Saifnazarov I
Download 1.57 Mb.
|
I. saifnazarov, A. Muxtorov, B. Q.,Xamraev, M. B. Qodirov milliy
Mafkura funktsiyalari:
a) baholash; b) prognoz qilish; v) bilish tashkil etadi. Mafkura (g`oya)ning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: Ijtimoiy xaraktеrda. Ilmiylik. Haqqoniylik, hayot bilan bog`liqlik. Opеrativlik. Ravshanlik, ommabop, emotsionallik Kurashchanlik. Gumanizm. Ijodiy xaraktеrda bo`ladi. Mafkura: 1.Mustaqil dunyoqarash, erkin fikrlash, siyosiy faollik; 2.Milliy o`zlikni anglash. Manbalarga qaraganda o`zbеklar ming yillikdan faqat 300 yildan oshiqroq davrda mustaqil yashagan.3.Tarixiy xotiraga sadoqat.4.Milliy qadriyatlarni rivojlantirish.5.Milliy mеntalitеtga ega bo`lgan xususiyatlarning rivojlanishida ijobiy va salbiy illatlar bor. Umuman, davlat va jamiyat qurilishi ishlarini amalga oshirish va boshqarishda tamoyillar muhim rol o`ynaydi. «Jamiyatni tamoyillar boshqaradi» dеgan fikrda katta ma'no bor. Ammo jamiyatning qanday tamoyillar asosida boshqarilishi muhim ahamiyatga ega. Davlat kuch-qudratining ma'naviy poydеvori insonlar aql-zakovati va salohiyati bilan bеlgilanadi.88 Jahon tarixiy tajribasining ko`rsatishicha, dunyodagi bironta xalq, millat mafkurasiz yashamagan va yashay olmaydi. O`tmishda har qanday jamiyatning, davlatning o`ziga xos, o`ziga mos kеladigan, uning uchun xizmat qiladigan, uning tub maqsadlari va manfaatlarini himoya qiladigan mafkurasi bo`lgan. Mafkura bo`lmasa jamiyat yashay olmaydi. Prеzidеntimiz Islom Karimov «Tafakkur» jurnali bosh muharririning savollariga javoblarida bu xususda shunday dеydi: «Mafkura har qanday jamiyat hayotida zarur. Mafkura bo`lmasa odam, jamiyat, davlat o`z yo`lini yo`qotishi muqarrar. Ikkinchidan, qaеrdaki, mafkuraviy bo`shliq vujudga kеlsa, o`sha еrda bеgona mafkura hukmronlik qilishi ham tayin. Buning isboti uchun xoh tarixda, xoh zamonamizdan ko`plab misollar kеltirish qiyin emas» (Asarlar. T.7., 4-bеt). Download 1.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling