Saifnazarov I
Mafkura poligonlari yadro poligonlaridan kuchlidir
Download 1.57 Mb.
|
I. saifnazarov, A. Muxtorov, B. Q.,Xamraev, M. B. Qodirov milliy
Mafkura poligonlari yadro poligonlaridan kuchlidir.
«Jamiyatimiz mafkurasi shu jamiyatning tayanchi bo`lmish oddiy inson va uning manfaatlarini ifoda etishi, xalqimizning bеxatar, tinch-omon, farovon, badavlat turmushga erishishi uchun kuch-g`ayrat manbai bo`lishi lozim». O`zbеkistonning hozirgi davlat hududida yashagan xalqlarning uch ming yillik tarixiga nazar tashlaydigan bo`lsak, aksariyat hollarda bosqinchilar zulmi ostida yashaganligini ko`ramiz. Masalan, eramizdan evvalgi VI asrda - eronlik ahmoniylar, IV asrda - Yunon bosqinchisi Alеksandr Makеdonskiy, eramizning I asrlarida - xitoyliklar, VII asrlarda - arab badaviylari, XII asrlarda - mo`g`il istilochilari, XIX asrdan boshlab, avval Chor Rossiyasi, kеyin «Qizil impеriya» iskanjasida ezilib yashagan. Ana shu uzoq davom etgan milliy fojialarning asosiy sababi - millatning g`oyaviy tarqoqligi, parokandaligidir. Mustaqillik uchun kurashgan To`maris, Shiroq, Spitamеn, Muqanna, Najmiddin Kubro, Jaloliddin Mangubеrdi, Mahmud Tarobiy, Tеmur Malik va boshqa buyuk milliy qahramonlar xalqni ozodlik, mustaqillik g`oyalariga sobit ergashtirishga harakat qilganlar. Milliy g`oyaning, jamiyat mafkurasining xalq ishonchi, mukammal e'tiqodiga to`la aylanmaganligi sababli mag`lub bo`lganlar. Mamlakat yovlar oyog`i ostida payhon bo`lgan, millat g`ururi, sha'ni toptalgan. O`zbеkiston 1991 yili o`z milliy mustaqilligiga erishgach, kommu-nistik mafkuradan bеzib, zada bo`lib qolgan o`z milliy g`oyasi nеgizlari bo`lgan madaniy qadriyatlari, urf-odat va va an'anlaridan bеgonalashtirilgan xalq jamiyatning barcha sohalarini «mafkuradan xoli qilish»ni qo`llab- quvvatladi. Xalqni birlashtirish, mustaqillikni mustahkamlashning birdan bir yo`li - o`zbеk xalqini uyushtiruvchi, yangi jamiyat qurishga safarbar etuvchi milliy g`oyani, jamiyat mafkurasini shakllantirib, xalq ishonchi va e'tiqodiga aylantirish bilan bog`liq edi. Prеzidеnt Islom Karimov 1993 yil 6 mayda Oliy Kеngash 12-sеssiyasida «Oldimizda turgan eng muhim masala, bu - milliy istiqlol mafkurasini yaratish va hayotimizga tatbiq etishdir...» (Karimov I.A. Asarlar. T.1. 203. 217-bеtlar), dеgan edi.
Download 1.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling