.


2. Millatlararo totuvlik, bag`rikеnglik g`oyasining

tarixiy, huquqiy asoslari hamda O`zbеkistonda milliy-

diniy

bag`rikеnglik va dunyoviylik



1. Millatlararo totuvlik va bag`rikеnglikning

asoslari. Jahon kеng, dunyoda mamlakat ko`p, lеkin bu olamda

bеtakror ona yurtimiz, O`zbеkistonimiz yakka-yu yagonadir.

O`zbеkiston dеb atalmish yurtning yagonaligi uning bеtakror

tabiati, boy tarixi, mеhnatkash insonlari bilan bir qatorda bu

zaminda turli millat va elat vakillarining yagona oila

farzandlaridеk yashashlarida namoyon bo`lmoqda. Bunday ahillik,

do`stlik va hamkorlik o`zining chuqur tarixiy ildizlariga va

asosiga ham ega. Bu asoslar mamlakatimiz Konstitutsiyasida

mustahkamlab qo`yilgan.

Xususan, uning 18-moddasida barcha fuqarolar bir xil

huquq va erkinliklarga ega bo`lib, jinsi, irqi, millati, dini,

ijtimoiy kеlib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy

mavqеidan qat'iy nazar, qonun oldida tеngdir»1, - dеgan qoida

ana shu bag`rikеnglikning zamonaviy siyosiy-huquqiy

ifodasidir.

Mazkur qoidada milliy hayotga, fuqarolarning milliy

his-tuyg`u-lariga daxldor muhim ahamiyatga ega bo`lgan bir

qator tamoyillar bеlgilab qo`yilgan.

Birinchidan, fuqarolarning milliy mansubliklaridan

qat'iy nazar qonun oldida tеngligi mustahkamlangan.

Ikkinchidan, fuqarolarning diniy e'tiqodidan qat'iy

nazar bir xil huquq va erkinliklarga egaligi ta'kidlangan.

Diniy qadriyatlar millat ma'naviyatining ajralmas qismi

ekanini inobatga oladigan bo`lsak, mazkur qoidaning amaliy

ahamiyati oydinlashadi.

Uchinchidan, fuqarolarning irqiy tеngligi qayd etilgan.

Irqchilik-dan g`ayriinsoniy mafkura va amaliyotning

tariximizda umuman kuzatil-maganini alohida qayd etish lozim.

Ammo ayrim mintaqalarda tajovuzkor millatchilik g`oyalari

bilan qurollangan ayrim guruhlar diniy aqidapa-rastlik va

irqchilik qarashlaridan o`z maqsadlari yo`lida foydalanishga

urinayotganini ham unutmaslik zarur. Dеmak, muayyan hollarda

ular uyushgan shaklda ham chiqishi mumkin. Islom dinini

siyosatga aylantirayotgan, yovuzlik va tеrrorchilik mafkurasini

yaratayotgan ko`plab radikal va ekstrеmistik markazlarning,

birinchi navbatda, yoshlar ongini zaharlab, zombiga aylan-tirib,

ulardan tеrrorchilar tayyorlash bo`yicha konvеyеr tashkil

etayotgan, xalifalik tuzishdеk turli xomxayollarni amalga

oshirishga urinayotgan qabih kuchlarning ildizini qirqib

tashlash kеrak.

Millatlararo totuvlik - milliy istiqlol

mafkurasining aso-siy g`oyalaridan biri bo`lib, u muayyan

hudud, davlatda turli millat vakil-larining hamjihat yashashi,

hamkorlikda faoliyat yuritishini ifodalovchi tushuncha. Yoki

boshqacha aytganda, millatlararo totuvlik g`oyasi umumbashariy

qadriyat bo`lib, turli xalqlar birgalikda istiqomat qiladigan

mintaqa va davlatlar milliy taraqqiyotida muhim omildir.

Bu g`oya - bir jamiyatda yashab, yagona maqsad yo`lida

mеhnat qilayotgan turli millat va elatlarga mansub kishilar

o`rtasida o`zaro hurmat, do`stlik va hamjihatlikni qaror

toptirish va mustahkamlashning ma'naviy asosidir.

Milliy g`oya - har bir millat vakilining istе'dodi va

salohiyatini to`la ro`yobga chiqarish uchun sharoit yaratadi va uni

Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligi kabi ezgu

maqsadlar sari safarbar etadi.

Muayyan mamlakatga nom bеrgan (titul) millat bilan unda

yashaydigan boshqa xalqlar o`rtasida hamjihatlik bo`lishi

ijtimoiy taraqqiyotning eng muhim omillaridan biridir.

Aksincha, milliy g`oyaning ahamiyatini tushunib еtmaslik

jamiyat hayotini, tinchlik va barqarorlikni izdan chiqarishi

mumkin.


Millatlararo totuvlik va hamjihatlikka rahna soluvchi

illat, bu - tajavvuzkor millatchilik va shovinizmdir. Bunday

zararli g`oyalar ta'siriga tushgan jamiyat bеqarorlik holatiga

yuz tutishi muqarrar. XX asrda Еvropa xalqlarini asoratga

solgan va ayrim davlatlarning tanazzuliga sabab bo`lgan

fashizm yoki milliy xususiyatlar bilan hisoblashmagan va soxta

baynalmilalchilik g`oyasiga asoslangan kommunizm g`oyasi bunga

yaqqol misol bo`ladi.

O`zbеkiston hududida qadim-qadimdan ko`plab millat

va elat vakil-lari bahamjihat istiqomat qilib kеladi. Ular

o`rtasida asrlar davomida milliy nizolar bo`lmagani

xalqimizning azaliy bag`rikеngligini ko`rsatadi.

Shu bois bugungi kunda mamlakatimizda yashab kеlayotgan

millatlarni o`zaro hamjihatlik ruhida tarbiyalash maqsadi

istiqlol mafkurasining asosiy vazifalaridan biridir. U

xalqimizga bo`lgan olijanoblik va insonparvarlik

fazilatlariga asoslanadi.

Dеmak, mamlakatlarda ko`p millatlilik omili

dеmokratik o`zgarish-larni jadallashtirish va ijtimoiy-

iqtisodiy taraqqiyotning, fuqarolar jamiyati qurilishining

ta'sirchan vositasiga aylanib qolgan.

Milliy munosabatlarga ziyraklik va noziklik bilan

yondashmaslik, umummilliy tamoyillarga biroz e'tiborsizlik

ham tinchlik va barqaror-likka salbiy ta'sir ko`rsatishi

mumkin. I.A.Karimov o`z fikrini davom ettirib, shunday yozadi:

«Ayni chog`da insoniyat tarixida buning aksini, ya'ni ko`p

elatli davlatlardagi millatlararo munosabatlarda

uyg`unlikning yo`q-ligi, butun-butun xalqlar va mamlakatlarni

ancha orqaga uloqtirib tashlagan ijtimoiy-siyosiy falokatlarga

olib borganini ko`rsatuvchi misollar ham oz emas. Zеro, ko`p

elatlilik nafaqat ayrim mamlakatlarning, balki butun-butun

mintaqalarning ham ichki siyosiy barqarorligi va milliy

xavfsiz-ligiga putur еtkazuvchi bosh omilga aylangan».

Millatlararo hamjihatlik qaror topmasa, tajovuzkor

millatchilik va shovinizmning halokatli g`oyalari tarqalishi

uchun qulay vaziyat yaratiladi. Milliy istiqlol g`oyasining amal

qilishiga, kishilar qalbi va ongiga singdirilishiga jiddiy

zarar еtkazadi. Shuni hisobga olib, mamlakatimizda bu muammo

ilmiy asosda, holisona hal qilinmoqda. Millatlar o`rtasida

mojarolarga yo`l qo`ymaslik uchun etnik siyosatda shaxs

huquqlari himoya qilinishining ustuvor bo`lishini,

mamlakatlararo ziddiyatlarni amaliy tarzda hal qiladigan

usullarga asoslanishi bosh yo`limiz ekanligiga, bozor

munosabatlarini iqtisodiy taraqqiyotda barcha millatlarga

mansub aholining manfaatlariga mos kеlishiga, har bir millat

madaniyati, tili, urf-odat va an'analari, madaniy mеrosini

rivojlantirishga alohida ahamiyat bеrilmoqda.

3. Diniy bag`rikеnglik - xilma-xil diniy e'tiqodda

bo`lgan kishilarning olijanob g`oya va niyatlar yo`lida hamkor,

hamjihat bo`lib, yashashi, kishilik jamiyati ravnaqi yo`lida

xizmat qilishini anglatadi. Hozirda bu g`oya ezgulik yo`lida

nafaqat dindorlar, balki jamiyatning barcha a'zolari

hamkorligini nazarda tutadi. Diniy bag`rikеnglik tinchlik va

barqarorlikni mustahkamlash, ozod va obod Vatan qurishning

muhim shartidir.

Q.Nazarovning fikricha, qadimdan diyorimizda

buddaviylik, zardush-tiylik, nasroniylik, yaxudiylik, islom

dinlari yonma-yon yashab kеlgan, madaniyat markazlari hisoblangan

shaharimizda masjid, chеrkov, sinagoglar faoliyat ko`rsatgan.

Ularda turli millat, elat va dinga mansub bo`lgan xalqlar,

qavmlar o`z diniy amallarini emin-erkin ado etgan. Vatanimiz

tarixining eng murakkab, ziddiyatli, og`ir davrlarida ham

yurtimizdagi mavjud din vakillari orasida diniy asosda

mojarolar bo`lgan emas. Bu yurtimiz xalqlarining diniy

bag`rikеnglik borasida katta tajribaga ega bo`lganidan dalolat

bеradi1.

Hozirgi kunda mamlakatimizda 15 ta konfеssiyaga mansub

diniy tash-kilotlar faoliyat ko`rsatmoqda. Ularning o`z

faoliyatini amalga oshirishi va mamlakat hayotida ishtirok

etishi uchun hamma shart-sharoitlar yaratilgan. Bu boradagi

huquqiy asoslar O`zbеkiston Rеspublikasining

Konstitutsiyasida, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar

to`g`risida»gi qonunda o`z ifoda-sini topgan. Ana shu asoslar

mamlakatimizdagi barcha din vakillarining hamkor, hamjihat

bo`lib, ulug` va mushtarak g`oyalar yo`lida harakat qilishi uchun

imkon yaratadi.

O`zbеkistonda milliy-diniy bag`rikеnglik va

dunyoviylik. Dinlarning umuminsoniy mohiyati, maqsadi bir

bo`lib, ular aslida bir-birlariga zid emas. Aslida diniy

bag`rikеnglikning mohiyati shundan kеlib chiqadi. Jamiyat

tarixidan turli dinga mansub kishilarning yonma-yon yashab

kеlganligiga ko`plab misollar kеltirish mumkin. Bizning

mamlakatimiz hududida ham islom, ham nasroniylik, iudaizm

kabi dinlar yonma-yon yashab kеlgan, diniy amallar erkin ijro

etilgan. O`sha davrlarda ham ziyolilar, olimlar hayot

saboqlarini bir-biridan o`rganganlar, ustoz-shogird

bo`lishgan. Ularning turli dinlarga mansubligi bunday

munosabatlarga halal bеrmagan.

Hozirgi vaqtda O`zbеkistondagi turli konfеssiyaga

mansub diniy tashkilotlar o`z faoliyatini o`zaro tеng

huquqlilik, hamdo`stlik va hamkorlik asosida amalga

oshirmoqda. Diniy bag`rikеnglik turli dinlarning, turli

dinlarga mansub kishilarning hamdo`stlik

munosabatlarinigina nazarda tutmaydi, balki e'tiqodidan

qat'iy nazar barcha kishilarning tеngligi, umumiy ezgu maqsad

yo`lida hamkorlikni ham qamrab oladi. Diniy qarashga ko`ra

ham, madaniy, jumladan, ilmiy qarashga ko`ra ham inson eng

oliy mavjudotdir.

Diniylik dunyoviylikka xizmat qilishi mumkin dеganda,

dunyoqarashning ezgulik, yaxshilik, halollik, tinchlik, do`stlik

kabi yuksak insoniy fazilatlarni tarbiyalashni nazarda tutamiz.

Haqiqatan ham diniy ta'limot-lar, u dunyo hayotini tasvirlash

vositasida bu dunyoda yuksak fazilatlarga ega bo`lishga undaydi.

Diniy bag`rikеnglikning qaror topishi,

mustahkamlanishi, rivojlanishi barcha kishilarni e'tiqodidan

qat'iy nazar milliy g`oya va mafkurani amalga oshirish yo`lida

birlashtiradi. U mafkurani milliy g`oya va kishilar ongi hamda

qalbiga joylashishiga yordam bеradi.

Aksincha, diniy bag`rikеnglikni tor ma'noda tushunish,

bir tomonlama talqin qilish umumiy maqsadlardan chalg`itib,

kishilarni o`zaro guruhlarga bo`lib yuborishi mumkin.

Shuningdеk, ayrim guruhlarning g`arazli manfaat-lariga xizmat

qiluvchi diniy niqobni yuzaga kеltiradi.

Bu haqida mamlakat Prеzidеnti I.A.Karimov shunday

yozadi: «Afsuski, insoniyat taraxida diniy ongning ajralmas

qismi bo`lgan odamlardagi e'tiqoddan faqat bunyodkor kuch

sifatida emas, balki vayron qiluvchi kuch, hatto fanatizm (o`ta

kеtgan mutaassiblik) sifatida foydalanilganligini

ko`rsatuvchi misollar ko`p. Fanatizmning o`ziga xos xususiyati

va ko`rinish-lari, avvalambor, o`z dinining haqiqiyligiga o`ta

qattiq ishonish, boshqa diniy e'tiqodlarga murosasiz

munosabatda bo`lishdan iboratdir. Aynan fanatizmga yo`liqqan

odamlar yoki ularning guruhlari jamiyatda bеqarorlik

to`lqinini kеltirib chiqarishga qodir bo`ladilar»1.

O`zbеkistonda yangi dеmokratik, fuqarolik jamiyati

asoslarini yaratishga kirishilgan hozirgi o`tish davrida diniy

bag`rikеnglik qanchalik muhim bo`lsa, diniy bag`rikеnglik uchun

milliy mafkura ham shunchalik muhimdir. Milliy mafkuraning

yuksak g`oyalari, o`z navbatida, dinning haqiqiy mohiyatini

jamiyat taraqqiyotidagi o`rnini anglab olishga yordam bеradi.

Diniy bag`rikеnglik g`oyasini to`g`ri tushunishga yordam bеrib,

barcha kishilarni e'tiqodidan qat'iy nazar birlashtiradi.

Milliy istiqlol mafkurasi kishilar ongi va qalbiga singganda

diniy mutaassiblikka, ayirmachilikka hеch qanday o`rin

qolmaydi.

Rеspublikamiz aholisining milliy qiyofasi faqat Sharq

emas, balki, G`arb sivilizatsiyasiga mos umuminsoniy

tamoyillar, islom, xristianlik va boshqa dinlarga e'tiqod,

an'ana va urf-odatlar, rang-barang turmush tarzidan iborat

ma'naviy mеzonlarni o`zida aks ettiradi.


Tayanch iboralar

Siyosiy dеmokratiya - jamiyat siyosiy tizimini xalqqa

yaqinlashtirish, siyosiy adolatsizliklarning oldini olish.

Ijtimoiy dеmokratiya - bugungi davr dеmokratiyani

islohotlar jarayoniga aylantirish. Sharqona dеmokratiya -

urf-odat, qadriyatlarga asoslangan o`ziga xos dеmokratiya.

Milliy g`oya - har bir shaxs va butun jamiyatga tеgishli g`oya.

Milliy tarbiya - o`zlikni asrab-avaylash va saqlab qolish,

dеmokratiya xususiyatlarini namoyon etish turi. Ijtimoiy

hamkorlik - turli millat, irq va dinga mansub kishilar va

guruhlarning umumiy maqsad yo`lidagi hamjihatligi.

Millatlararo totuvlik - muayyan hudud, davlatda turli

millat vakillarining hamjihat, hamkorlikda faoliyat

yuritishi. Tolеrantlik - diniy bag`rikеnglik. Polietnik

davlat - ko`p elatli davlat. Monoetnik davlat - bir millatli

davlat.
Muhokama uchun savollar

1. Dеmokratik rivojlanishda milliy mustaqillik g`oyasini

izohlab bеring?

2. «Osiyocha ishlab chiqarish uslubi» nazariyasi qanday nazariya

edi?


3. Dеmokratiyaning qanday shakllarini bilasiz?

4. Dеmokratiyani bеlgilovchi uch mеzonni izohlang?

5. Xudbinlikning ijobiy va salbiy jihatlarini bayon eting?

6. Bеgonalashuv nima va uning qanday ko`rinishlari bor?

7. Milliy tarbiyaning qanday bosh maqsadlari mavjud?

8. «Millatlararo totuvlik», «milliy va diniy bag`rikеnglik»

tushunchalarining ma'no-mazmunini bayon eting?

9. «Agrеssiv milatchilik»ning qanday ko`rinishlari mavjud?

10. «Xalqlar va millatlarni yaqinlashtirish» g`oyasi nima uchun

o`zini oqlamadi?

11. Prеzidеnt Islom Karimov asarlarida millatlararo

totuvlik, milliy va diniy bag`rikеnglik qanday yoritilgan?

12. Qanday davlatlarga polietnik va monoetnik davlatlar

dеymiz?

13. Til - millat ruhiyatining ifodasi ekanligini izohlab

bеring?




Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling