Salbiy tomonlari Ijobiy tomonlari
Download 108.24 Kb. Pdf ko'rish
|
Ikkinchi jahon urushidan keyingi O'zbekistonning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotidagi ziddiyatlar Salbiy tomonlari Ijobiy tomonlari O‘zbekiston urushdan keyingi yillarda o‘z xalqining arzon kuchidan, boy xom-ashyo manbalaridan cheksiz ravishda foydalanishiga asoslangan, kompartiya chizib bergan besh yillik rejalarni bajarishga kirishdi. Bir tomonlama, Markaz manfaatiga bo‘ysundirilgan Respublika iqtisodiyotini urushdan oldingi darajaga yetkazish va yanada rivojlantirishga qaratilgan vazifani bajarishda o‘zbek xalqining mehnatsevarligi, sabr-toqatli va tinchliksevarligi kabi fazilatlardan foydalanildi. Iqtisodiyot oldiga qo‘yilgan eng muhim vazifalar O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining 1946 yil avgustida chaqirilgan 8-sessiyasida qabul qilingan 1946-1950 yillarga mo‘ljallangan rejada belgilandi. Bunga ko‘ra, xalq xo‘jaligining barcha sohalariga 3 mlrd. 900 mln. so‘m kapital mablag‘ ajratildi. Sanoatni rivojlantirish ishlari jumhuriyat iqtisodiyotining yetakchi sohasi paxtachilikni rivojlantirishga qaratildi. Elektr quvvati ishlab chiqarishga alohida e’tibor berildi. 5 yilda 8 ta yirik va o‘rta hajmdagi elektrostansiyalar, shu jumladan 300 000 kv. soat kuchga ega bo‘lgan Farhod suv elektr stansiyasi ishga tushirildi. Bu stansiya sobiq ittifoqda uchinchi o‘rinda bo‘lib, urushgacha O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan elektr quvvatiga teng quvvat beradigan bo‘ldi. Qisqa davr oralig‘ida, 20-30 yillardagi “sotsializm qurish” azoblari, ayniqsa ikkinchi jahon urush davri qiyinchiliklarini, mashaqqatlarini boshdan kechirgan O‘zbekiston xalqi iqtisodni tiklash va rivojlantirish yo‘lida ham hormay-tolmay mehnat qildi. Besh yilda sanoat mahsulotining yalpi hajmi 71 foizga ko‘paydi, bu urushdan oldingi darajadan 1,9 barobar ko‘p edi. Sanoatning xalq xo‘jaligidagi salmog‘i 47,7 foizni tashkil qilgan edi. Shu yillarda Farhod, Oqqovoq-2, Bo‘zsuv-2 elektrostansiyalari, jami 150 ta yangi sanoat korxonalari ishga tushirildi. O‘zbekistonning kelajakdagi taraqqiyoti rejalari Ittifoq markazida ishlab chiqarilib, aksariyat hollarda mahalliy sharoit, ijtimoiy ahvol hisobga olinmasdan iqtisodni bir tomonlama, ya’ni o‘lkani xom-ashyo bazasi sifatida saqlab qolishga qaratildi. Sanoat, xalq xo‘jaligining deyarli barcha tarmoqlari paxtachilikni rivojlantirishga bo‘ysundirildi. Sovet hukumatining 1946 yil 2 fevraldagi O‘zbekistonda paxtachilikni tiklash va yanada rivojlantirish choralari to‘g‘risidagi qarori O‘zbekistonda paxta yakkahokimligini kuchaytirish uchun asos bo‘ldi. Iqtisodiyotni tiklash ishlari qishloq xo‘jaligida ayniqsa paxtachilikda qiyinchilik bilan o‘tdi. O‘zbekistonda paxtachilikni rivojlantirish to‘g‘risida sovet hukumatining urushdan keyin qabul qilgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy jihatdan asoslanmagan o‘nlab qarorlari izchillik bilan amalga oshirilmadi, shuning uchun ham kutilgan natijalarni bermadi. Urushda hech qachon yutish bo’lmaydi biroq kuchli tomon qo’li ustun keladi. Bu ustunlikni isbotlash uchun kuchli tomon balkim kuchsiz tomonga nisbatan ko’roq yo’qotish qilgan bo’lishi ham mumkin. Shundan fikr qiladigan bo’lsak O’zbekistonning xalqi ham urush davrida o’ta achinarli davrni yani yaqinlarini yo’qotish, ochlik, zo’rovonlik, adolatsizlik va shu kabi kechilmalarni boshdan kechirgan. Urushdan keyin aytishga arzigulik hech qanday ijobiy o’zgarish bo’lmagan. Faqatgina xalqimiz o’zlari kutganidan ortiq azob-uqubatlar qurboni bo’ldi xolos. Download 108.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling