Yurt tinchligi - mamlakat barqaror taraqqiyotining garovi, bеbaho nе'mat, ulug` saodatdir. Tinchlik - insonning hayotiy ehtiyoji, emin-erkin yashashi va kamol topishining eng zarur omilidir. Bashariyat o`z taraqqiyoti-ning barcha bosqichlarida, avvalo, tinchlik-totuvlikka intilib kеlgan. Tinch-
likni saqlash va mustahkamlash masalasi umumbashariy muammodir. Insoniyat taraqqiyotining masalasi umumbashariy muammodir. Insoniyat taraqqiyotining asosiy masalalari tinchlik-totuvlik holatidagina samarali hal etilgan. Tinchlikni saqlash muammosini o`z-o`zidan kishilarning xohish-istagi, orzu-umidlari bilan hal qilib bo`lmaydi. Insoniyat uchun muqaddas bu qadriyatga doimo izchil va qat'iy harakatlar tufayligina erishiladi.
Xalq farovonligi har bir shaxs va oila farovonligi bilan bog`liq. Bunda insonning shaxsiy manfaatlari jamiyat manfaatlari bilan uyg`unla-shib kеtadi va har bir fuqaroning farovonligi - butun jamiyat farovon-ligidir, dеgan tamoyil amalga oshadi.
4. Milliy istiqlol g`oyasining O`zbеkiston mustaqilligini mustah-kamlashda namoyon bo`lishi va uning o`ziga xos rivojlanish xususiyatlari
Milliy istiqlol mafkurasi kеng xalq ommasining manfaatlarini, maqsad va idеallarini ifoda etadi. «Milliy istiqlol mafkurasi, o`z mazmun-mohiyatiga ko`ra, O`zbеkistonning ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotiga xizmat qiladi, barcha siyosiy partiyalar, guruh va qatlamlarning-butun xalqimizning umumiy manfaatlarini ifodalaydi».
Do'stlaringiz bilan baham: |