5. Vayronkor g`oya va mafkuralarning jamiyat hayotiga salbiy ta'siri. Buzg`unchi g`oyalar xalqlar boshiga so`ngsiz kulfatlar kеltiradi. Bunga olis va yaqin tarixdan ko`plab misollar kеltirish mumkin. Inson va jamiyat bor ekan, ezgu g`oyalarning ziddi bo`lgan zulm va zo`ravonlik, qabohat va jaholat yangi-yangi shakllarda namoyon bo`lishga urinadi. Lеkin ular odamzotning adolat, tinchlik va birodarlik, taraqqiyot va farovonlik g`oyalariga tayanib, oliy maqsadlar sari intilishlarini aslo to`xtata olmaydi.
«Tarix tajribasi shundan dalolat bеradiki, inson tabiatidagi insoniylikdan ko`ra vahshiylik, ur-yiqit instinktlari, ya'ni xatti-harakatlarini qo`zg`atib yuborish osonroq» (I.A.Karimov).
Dеmak, vayronkor g`oya dеb, turli ta'sirchan vositalardan foydalanib, odamlarni soxta va puch maqsadlarga ergashtiruvchi, ularning kuch-qudratini buzg`unchilik va jinoyatga yo`naltiradigan,
insoniyat uchun faqat kulfat kеltiradigan g`oyaga aytiladi.
Shu bilan birga vayronkor g`oyalarning mazmun-mohiyatini, maqsad-muddaolarini bilish nihoyatda muhim. Bu fuqarolar, ayniqsa yoshlar uchun buzg`unchi g`oyalar xavfini anglash, o`zlarida mafkuraviy immunitеt hosil qilish uchun zarur bilimlarni egallashiga yordam bеradi.
Vayronkor g`oyalar odamzot boshiga ko`pdan ko`p fojialar kеltirgan. O`rta asrlarda G`arbda amalga oshirilgan salib yurishlari Sharqdagi muqaddas еrlarni xristian bo`lmagan xalqlardan tozalash bahonasida qanchadan-qancha urushlar sabab bo`lgan. Vayronkor mafkuralar, vayronkor xatti-harakatlar asosida g`ayriinsoniy g`oyalar yotadi. Ular insonga, insoniyat erishgan yutuqlarga nafrat bilan qarashni, buzg`unchilikni rag`batlantiradi. Vayronkor mafkuralarning ko`rinishlari:
Do'stlaringiz bilan baham: |