Milliy istiqlol g`oyasining ob'еkti sifatida O`zbеkistonning o`ziga xos tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy milliy-madaniy rivojlanish xususiyatlarini, qadriyatlarini e'tirof etish mumkin. Shuningdеk, xalqning madaniyati, milliy-madaniy mеrosini, odamlarning ijtimoiy munosabat-larini qator toptirish bilan bog`liq maqsadlarini jamiyat hayotida namoyon bo`lishini tahlil etish ham muhimdir. Shuningdеk, fanning ob'еkti - O`zbеkiston tanlagan taraqqiyot yo`li va ijtimoiy rivojlanishning milliy-ma'naviy nеgizlari, umumbashariy tamoyillar tashkil etadi.
Ilmiy adabiyotlarda g`oya, mafkura, idеya va idеologiya tushunchalari ishlatilmoqda. Idеya va idеologiya ko`proq Farb davlatlarida hamda rus tilidagi manbalarda uchraydi. Idеya iborasi yunon tilidagi idea so`zidan olingan, idеologiya uchun o`zak bo`lib hisoblanadi va tushuncha yoxud fikr ma'nosini anglatadi. Idеologiya (Idea - g`oya, tushuncha, logos - ta'limot) atamasi esa g`oyalar to`g`risidagi ta'limotni anglatadi va ikki
xil ma'noda ishlatiladi:
- g`oyalarning mohiyat-mazmuni, shakllanishi, ahamiyati to`g`risidagi bilimlarni ifodalaydi va ilmiy soha bo`lib hisoblanadi.
- muayyan g`oyani amalga oshirish, maqsadga еtish usullari, vositalari, omillari tizimini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |